Muminov Obidjon Odilovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ko‘p xonadonli uylarda kommunal xizmatlarini ko‘rsatish sifatini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Iqt6735
Ilmiy rahbar: Xamidov Obidjon Xafizovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.08.03.
Rasmiy opponentlar: Ashurova Nasiba Batirovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Bobokulov Sanjar Baxronkulovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tadqiqotning maqsadi ko‘p xonadonli uylarda kommunal xizmatlar ko‘rsatish sifatini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kommunal xizmatlar sifatiga ta’sir etuvchi texnik-infratuzilma, moliyaviy-iqtisodiy, institutsional-tashkiliy va ijtimoiy omillar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni “salbiy halqa” mantig‘ida asoslab, ekspert vazn koeffitsientlari va SERVQUAL o‘lchamlariga tayanuvchi integral sifat indeksini hisoblash hamda mexanizmlar samaradorligini ko‘p mezonli ekspert baholash metodikasi takomillashtirilgan;
kommunal xizmatlar sifatini oshirishning o‘zaro bog‘liq to‘rtta tarkibiy qism – tarif-subsidiya siyosati, professional boshqaruv va klasterlashtirish, raqamlashtirish va KPI monitoringi hamda davlat-xususiy sheriklikdan iborat bo‘lib, har bir blokning natijasi keyingisini kuchaytiruvchi “musbat halqa” xususiyatiga ega takomillashtirilgan tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi ishlab chiqilgan;
boshqaruv subektlarini “Turar-joy” milliy axborot tizimi orqali real vaqt rejimida kuzatiladigan asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) natijalari asosida reyting indeksi bo‘yicha toifalash, natijaga bog‘liq to‘lov va rag‘batlantirish jamg‘armasini taqsimlashga asoslangan iqtisodiy rag‘batlantirish va monitoring modeli taklif etilgan;
ko‘p xonadonli uylarda kommunal xizmatlar ko‘rsatish sifatini oshirishda trend tahlili va ssenariyli prognozlash usullarining integratsiyasi asosida 2030-yilgacha mo‘ljallangan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ko‘p xonadonli uylarda kommunal xizmatlar ko‘rsatish sifatini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
kommunal xizmatlar sifatiga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikni “salbiy halqa” mantig‘ida asoslab, integral sifat indeksini hisoblash va mexanizmlar samaradorligini ko‘p mezonli baholash metodikasiga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-apreldagi PF-66-son “Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida davlat nazoratini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 13-iyundagi 16-06/7939-son ma’lumotnomasi). Natijada, soha holatini baholashga yagona uslubiy yondashuv joriy etilib, integral sifat indeksining bazaviy darajasi 5 balli shkalada 2,72 ball, aholi qoniqish indeksi esa 58,8 foiz etib aniqlangan hamda sifatni cheklovchi ustuvor omillari aniqlandi;
kommunal xizmatlar sifatini oshirishning to‘rtta tarkibiy qismdan iborat “musbat halqa” xususiyatiga ega takomillashtirilgan tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi hamda tarif-subsidiya siyosatini takomillashtirishga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-avgustdagi PQ-278-son “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarishni yanada samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 13-iyundagi 16-06/7939-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarif islohoti va manzilli subsidiya, professional boshqaruv hamda klasterlashtirish chora-tadbirlari orqali xizmat xarajatlarini qoplash darajasini 18 foizdan 70 foizga oshirish va byudjet subsidiyalariga bog‘liqlikni 82 foizdan 30 foizga kamaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar belgilandi;
boshqaruv subektlarini KPI natijalari asosida reyting indeksi bo‘yicha toifalash, natijaga bog‘liq to‘lov va rag‘batlantirish jamg‘armasini taqsimlashga asoslangan iqtisodiy rag‘batlantirish va monitoring modeliga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-48-son “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 13-iyundagi 16-06/7939-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshqaruv subektlari faoliyatini “Turar-joy” axborot tizimi orqali real vaqt rejimida baholash va boshqaruv samaradorligini 30 foizdan 65 foizga oshirish imkoniyati asoslangan;
ko‘p xonadonli uylarda kommunal xizmatlar ko‘rsatish sifatini oshirishda trend tahlili va ssenariyli prognozlash usullarining integratsiyasi asosida 2030-yilgacha mo‘ljallangan prognoz parametrlari ishlab chiqishga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi PF-158-son ““O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 13-iyundagi 16-06/7939-son ma’lumotnomasi). Natijada, kompleks islohotlarni nazarda tutuvchi optimal ssenariy doirasida 2030-yilgacha integral sifat indeksini 2,72 balldan 3,44 ballga, aholi qoniqish indeksini esa 58,8 foizdan 80 foizga yetkazish belgilangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish