Chorieva Zebiniso Odilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual rivojlantirishda evristik texnologiyalardan foydalanish mexanizmini takomillashtirish”,
13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped5362.
Ilmiy rahbar: Kamilova Gulmira Alimovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Buxoro xalqaro universiteti,
PhD.03/2026.10.04.Ped.43.02.
Rasmiy opponentlar: Dilova Nargiza Gaybullaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Abduraximova Dilfuzaxon Alievna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Nukus davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual rivojlantirishda evristik texnologiyalardan foydalanishning metodik asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha yoshdagi bolalarda bilish faoliyatining rivojlanishiga ta’sir etuvchi evristik texnologiyalarning multimodal yo‘nalishlari idrok, diqqat, xotira, tafakkur va nutq jarayonlarining integrativ rivojlanish mexanizmlarini sensor, vizual, audial hamda interaktiv faoliyatlar uyg‘unligida ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
bolalarning intellektual rivojlantirishga xizmat qiluvchi evristik texnologiyalarning intensiv pedagogik yondashuvlari va didaktik tamoyillari muammoli ta’lim, tadqiqiy faoliyat, refleksiv fikrlash hamda kollaborativ o‘rganishning kognitiv-faollashtiruvchi imkoniyatlarini uyg‘unlashtirish asosida nazariy jihatdan asoslangan;
uzviylik va uzluksizlik tamoyillari asosida maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni intellektual rivojlantirishga yo‘naltirilgan immersiv texnologiyalarni qo‘llashning metodik tizimi rivojlantiruvchi ta’lim muhiti, o‘yinli izlanish, raqamli interaktiv vositalar va tajriba-kuzatuv faoliyatlarining bosqichli integratsiyasini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
innovatsion evristik texnologiyalar vositasida bolalarda mustaqil fikrlash, muammoli vaziyatlarni hal qilish va tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirishga doir ilmiy-metodik tavsiyalar adaptiv, kreativ hamda kompetensiyaviy yondashuvlarga asoslangan holda ishlab chiqilgan.    
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual evristik texnologiyalar asosida rivojlantirishning metodik tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
maktabgacha yoshdagi bolalarning bilish faoliyatiga ta’sir etuvchi evristik texnologiyalarning multimodal yo‘nalishlarini idrok, diqqat, xotira, tafakkur va nutq jarayonlarini integrativ rivojlantirishga xizmat qiluvchi sensor, vizual, audial hamda interaktiv faoliyatlar uyg‘unligi asosida aniqlashtirishga oid taklif va tavsiyalardan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazida bolalarni intellektual rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodik tavsiyalarni shakllantirishda foydalanilgan. (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2026-yil 5-iyundagi 01/11-01/1-359-son ma’lumotnomasi). Natijada, metodik tavsiyalar bolalarning predmetlarni kuzatish, taqqoslash, belgilarini eslab qolish va kuzatuv natijalarini og‘zaki ifodalashiga qaratilgan topshiriqlar bilan boyitilib, bilish jarayonlarini uzviy rivojlantirish imkoniyatlari kengaytirilgan.
bolalarni intellektual rivojlantirishga xizmat qiluvchi evristik texnologiyalarni qo‘llashning pedagogik yondashuvlari va didaktik tamoyillarini muammoli ta’lim, tadqiqiy faoliyat, refleksiv fikrlash hamda hamkorlikda o‘rganishning kognitiv-faollashtiruvchi imkoniyatlarini uyg‘unlashtirish asosida nazariy jihatdan asoslashga oid ilmiy-metodik tavsiyalardan Buxoro viloyati teleradiokanali teleko‘rsatuvlarida foydalanilgan (Buxoro viloyati «Teleradiokanali» davlat muassasasining 2026-yil 9-iyundagi 01-09-77-son ma’lumotnomasi). Natijada, teleko‘rsatuvlarning ilmiy-ma’rifiy mazmuni boyitilib, maktabgacha yoshdagi bolalarning intellektual rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga oid pedagogik tavsiyalarni keng jamoatchilikka yetkazish imkoniyatlari kengaytirilgan;
uzviylik va uzluksizlik tamoyillari asosida maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual rivojlantirishga yo‘naltirilgan immersiv texnologiyalarni qo‘llashning metodik tizimini rivojlantiruvchi ta’lim muhiti, o‘yinli izlanish, raqamli interaktiv vositalar hamda tajriba-kuzatuv faoliyatlarining bosqichli integratsiyasi asosida takomillashtirishga oid takliflar «Metodika fanlarini o‘qitish texnologiyasi» nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 8455-346a-06eb-378e-ea49-3719-7599 4629-raqamli guvohnomasi). Natijada, o‘quv qo‘llanmaning evristik texnologiyalarni qo‘llashga oid metodik mazmuni o‘yinli izlanish, kreativ mashqlar va tajriba-kuzatuv topshiriqlari bilan boyitilgan;
innovatsion evristik texnologiyalar vositasida bolalarning mustaqil fikrlashi, muammoli vaziyatlarni hal etishi va tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan adaptiv, kreativ hamda kompetensiyaviy yondashuvlar asosida ishlab chiqilgan ilmiy-metodik tavsiyalardan 3–7 yoshdagi bolalarning mustaqil fikrlashini rivojlantirishga qaratilgan metodik tavsiyalarni shakllantirishda foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2026-yil 5-iyundagi 01/11-01/1-359-son ma’lumotnomasi). Natijada, bolalarning yosh xususiyatlariga mos muammoli va izlanishga yo‘naltirilgan topshiriqlarni tashkil etish bo‘yicha metodik ta’minot boyitilgan hamda evristik faoliyat jarayonida ularning mustaqil fikrlash va tadqiqotchilik ko‘nikmalarining rivojlanganlik darajasini baholashda diagnostik vositalardan foydalanish imkoniyatlari kengaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish