Omonov Mahmud Baxtiyorovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar: Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i): «Foydalanilgan transport vositalari shinalarini qayta ishlash va ular asosida yo‘l to‘shamalari kompozisiyasini ishlab chiqish», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2026.2.PhD/T6638.
Ilmiy rahbar: Djiyanboev Sirojiddin Valievich, texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DM.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DM, DSc.03/2025.27.12.T.02.06.
Rasmiy opponentlar: Sobirov Baxodir Boypo‘latovich, texnika fanlari doktori, professor; Alikabulov Shuxrat Abdumalikovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: foydalanilgan transport vositalari shinalarini qayta ishlash va ular asosida yo‘l to‘shamalari kompozisiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
transport vositalarining foydalanilgan shinalarini qayta ishlash va ular asosida yuqori fizik-mexanik va texnologik xossalarga ega bo‘lgan yo‘l to‘shamalari kompozisiyalarining optimal tarkibi ishlab chiqilgan;
mahalliy va ikkilamchi xomashyolar asosida olingan yo‘l to‘shamalari kompozisiyasining fizik-kimyoviy va ekspluatatsion hususiyatlari an’anaviy yo‘l to‘shamalariga qaraganda 1,2-1,4 marotabaga yuqori ekanligi aniqlangan;
taklif etilgan yo‘l to‘shamasi kompozisiyasini qo‘llash jarayonida hozirgi ikki barabanli vibratsion g‘ildirakli katoklar bilan o‘rtacha 8-10 marta presslash jarayonini 6-8 martagacha kamaytirish hisobiga qo‘llash jarayonida mehnat sarfini 1,33 barobarga kamayishi aniqlangan;
ikkilamchi shina talqoni yordamida yo‘l to‘shamalari kompozisiyasini olishning samarali resurstejamkor texnologiyasi ishlab chiqilgan va ularni sanoat miqiyosida qo‘llash bo‘yicha ilmiy yo‘riqnoma ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Foydalanilgan transport vositalari shinalarini qayta ishlash va ular asosida yo‘l to‘shamalari kompozisiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
texnologik va ekspluatatsion xususiyatlari yaxshilangan mahalliy va ikkilamchi xomashyolar asosidagi yo‘l to‘shamalari kompozisiyasini «Ishtixon trans servis» MChJ da amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston respublikasi transport vazirligining 2026 yil “09” iyuldagi 4/6299-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, avtomobil` yo‘llarini ta’mirlash va yaxshilashda ishlatiladigan yangi olingan yo‘l to‘shamalari kompozisiyasining xizmat muddati 1,3–1,8 martagacha uzayishi hamda joriy ta’mirlash ishlarini kamayishi hisobiga kompozisiyaning fizik-mexanik va texnologik xususiyatlarini yaxshilash imkonini bergan;
mahalliy va ikkilamchi xomashyolar asosida ishlab chiqilgan yo‘l to‘shamalari kompozisiyasining samarali tarkibi Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida joylashgan «Ishtixon trans servis» MChJ da amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston respublikasi transport vazirligining 2026 yil “09” iyuldagi 4/6299-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, avtomobil` yo‘llarini mazkur kompozisiya yordamida qayta tiklash natijasida, ularni qo‘llashda yo‘l qurilishi uchun ketadigan mehnat sarfini 1,33 barobarga kamaytirish orqali iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish