Xusanova Onarxon G‘aybullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Shimoliy Farg‘ona vodiysi tik mintaqalari tuproq yuza qatlamlarida tuproq suvo‘tlarining tarqalish xususiyatlari», 03.00.05–Botanika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/B161.
Ilmiy rahbar: Alimjanova Xolisxon Alimjanovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Botanika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Botanika instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.B.39.01.
Rasmiy opponentlar: Raximova Tashxanim,  biologiya fanlari doktori, professor; Bo‘riev Sulaymon, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Shimoliy Farg‘ona vodiysi tik mintaqalaridagi tuproq suvo‘tlarining xilma-xilligini aniqlash va tarqalish xususiyatlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Shimoliy Farg‘ona vodiysi tik mintaqalari tuproq al`goflorasining taksonomik tarkibi aniqlangan hamda 247 ta tur va tur xillaridan iborat bo‘lgan zamonaviy ro‘yxati tuzilgan;
ilk bor O‘zbekiston tuproq al`goflorasi uchun yangi bo‘lgan 177 tur va tur xillari aniqlangan;
Shimoliy Farg‘ona vodiysi sharqiy va g‘arbiy qismlaridagi 89 tur al`goflora vakillarining o‘xshashligi ochib berilgan;
atmosfera va tuproq harorati, tuproqning namligiga bog‘liq holda turlarni tik mintaqalar bo‘yicha mavsumiy rivojlanish xususiyatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Shimoliy Farg‘ona vodiysi tik mintaqalari tuproqlari al`goflorasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tuproqlarini agrokimyoviy tarkibini identifikatsiyasi uchun foydalaniladigan 177 turlar Namangan viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 11 martdagi 02/020-152-son ma’lumotnomasi). Natijada Namangan viloyatida o‘zlashtirilgan maydonlar tuproqlari ball bonnitetini tuproq suvo‘tlar asosida aniqlash va lokal hududlardagi unumdorligi past tuproqlarni identifikatsiya qilish imkonini bergan;
247 tur va tur xillardan iborat al`gologik namunalardan PZ-20170921183 raqamli «Shimoliy Turkiston Botanik-geografik rayoni dorivor o‘simliklarining zang zamburug‘lari va ularning tarqalish xaritasini tuzish» mavzusidagi amaliy loyihada dorivor o‘simliklar o‘sayotgan tuproqlardagi suvo‘tlarini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2019 yil 19 martdagi 4/1255-824-son ma’lumotnomasi). Natijada Zomin milliy tabiat bog‘idagi 51 ta dorivor o‘simliklarning tuproq tarkibidagi suvo‘tlarini aniqlash va ularning ro‘yxatini tuzish imkonini bergan;
Shimoliy Farg‘ona vodiysi tik mintaqalari tuproqlari al`goflorasidan yig‘ilgan 240 dan ortiq al`gologik namunalari hamda ularning doimiy preparatlari Botanika institutining “Suv havzalari suvo‘tlar florasi” noyob ob’ekti kolleksiyasiga topshirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2019 yil 19 martdagi 4/1255-856-son ma’lumotnomasi). Natijada kolleksiyaning “O‘zbekiston tuproq suvo‘tlar florasi” fondini boyitgan va tuproq mikroflorasini inventarizatsiyalash, tuproq suvo‘tlarining yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish