Ortiqova Zulfiya Nurmaxamatovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kichik yoshdagi o‘quvchilarda assotsiativ fikrlashni rivojlantirish metodikasi (Tarbiya fani misolida)”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tarbiya) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.DSc/Ped1423.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Ilmiy maslahatchi: Zokirova Sohiba Muxtoralievna, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.04.02.
Rasmiy opponentlar: Matchonov Sapa Murodovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Dilova Nargiza G‘aybullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Boltaeva Mohichehra Jamshid qizi, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kichik yoshdagi o‘quvchilarda assotsiativ fikrlashni rivojlantirishning psixologik-pedagogik mexanizmlarini ilmiy-nazariy asoslash, samarali metodika va vositalarni empirik tahlil qilish hamda ularni amaliyotga joriy etish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
kichik yoshdagi o‘quvchilarda assotsiativ fikrlash rivojlanishini pedagogik muammo sifatida nazariy-metodologik asoslari assotsiativ tafakkurning idrok, xotira, tasavvur, nutq va mantiqiy fikrlash jarayonlari bilan uzviy bog‘liqligini ochib berish, o‘quvchilarda obrazli, semantik, sabab-oqibatli va ijodiy bog‘lanishlarni shakllantirishning pedagogik zaruratini asoslash hamda assotsiativ fikrlashni rivojlantiruvchi ta’lim, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv, kognitiv-faoliyatli yondashuv va kreativ ta’lim tamoyillari bilan integratsiyalashgan holda talqin etish asosida takomillashtirilgan;
assotsiativ fikrlashning psixologik-pedagogik xususiyatlari, tarkibiy komponentlari va rivojlanish omillari kichik yoshdagi o‘quvchilarning bilish faoliyatida tushuncha, obraz va tajriba o‘rtasida ma’noviy aloqadorlik hosil qilish, o‘xshashlik, qarama-qarshilik, ketma-ketlik va vaziyatlararo bog‘lanishlarni anglash, mavjud bilimlarni yangi o‘quv holatlariga ko‘chirish jarayonlarini tavsiflash hamda motivatsion-intellektual, emotsional-obrazli, kommunikativ-nutqiy va amaliy-ijodiy komponentlarning o‘zaro ta’sirini belgilash asosida aniqlashtirilgan;
kichik yoshdagi o‘quvchilarda assotsiativ fikrlashni rivojlantirishning pedagogik-psixologik shart-sharoitlari va modeli o‘quv muhitining rag‘batlantiruvchi, ko‘rgazmali-obrazli, kommunikativ va refleksiv imkoniyatlarini tizimlashtirish hamda assotsiativ topshiriqlarni motivatsion yo‘naltirish, idrokka tayantirish, tushunchalararo aloqani faollashtirish, ijodiy ifodalash va natijani baholash bosqichlarida algoritmlash asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich ta’lim jarayonida assotsiativ fikrlashni rivojlantirishga xizmat qiluvchi innovatsion metod, texnologiya va axborot-kommunikatsiya vositalari o‘yinli ta’lim, vizual xaritalash, assotsiativ zanjir, muammoli vaziyat, obrazli qiyoslash va interfaol mashqlarni integratsiyalash hamda raqamli taqdimotlar, multimedia materiallari, elektron topshiriqlar va virtual ko‘rgazmali resurslarni kichik yoshdagi o‘quvchilarning bilish ehtiyoji, qiziqishi, yosh xususiyati va o‘quv faoliyati dinamikasiga moslashtirish asosida ishlab chiqilgan;
kichik yoshdagi o‘quvchilarda assotsiativ fikrlashni aniqlash, rivojlanish darajalarini belgilash hamda baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari assotsiativ javoblarning mazmundorligi, bog‘lanishlarning mantiqiy izchilligi, obrazlararo aloqalarning originalligi, topshiriqni mustaqil bajarish darajasi va natijani izohlash aniqligini kvalimetrik mezonlar asosida aniqlashtirish hamda past, o‘rta va yuqori darajalarga xos diagnostik tavsiflar, baholash indikatorlari, amaliy topshiriqlar va statistik umumlashtirish tartibini pedagogik monitoring talablariga muvofiq optimallashtirish asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda assotsiativ fikrlashni rivojlantirish metodikasi takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
assotsiativ tafakkurning idrok, xotira, tasavvur, nutq va mantiqiy fikrlash jarayonlari bilan uzviy bog‘liqligini ochib berish, o‘quvchilarda obrazli, semantik, sabab-oqibatli va ijodiy bog‘lanishlarni shakllantirishning pedagogik zaruratini asoslash hamda assotsiativ fikrlashni rivojlantiruvchi ta’lim, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv, kognitiv-faoliyatli yondashuv va kreativ ta’lim tamoyillari bilan integratsiyalashgan holda talqin etish asosida takomillashtirilgan kichik yoshdagi o‘quvchilarda assotsiativ fikrlash rivojlanishini pedagogik muammo sifatida nazariy-metodologik asoslariga doir taklif va tavsiyalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining VIII yo‘nalishida belgilangan “Millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglik bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari, aholi o‘rtasida radikalizm illatini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar” 56-bandi “Jamiyatda radikallashuv kuchayishini oldini olish, yoshlar ongini buzg‘unchi yot g‘oyalar bilan zaharlashga qaratilgan turli xil harakatlarga qarshi kurashish borasidagi ustuvor vazifalarni belgilash va amalga oshirish” va 58-bandi “30-iyul - Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan “O‘zbekiston barchamiz uchun yagona qalb, yagona vatandir” mavzusida ma’naviy - ma’rifiy tadbirlar tashkil etish”da dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 7-martdagi 10/106-son Dalolatnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar va tavsiyalar ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar samaradorligini ta’minlashga xizmat qilgan;
kichik yoshdagi o‘quvchilarning bilish faoliyatida tushuncha, obraz va tajriba o‘rtasida ma’noviy aloqadorlik hosil qilish, o‘xshashlik, qarama-qarshilik, ketma-ketlik va vaziyatlararo bog‘lanishlarni anglash, mavjud bilimlarni yangi o‘quv holatlariga ko‘chirish jarayonlarini tavsiflash hamda motivatsion-intellektual, emotsional-obrazli, kommunikativ-nutqiy va amaliy-ijodiy komponentlarning o‘zaro ta’sirini belgilash asosida aniqlashtirilgan assotsiativ fikrlashning psixologik-pedagogik xususiyatlari, tarkibiy komponentlari va rivojlanish omillariga doir taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy universitetida 2021-2022-yillar davomida bajarilgan A-OT-2021-11-raqamli “O‘zbek xalqi diniy va milliy qadriyatlari kompleksining elektron-transdisiplinar platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 27-yanvardagi 04/11-1736-son Ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quv jarayonida assotsiativ fikrlashni rivojlantirishga doir yangicha yondashuvlarni ishlab chiqilishiga erishilgan;
o‘quv muhitining rag‘batlantiruvchi, ko‘rgazmali-obrazli, kommunikativ va refleksiv imkoniyatlarini tizimlashtirish hamda assotsiativ topshiriqlarni motivatsion yo‘naltirish, idrokka tayantirish, tushunchalararo aloqani faollashtirish, ijodiy ifodalash va natijani baholash bosqichlarida algoritmlash asosida takomillashtirilgan kichik yoshdagi o‘quvchilarda assotsiativ fikrlashni rivojlantirishning pedagogik-psixologik shart-sharoitlari va modeliga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” DMda 2022-2024-yillarda efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” dasturlari ssenariylarini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24 ijodiy birlashmasi” davlat muassasasining 2025-yil 4-fevraldagi 05-09-110-son Ma’lumotnomasi). Natijada, assotsiativ fikrlashning ahamiyati va uni rivojlantirish usullarini keng jamoatchilikka etkazilishiga xizmat qilgan;
o‘yinli ta’lim, vizual xaritalash, assotsiativ zanjir, muammoli vaziyat, obrazli qiyoslash va interfaol mashqlarni integratsiyalash hamda raqamli taqdimotlar, multimedia materiallari, elektron topshiriqlar va virtual ko‘rgazmali resurslarni kichik yoshdagi o‘quvchilarning bilish ehtiyoji, qiziqishi, yosh xususiyati va o‘quv faoliyati dinamikasiga moslashtirish asosida ishlab chiqilgan boshlang‘ich ta’lim jarayonida assotsiativ fikrlashni rivojlantirishga xizmat qiluvchi innovatsion metod, texnologiya va axborot-kommunikatsiya vositalariga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-apreldagi “Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining “2018-yilda Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi”ning VII bob “Ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlari samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlari” 51-bandi “Jamiyatida, ayniqsa, yoshlarda fuqarolik pozisiyasi va ularning huquqiy madaniyatini oshirishning g‘oyaviy-mafkuraviy mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusiga doir turli tadbirlar va seminarlarni tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2025-yil 6-martdagi 2-23-43-5435-son ma’lumotnomasi). Natijada, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar samaradorligiga erishilgan;
assotsiativ javoblarning mazmundorligi, bog‘lanishlarning mantiqiy izchilligi, obrazlararo aloqalarning originalligi, topshiriqni mustaqil bajarish darajasi va natijani izohlash aniqligini kvalimetrik mezonlar asosida aniqlashtirish hamda past, o‘rta va yuqori darajalarga xos diagnostik tavsiflar, baholash indikatorlari, amaliy topshiriqlar va statistik umumlashtirish tartibini pedagogik monitoring talablariga muvofiq optimallashtirish asosida ishlab chiqilgan kichik yoshdagi o‘quvchilarda assotsiativ fikrlashni aniqlash, rivojlanish darajalarini belgilash hamda baholash mezonlari va ko‘rsatkichlariga doir taklif va tavsiyalardan Adolat sotsial-demokratik partiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi “Umummilliy totuvlik va xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlashni yangi bosqichga olib chiqishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-52-sonli Farmonida belgilangan “Millatlararo munosabatlarni uyg‘unlashtirish, jamiyatda do‘stlik, o‘zaro hamjihatlik, bag‘rikenglik va birdamlikni mustahkamlash orqali yagona fuqaroviy o‘zlikni shakllantirish” yo‘nalishi doirasidagi vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Adolat sotsial-demokratik partiyasi siyosiy kengashining 2025-yil 28-martdagi 01-1/1/87-son Ma’lumotnomasi). Natijada, Adolat sotsial-demokratik partiyasi tomonidan tashkil etilgan yoshlar o‘rtasida ijodkorlikni rag‘batlantirishga doir targ‘ibot ishlari va siyosiy faoliyati samaradorligiga erishilgan.