Axmadova Dilsora O‘tkir qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy darajalar beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Pb-Bi li shlamlar tarkibidan Au(III) va Cu(II) ionlarini aniqlashning voltamperometrik uslublarini ishlab chiqish”, 02.00.02 – Analitik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/K1114.
Ilmiy rahbar: Qutlimurotova Nigora Xakimovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.K.01.13.M.
Rasmiy opponentlar: Abduraxmanov Ergashboy, kimyo fanlari doktori, professor; Yaxshieva Zuhra Ziyatovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Pb-Bi li shlamlar tarkibidan Au(III) va Cu(II) ionlarini aniqlashning voltamperometrik uslublarini ishlab chiqishdan iboratdir.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Grafit asosidagi elektrodni modifikatsiyalash uchun AATT organik reagenti modifikator sifatida tanlangan va ularning optimal nisbatlari: polistirol : grafit : AATT uchun 0,5:1,5:0,1 g ekanligi aniqlangan;
AATT bilan modifikatsiyalangan grafit elektrodning elektroaktiv yuzasi 0,065 cm² ni tashkil etib, geometrik yuzasiga (0,0314 sm²) nisbatan 2,1 marta katta ekanligi isbotlandi. EIS tahlili natijasida Rct = 6015 Ω·sm², Warburg elementi eksponenti esa Wo-P = 0,51 ga teng bo‘ldi. Ushbu qiymat elektrod yuzasidagi massa ko‘chish jarayoni asosan diffuziya orqali boshqarilishini ko‘rsatdi. Modifikatsiyalanmagan grafit elektrodga nisbatan Rct qiymatining 6993 dan 6015 Ω·sm² gacha, ya’ni 14,0% ga kamayishi elektron uzatish qobiliyati 1,16 marta yaxshilangani tasdiqlangan;
SV usulda AATT bilan modifikatsiyalangan grafit elektrod yuzasida sulfat kislota muhitida (pH 1,0–1,2) Au(III) va Cu(II) ionlarining yarim to‘lqin potensiallari mos ravishda 0,32 volt va 0,056 voltni tashkil etib, ionlarning diffuziya koeffitsientlarining o‘rtacha qiymatlari Au(III) uchun 3,88×10⁻⁶ sm²·s⁻¹, Cu(II) uchun esa 6,59 × 10⁻⁶ sm²·s⁻¹ ekanligi isbotlangan;
Laviron tenglamasi asosida Au(III) va Cu(II) ionlarining redoks jarayonlarida ishtirok etuvchi samarali elektronlar soni mos ravishda 2,37 (~2) va 0,62 (~1) ekanligi aniqlandi. Natijalar Au(III) ning bosqichli, Cu(II) ning esa bir elektronli bosqichga yaqin kvazi-qaytar jarayon orqali qaytarilishini hamda elektron almashinishga diffuzion, adsorbsion va kinetik omillar ta’sir etishi isbotlangan;
DPV usulda Au(III) va Cu(II) ionlarining AATT bilan modifikatsiyalangan grafit elektrod yuzasida hosil qilgan kompleks birikmalarning barqarorlik konstantalari Benesi-Hildebrand uslubida Au(III) kompleksi uchun logKf = 4,92; Cu(II) kompleks uchun logKf = 6,57 ga tengligi aniqlandi, bu esa voltamperometrik aniqlash uchun etarlicha barqaror ekanligini tasdiqladi. ga tengligi aniqlanib, barqarorlik konstantalarining etarlicha barqarorlikga egaligi, ularning voltamperometrik tahlil uchun mosligi tasdiqlangan;
DPV usulida Au(III) uchun quyi aniqlash chegarasi (LOD) 0,059 μM; Cu(II) uchun esa = 0,020 μM ni tashkil etib, Au(III) ioni uchun analitik signal 0,005-0,3 μM ga, Cu(II) ioni uchun 0,01-0,4 μM ga teng bo‘lganda to‘g‘ri chiziqli bog‘liqlik namoyon qilgan.
Ishlab chiqilgan voltamperometrik usul natijalari AAS usuli bilan solishtirilib, Student va Fisher mezonlari: Au(III) ioni uchun tₕᵢₛ. = 0,632 < tₖᵣᵢₜ. = 2,306, Fₕᵢₛ. = 1,162 < Fₖᵣᵢₜ. = 6,39, Cu(II) ioni uchun esa tₕᵢₛ. = 0,343 < tₖᵣᵢₜ. = 2,306, Fₕᵢₛ. = 1,720 < Fₖᵣᵢₜ. = 6,39 ekanligi aniqlangan hamda sistematik xatolik mavjud emasligini tasdiqlangan. Uslubning aniqligi va takrorlanuvchanligi AAS usuli bilan mos kelishini tasdiqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pb-Bi li shlamlar tarkibidan Au va Cu metallarini aniqlashning voltamperometrik uslublarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
oltin(III) va mis(II) ionlarining AATT bilan modifikatsiyalangan grafit elektrod yordamida voltamperometrik aniqlash uslubi “Olmaliq kon metallurgiya kombinati” AJ Markaziy laboratoriyasida amaliyotiga joriy etilgan. (“Olmaliq kon metallurgiya kombinati” AJ ning 2026-yil 2-sentyabrdagi 84-886-son ma’lumotnomasi). Natijada, shlam na’munalari tarkibidan metall ionlarini eritmaga o‘tkazish texnologiyasi taklif qilinib, texnologik eritma tarkibida oltin(III) va mis(II) ionlari mikromiqdorlargacha aniqlangan;
oltin(III) va mis(II) ionlarining 5-(4-aminofenil)-4-amino-1,2,4-triazol-3(2H)-tion bilan modifikatsiyalangan grafit elektrod yordamida voltamperometrik aniqlash uslubi “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ markaziy ilmiy tadqiqot laboratoriyasida sinovdan o‘tkazilgan va amaliyotga joriy etilgan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ ning 2026-yil 10-iyundagi 02-15-02/5683-son ma’lumotnomasi). Natijada, texnologik eritmalar tarkibida oltin(III) va mis(II) ionlarini aniqlashning tanlab ta’sir etuvchanligi, tezkorligi va soddaligi, past konsentratsiyalarda ham korrelyasiya koeffitsienti 1 ga yaqin bo‘lgan ishonchli natijalar olingan.