Qanoatova Nazokat Sotvoldi qizining

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kognitiv-motivatsion yondashuv asosida talabalarning mustaqil ta’lim olish faoliyatini rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped8671.
Ilmiy rahbar: Artikova Muhayyo Botiralievna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Qo‘qon davlat universiteti, PhD.03./2025.27.12.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Shaxnoza Ko‘paysinova Xo‘jamberdieva, pedagogika fanlari doktori, professor; Jasurbek Akmaljonovich Qurbonov pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kognitiv-motivatsion yondashuv asosida talabalarning mustaqil ta’lim olish faoliyatini rivojlantirishni metodik takomillashtirish hamda ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilar bilan belgilanadi:
kognitiv-motivatsion yondashuv asosida talabalarning mustaqil ta’lim olish faoliyatini rivojlantirishning motivatsion, kognitiv va faoliyatli komponentlarining o‘zaro bog‘liqligi ilmiy jihatdan asoslanib, mazkur komponentlarning integratsiyasini ta’minlovchi nazariy-metodologik asoslar takomillashtirilgan;
Xalq pedagogikasi fanini o‘qitishda talabalarning mustaqil ta’lim olish faoliyatini rivojlantirishning pedagogik-didaktik shart-sharoitlari kognitiv-motivatsion izlanish muhitini yaratish, mustaqil izlanish, tahlil, sintez va refleksiv faoliyatni faollashtirishga yo‘naltirilgan metod, shakl va vositalar uyg‘unligi asosida aniqlashtirilgan;
talabalarning mustaqil ta’lim olish faoliyatini rivojlantirishning metodik tizimi motivatsiya, anglash, mustaqil faoliyat va refleksiya bosqichlarining o‘zaro izchil bog‘liqligini ta’minlovchi mazmuniy va texnologik komponentlar uyg‘unligi asosida ishlab chiqilgan;
kognitiv-motivatsion yondashuv asosida talabalarning mustaqil ta’lim olish faoliyati samaradorligini baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari bilish faolligi, o‘quv motivatsiyasi, mustaqil ishlash ko‘nikmalari hamda ta’lim natijalarini qamrab oluvchi takomillashtirilgan tizim sifatida asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kognitiv-motivatsion yondashuv asosida talabalar mustaqil ta’lim olish faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
talabalarning mustaqil ta’lim olish faoliyatini rivojlantirishning nazariy-metodologik asoslari, mustaqil ta’lim jarayonini tashkil etishning didaktik asoslari, o‘quv materiallarini modullashtirish hamda mustaqil izlanishga yo‘naltirilgan topshiriqlar tizimini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy natijalari “Xalq pedagogikasi” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi 258-sonli buyrug‘i, 854284-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada darslik mazmuni talabalarning mustaqil bilim olish, xalq pedagogikasi manbalarini tahlil qilish hamda o‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan metodik materiallar bilan boyitilgan;
“Xalq pedagogikasi” fanini o‘qitishda talabalar mustaqil ta’lim olish faoliyatini rivojlantirishning pedagogik-didaktik shart-sharoitlari, metodlari, shakllari va vositalarini tizimlashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-metodik tavsiyalardan “Yangi avlod darsliklari asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlash metodikasini ishlab chiqish” amaliy loyihasida foydalanilgan (Andijon davlat pedagogika institutining 2025-yil 20-noyabrdagi 04-1194-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarini tayyorlashga mo‘ljallangan o‘quv-metodik ta’minotni takomillashtirish va talabalarning mustaqil ta’lim faoliyatini samarali tashkil etish imkoniyatlari kengaytirilgan;
kognitiv-motivatsion yondashuv asosida talabalar mustaqil ta’lim olish faoliyatini rivojlantirishning metodik tizimi va modeli, uning mazmuniy hamda texnologik komponentlari bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy tavsiyalardan yoshlarning mustaqil faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi” faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi “Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi”ning 2025-yil 29-oktabrdagi 01/03-34-son dalolatnomasi). Natijada talabalarning mustaqil ta’lim faoliyatini tashkil etish, ta’lim jarayonida motivatsiyani kuchaytirish hamda mustaqil ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi metodik mexanizmlar takomillashtirilgan;
kognitiv-motivatsion yondashuv asosida talabalarning mustaqil ta’lim olish faoliyati samaradorligini baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari, bilish faolligi, o‘quv motivatsiyasi hamda mustaqil ishlash ko‘nikmalarining integrallashgan monitoringini amalga oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy natijalardan “Xalq pedagogikasi” darsligi mazmunini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi 258-sonli buyrug‘i, 854284-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada darslik mazmuni talabalarning bilish faolligi, o‘quv motivatsiyasi va mustaqil ishlash ko‘nikmalarini baholashga xizmat qiluvchi diagnostik topshiriqlar hamda monitoring vositalari bilan boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish