Xolmatova Manzuraxon Mamirjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kartoshka L-virusining biologik xarakteristikasi va uning diagnostikasi”, 03.00.04 - Mikrobiologiya va virusologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/B1304.
Ilmiy rahbar: Fayziev Voxid Baxramovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, PhD.01/2025.27.12.B.04.05.
Rasmiy opponentlar: Xo‘jamshukurov Nortoji Abdixalikovich, biologiya fanlari doktori, professor; Qodirova Zarifa Nosirovna, biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Toshkent viloyati agroekologik sharoitidan KLVni ajratish, biologik xususiyatlarini aniqlash va molekulyar-genetik identifikatsiyalash hamda filogenetik shajarasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor mamlakatimizda tarqalgan KLVning oqsil qobig‘i (CP) sinteziga javobgar bo‘lgan gen uchastkasi nukleotidlar ketma-ketligini sekvens qilish asosida “Potato leafroll virus, M-1” izolyati aniqlandi hamda filogenetik tahlil natijasida ushbu gen bo‘yicha MT537599 VJEO1134 (Afrika), MH937415 W13-136 (Germaniya) va D13954 PLRV (Kanada) kabi izolyatlar bilan bitta filogenetik shoxda joylashganligi va gomologiyaga ega ekanligini isbotlangan;
«Potato leafroll virus, M-1» izolyati yaqin gomologiyaga ega bo‘lgan izolyatlar CP geni nukleotid ketma-ketligini alignment qilish (ClustalW) natijasida 3 ta SNP (mutatsiya) nuqtasi aniqlandi va molekulyar diagnostika standarti mutatsiya nomenklaturasiga asosan — 120G>T, — 126A>G, — 146A>T tartibida begilangan;
ajratilgan PLRV_M-1 PP981686 (Uzbekistan) izolyati oqsil qobig‘i (CP) aminokislotalar tarkibini qiyosiy tahlil qilish natijasida Pro (P) aminokislotasi MT537599 VJEO1134 (Afrika), EU717545 VIRUBRA1/045 (Chexiya) va KC456052 IM (Xitoy) izolyatlarida, Val (V) aminokislotasi MT537599 VJEO1134 (Afrika) va EU717545 VIRUBRA1/045 (Chexiya), MH937415 W13-136 (Germaniya) va D13954 PLRV (Kanada) izolyatlarida, Met (M) aminokislotasi esa MH937415 W13-136 (Germaniya) izolyatida son jihatdan tafovut qilishi tasdiqlangan;
real vaqtdagi PZR usuli yordamida KLVning bangidevona (Datura stramonium L.), qora ituzum (Solanum nigrum), pomidor (Solanum lycopersicum L.), fizalis (Physalis floridana) kabi yangi tabiiy rezervator o‘simliklari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kartoshka (Solanum tuberosum L.) o‘simligini kasallantiruvchi KLVni ajratish, xususiyatlarini o‘rganish va ularning diagnostikasi bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
Toshkent viloyati tumanlarida etishtirilayotgan kartoshka ekin maydonlarida kuzatilgan bir qator kartoshka L-virusi alomatlari bo‘lgan namunalardan PZR usulida tahlil o‘tkazilgan va respublikamizda ilk bor “Potato leafroll virus M-1” izolyati aniqlangan hamda ushbu izolyat xalqaro Genbankning (NCBI) ma’lumotlar bazasiga PP981686 ID raqam bilan joylashtirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi 2025-yil 15-oktabrdagi 05/04/-04-644-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, joylangan nukleotid ketma-ketligidan dunyo bo‘yicha ushu yo‘nalishdagi ilmiy-tadqiqot ishlarida foydalanish, virus migratsiyasini aniqlash va filogenetik shajarasini yaratish imkonini bergan;
Toshkent va Qibray tumanlarining kartoshka ekin maydoni hamda uning atrofida o‘suvchi turli yovvoyi va amdaniy o‘simliklarni real vaqtdagi-PZR usuli yordamida diagnostika qilindi hamda virusning bangidevona (Datura stramonium L.), qora ituzum (Solanum nigrum), pomidor (Solanum lycopersicum L.), fizalis (Physalis floridana) kabi tabiiy rezervator o‘simliklari aniqlandi (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi 2025-yil 15-oktabrdagi 05/04/-04-644-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kartoshka ekin maydonida virusning tarqalishiga olib keluvchi tabiiy infeksiya manbalarini kamaytirishga erishilgan;
Qibray tumanidan “Akbar shox eterno” va Toshkent tumanidan “Baxrom asli mirishkor” fermer xo‘jaliklaridagi 10 gektar kartoshka ekin maydonida Mikrozim-2, Laveron va Bioazot kabi biologik preparatlar bilan ekuv materiallari hamda vegetatsiya jarayonida ishlov berilib, preparatlarning virus infeksiyasiga qarshi samarali ta’siri hamda virus bilan zararlangan o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi hamda hosildorligining yaxshilanishi aniqlandi (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi 2025-yil 15-oktabrdagi 05/04/-04-644-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, L-virus bilan kasallangan tuganaklardan biopreparatlar bilan ishlov berish natijasida hosildorlikni 15% gacha oshirishga hamda atrof-muhitni kimyoviy preparatlar bilan ifloslanishini oldini olishga erishilgan.