Kamilova Gulchexra Muratdjanovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar: Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i): «Yuqori aniqlikdagi shtamplovchi shtamp asboblariga termik ishlov berish texnologiyasini takomillashtirish», 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2026.2.PhD/T6754.
Ilmiy rahbar: Berdiev Darob Muratovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DM, DSc.03/2025.27.12.T.02.06.
Rasmiy opponentlar: Ulmasov Tulqun Usmanovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Xalimjonov Tohir Salimovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Andijon davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yuqori aniqlikdagi shtamplovchi shtamp asboblariga termik ishlov berish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuqori aniqlikda shtamplovchi puanson ishchi qismlariga termik ishlov berishni optimallashgan texnologiyasi po‘lat listlarni shtamplash mobaynida yuzaga keladigan ishqalanib eyilishga bardoshlilik asosida ishlab chiqilgan;
puanson asboblari uchun (Y12A markali po‘lat uchun 450 °C, X12M markali po‘lat uchun 550 °C haroratlarda) oraliq qizdirib bo‘shatish bilan takomillashtirilgan izotermik termik ishlov rejimi, dislokatsiya strukturani qisman saqlagan holda ichki kuchlanishlarning ta’sirini kamaytirish hamda qattiq ikkilamchi karbidlar ajralishi asosida ishlab chiqilgan;
austenitning izotermik o‘zgarish diagrammasi asosida po‘lat tuzilishining o‘zgarishi va fazaviy tarkibning po‘latning mexanik xususiyatlariga ta’siri aniqlangan;
puanson asboblari uchun takomillashtirilgan texnologik rejim ekstremal qizdirish, oraliq bo‘shatish va takroriy toblash zanjirida struktura ko‘rsatkichlarining “strukturaning qayta hosil bo‘lish” mexanizmlari asoslangan;
yuqori aniqlikda sovuq holatda list shtamplash asboblarining xizmat muddatini va qo‘llashdagi resursini oshirishga qaratilgan oraliq bo‘shatish bilan toblashning takomillashtirilgan texnologiyasi ishlab chiqilgan va uning samaradorligi eksperimental ravishda tasdiqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yuqori aniqlikdagi shtamplovchi shtamp asboblariga termik ishlov berish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
puanson ishchi qismlariga termik ishlov berishda ekstremal qizdirish hapopati “O’zbekiston texnologik metallar kombinati” AJning “Asbobsozlik va texnologik uskunalar ishlab chiqarish” sexida amaliyotga joriy qilingan (“O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” AJning 2026-yil 6 apreldagi 01/04-406-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, puanson asboblarining xizmat muddatini 1,6-2,2 barobarga oshirish imkonini bergan;
puansonlarni ekstremal haroratlarda qizdirish, oraliq bo‘shatish bilan toblashning takomillashtirilgan texnologiyasi “O’zbekiston texnologik metallar kombinati” AJning “Asbobsozlik va texnologik uskunalar ishlab chiqarish” sexida amaliyotga joriy qilingan (“O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” AJning 2026-yil 6 apreldagi 01/04-406 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, puansonlarga termik ishlov berish uchun sarflanadigan kapital xarajatlarni 25-30 % ga kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish