Begjanova Gulrux Baxtiyarovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Texnogen chiqindilar asosida yangi kompozision qo‘shimchalarni va ulardan foydalanib yuqori samarador sementlarni ishlab chiqish», 02.00.07–Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi, 02.00.15–Silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.DSc/T103.
Ilmiy maslahatchilar: Negmatov Soyibjon Sodikovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Sobirov Boxodir Boypo‘latovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK huzuridagi DSc.27.06.2017.K/T.03.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ibodullaev Axmadjon Sobirovich, texnika fanlari doktori, professor; Taymazov Baxtijon, texnika fanlari doktori,professor; Soliev Rustam Xakimjonovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura va qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: «Fosfozol» texnogen chiqindisi asosida qo‘llanilgan kompozision qo‘shimchali portlandsement olishning samarador tarkiblarini va texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«Fosfozol» – kultoshqol va fosfogips aralashmasi asosida sement uchun yangi turdagi noan’anaviy texnogen kompozisiyali faol mineral qo‘shimchaning yangi tarkibi ishlab chiqilgan;
kompozision sementlar olish uchun «Fosfozol» qo‘shimchasi qo‘llanilgan xomashyo aralashmalarining optimal kimyoviy-texnologik parametrlari aniqlangan;
«Fosfozol» noan’anaviy qo‘shimchasini portlandsementga faol mineral qo‘shimcha va ayni paytda gips toshi o‘rniga sementni tishlash muddatini sozlovchi sifatida qo‘llash ehtimolini amaliy asoslagan holda, uni sementni qotish jarayoniga kompleks qo‘shimcha sifatida ikki tomonlama ta’siri isbotlangan;
«Fosfozol» qo‘shimchasini alohida va an’anaviy qo‘shimchalar bilan tuzilgan kompozisiyalarini qo‘llagan holda, qo‘shimchali va kompozision  qo‘shimchali portlandsementlarning fizik-mexanik va fizik-kimyoviy xossalariga ta’siri  aniqlangan;
«Fosfozol» qo‘shimchasi qo‘llanilgan PS400 D20 markali qo‘shimchali sementlar, kompozision qo‘shimchali PS400 KD20 va PS400 KD30 markali kompozision portlandsementlarning tarkiblari va kimyoviy-texnologik parametrlari optimallashtirilgan;
«Fosfozol» qo‘shimchasi ishtirokidagi qo‘shimchali sementlarning va kompozision qo‘shimchali  portlandsementlarning qotish jaryonidagi «tarkib-struktura-xossa» o‘zaro bog‘liqlik qonuniyatlari o‘rnatilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
«Fosfozol» va u ishtirok etgan gibrid qo‘shimchalarni hamda ulardan foydalanib qo‘shimchali va qompozision qo‘shimchali portlandsementlar ishlab chiqarish bo‘yicha  olingan ilmiy natijalar asosida:
«Fosfozol» qo‘shimchasini ishlab chiqarish uchun TI 24249595-01:2016 texnologik yo‘riqnoma ishlab chiqilgan va «O‘zstandart» agentligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan («O‘zstandart» agentligining 2010 yil 3 maydagi UZ.AMT.17.MAI. 030-son akkreditatsiya haqidagi guvohnomasi). Natijada fosfogips va kultoshqolni ma’lum nisbatda aralashtirish va termik ishlov berish orqali «Fosfozol» kompozision qo‘shimchasini olish imkonini bergan;
«Fosfozol» kompozision qo‘shimchasiga tashkilot standarti «O‘zstandart» agentligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan (Ts 24249595-01:2014). Natijada «Fosfozol» qo‘shimchasini portlandsement ishlab chiqarishda faol mineral qo‘shimcha va sementni tishlashish muddatini sozlovchi sifatida qo‘llanilish imkonini bergan;
kompozision qo‘shimchali portlandsement ishlab chiqarish uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat standarti «O‘zstandart» agentligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan (O'z  DSt 2830:2014  2014 yil 8 oktyabrdagi 1-son, 2015 yil 9 noyabrdagi 2-son, 2017 yil 3 fevraldagi 3-son o‘zgartirishlar bilan). Natijada respublikadagi barcha sement korxonalarida kompozision qo‘shimchali portlandsementlarni ishlab chiqarish va ular tarkibidagi  «Fosfozol» ni massa ulushini tasdiqlangan tartibda aniqlash usulini joriy etish imkonini bergan;
«Fosfozol» kompozision qo‘shimchasi asosida kompozision sementlar olish texnologiyasi «Ohangaronsement» AJda amaliyotga joriy etilgan («Ohangaronsement» AJning 2019 yil 17 maydagi 1/AGS-860/9-son ma’lumotnomasi). Natijada kompozision sementlarni sanoat miqyosida ishlab chiqarish imkoniyati yaratilgan;
kompozision portlandsementlar ishlab chiqarish texnologiyasi «Bekobodsement»AJda amaliyotga joriy etilgan («Oʻzsanoatqurilishmateriallari» O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2019 yil 1 iyuldagi 03/06-863-son ma’lumotnomasi).  Natijada PS400 D20 markali qo‘shimchali sement va PS400 KD20 va PS400 KD30 markali kompozision qo‘shimchali portlandsementlar ishlab chiqarish imkonini bergan;
sement ishlab chiqarish korxonalarida «Fosfozol» faol mineral qo‘shimchasidan foydalanib, qo‘shimchali va kompozision qo‘shimchali portlandsementlar ishlab chiqarish texnologiyalari «Ohangaronsement» AJda amaliyotga joriy etilgan («Oʻzsanoatqurilishmateriallari» O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2019 yil 1 iyuldagi 03/06-863-son ma’lumotnomasi). Natijada narxi qimmat bo‘lgan klinkerni 20–30% va gips toshini 100% «Fosfozol» qo‘shimchasiga almashtirish, ishlab chiqarish hajmini oshirish, sement tannarxini pasaytirish, sementning sifat ko‘rsatkichlarini oshirish va texnologik jaryonni ixchamlashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish