Amanova Zulfizar Uktamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Er osti suv manbalaridan foydalanib kuzgi boshoqli ekinlarni sug‘orish tartibini optimallashtirish va suv tejamkor texnologiyalarni takomillashtirish” 06.01.02 - “Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.4.PhD/T5782
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Axmedov Sharifboy Ro‘zievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2025.27.12.T.17.02. raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Dilmurod G‘ulomovich – Texnika fanlari doktori,professor. Gadaev Nodirjon Nosirjonovich – Texnika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi Buxoro mintaqaviy markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: er osti suv manbalaridan samarali foydalanish asosida kuzgi boshoqli ekinlarni sug‘orish tartibini optimallashtirish hamda suv resurslari sarfini kamaytirish va sug‘orish samaradorligini oshirishga qaratilgan suv tejamkor texnologiyalarni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Buxoro viloyatining sug‘orish suvlar tanqis o‘tloqi-allyuvial, o‘rta qumoq tuproqlarida kuzgi bug‘doyning (Anotnina) va tritikalening (Praga Serebristaya) navlarini past haroratli er osti suvlari bilan ChDNSga nisbatan 70‑80‑60% tartibida sug‘orish eng maqbul ekanligi aniqlangan;
past haroratli er osti suvlarining tuproq termik rejimi, ildiz zonasidagi stress holatlari va o‘simlikning suv almashinuviga ta’siri ilk bor chuqur ilmiy asosda o‘rganilib, ekologik xavfsiz va resurs tejamkor agrotexnologik tizim ishlab chiqilgan;
past haroratli suv manbalarining kuzgi bug‘doy (Anotnina) hamda tritikalining (Praga Serebristaya) navlarini fiziologik ko‘rsatkichlari hamda urug‘ (don) hosildorligiga ta’sirini baholash va oshirish bo‘yicha tezkor va ishonchli prognozlash usuli yaratildi hamda fermer xo‘jaliklari va agroklasterlar uchun tavsiyalar ishlab chiqilgan;
maqbul sug‘orish tartiblarida er osti suvi bilan sug‘orilganda bug‘doydan 68,0 s/ga, tritikaleden 66,5 s/ga hosil olindi, bu daryo suvi bilan sug‘orilgan variantlardan 10‑12 s/ga yuqori bo‘lgan;
cheklangan suv resurslaridan samarali foydalanish natijasida hosildorlikni 20‑25% gacha oshirish va rentabellik darajasini mos ravishda 75,8 va 69,1% gacha yetkazish imkoniyati yaratigan.
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi. Buxoro viloyatining sug‘orish suvlari tanqis bo‘lgan, o‘rta qumoq mexanik tarkibli o‘tloqi-allyuvial tuproqlarida etishtiriladigan kuzgi bug‘doy (“Antonina”) va tritikale (“Praga Serebristaya”) navlari hosildorligini o‘simliklarning fiziologik ko‘rsatkichlari asosida baholash va oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
-kuzgi bug‘doyning (“Antonina”) va tritikalining (“Praga Serebristaya”) navlari hosildorligini o‘simliklarning morfofiziologik ko‘rsatkichlari asosida baholash va prognozlashning Python dasturlash tilidagi matematik modeli ishlab chiqilgan hamda tajriba sharoitida sinovdan o‘tkazilgan. (Suv xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 17-oktabrdagi 04/19-5571-son hamda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 15-oktabrdagi 05/04-04-681-son ma’lumotnomalari). Natijada ekinlarning fiziologik ko‘rsatkichlari asosida don hosildorligini oldindan baholash imkoniyati yaratilgan;
-er osti suvlaridan foydalanib kuzgi boshoqli ekinlarni sug‘orishning maqbul tartibi Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidagi “Oqil Alisher omadi” fermer xo‘jaligining 7,3 gektar hamda “Ramziddin Raximjon” fermer xo‘jaligining 8,3 gektar, jami 15,6 gektar maydonida joriy etilgan. (Suv xo‘jaligi vazirligining
2025-yil 17-oktabrdagi 04/19-5571-son hamda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 15-oktabrdagi 05/04-04-681-son ma’lumotnomalari). Natijada ChDNSga nisbatan 70–80–60 % sug‘orish tartibida kuzgi bug‘doydan 66,5 s/ga, tritikalidan 68,0 s/ga hosil olish hamda hosildorlikni 20–25 % gacha oshirish imkoniyati yaratilgan;
-er osti suvlarining harorati va ekinlarning biologik xususiyatlarini hisobga olgan holda sug‘orish me’yorlari, muddatlari hamda iqtisodiy samaradorligini baholash usuli ishlab chiqilgan. (Suv xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 17-oktabrdagi 04/19-5571-son hamda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 15-oktabrdagi 05/04-04-681-son ma’lumotnomalari). Natijada 14–16 °C haroratli er osti suvlaridan foydalanib, ekinlarni mavsum davomida 1–2–2 sxemada 5 marta sug‘orish, kuzgi bug‘doy uchun 75,8 %, tritikale uchun 69,1 % rentabellik darajasiga erishish imkoniyati asoslangan.