Omonova Zarnigor To‘rajon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining intellektual qobiliyatlarini multimedia yordamida rivojlantirish metodikasi (“Raqamli tarix” fani misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Ped10191.
Ilmiy rahbar: Botirova Sevara Mamurovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat pedagogika instituti, PhD.01/2025.27.12.Ped.08.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor; Talapov Baxriddin Alijonovich, falsafa fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining intellektual qobiliyatlarini multimedia vositalari asosida rivojlantirish metodikasini takomillashtirish va uning samaradorligini pedagogik tajriba-sinov ishlari orqali asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishning psixologik-pedagogik xususiyatlari voqelikni sabab-oqibat kontekstida o‘rganish jarayonida xronologik va kontentga doir narrativlarni ijtimoiy-madaniy, genetik va germenevtik omillarga muvofiq taksonimik baholashga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirilgan;
bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishning metodik konstrukti o‘rganilgan yangi dalil va voqeliklarni tezkor anglash, tarixiy bilmoqning to‘liqligi, sanogen fikr yuritish, bahsli holatlar bo‘yicha original qarorlar qabul qilish intellekt tiplarini tarix ta’limiga modifikatsiya qilish orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish modelining raqamli-mazmunli komponenti tarix fanlarini o‘qitish jarayonida raqamli xaritalar, virtual ta’limiy muzeylar, interaktiv vaqt chiziqlari kabi innovatsion yondashuvlarga muvofiq o‘quv materiallarini modulli loyihalash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishda multimedia resurslaridan foydalanishning didaktik ta’minoti tarixiy manbalar ustida ishlash jarayonida vizual-germenevtik, raqamli tarixiy rekonstruksiya va simulyasiya texnologiyalarini qo‘llash orqali tarixiy voqelikni divergent produktivlik omilini vaqt reaksiyasi va harakati bilan korrelyasiyasiga erishish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishning psixologik-pedagogik xususiyatlari voqelikni sabab-oqibat kontekstida o‘rganish jarayonida xronologik va kontentga doir narrativlarni ijtimoiy-madaniy, genetik va germenevtik omillarga muvofiq taksonimik baholashga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirilganligiga oid taklif va tavsiyalar O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi faoliyatiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashining 2026-yil 8-maydagi ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv ssenariylarida tarixiy voqea va jarayonlarni yoritishning tahliliy-mantiqiy yo‘nalishi kuchaygan, tarixiy manbalar va dalillar asosida fikr yuritishga xizmat qiluvchi materiallar mazmuni takomillashtirilgan.
bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishning metodik konstrukti o‘rganilgan yangi dalil va voqeliklarni tezkor anglash, tarixiy bilmoqning to‘liqligi, sanogen fikr yuritish, bahsli holatlar bo‘yicha original qarorlar qabul qilish intellekt tiplarini tarix ta’limiga modifikatsiya qilish orqali takomillashtirilganligiga oid taklif va tavsiyalar O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi faoliyatiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashining 2026-yil 8-maydagi ma’lumotnomasi). Natijada partiyaning ma’naviy-ma’rifiy va targ‘ibot ishlarida tarixiy axborotni vizual va interaktiv shaklda yetkazish imkoniyatlari kengaygan, auditoriya bilan samarali muloqotni tashkil etish, tarixiy voqea va jarayonlarni tahliliy yondashuv asosida tushuntirishga xizmat qiluvchi multimediali materiallardan foydalanish samaradorligi oshgan.
bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish modelining raqamli-mazmunli komponenti tarix fanlarini o‘qitish jarayonida raqamli xaritalar, virtual ta’limiy muzeylar, interaktiv vaqt chiziqlari kabi innovatsion yondashuvlarga muvofiq o‘quv materiallarini modulli loyihalash asosida takomillashtirilganligiga oid taklif va tavsiyalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2026-yil14-maydagi 15-33/349 – son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv ssenariylarida tarixiy voqea va jarayonlarni yoritishning tahliliy-mantiqiy yo‘nalishi kuchaygan, tarixiy manbalar va dalillar asosida fikr yuritishga xizmat qiluvchi materiallar mazmuni takomillashtirilgan.
bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishda multimedia resurslaridan foydalanishning didaktik ta’minoti tarixiy manbalar ustida ishlash jarayonida vizual-germenevtik, raqamli tarixiy rekonstruksiya va simulyasiya texnologiyalarini qo‘llash orqali tarixiy voqelikni divergent produktivlik omilini vaqt reaksiyasi va harakati bilan korrelyasiyasiga erishish orqali takomillashtirilganligiga oid taklif va tavsiyalar “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2026-yil14-maydagi 15-33/349 – son ma’lumotnomasi). Natijada partiyaning ma’naviy-ma’rifiy va targ‘ibot ishlarida tarixiy axborotni vizual va interaktiv shaklda yetkazish imkoniyatlari kengaygan, auditoriya bilan samarali muloqotni tashkil etish, tarixiy voqea va jarayonlarni tahliliy yondashuv asosida tushuntirishga xizmat qiluvchi multimediali materiallardan foydalanish samaradorligi oshgan.