Xudoyberdiev Olloqul Isaqovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy dorivor o‘simlik xomashyosi asosida diuretik «Ekustim» dori vositasini olish texnologiyasi», 15.00.01–Dori texnologiyasi (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Far31.
Ilmiy rahbar: Azizov Umarxon Muxtarovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.27.06.2017.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: Yunusova Xolida Mannanovna, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Xalilov Ravshan Muratdjanovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» DUK.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy dorivor o‘simliklar quruq ekstraktlari kombinatsiyasi asosida yangi diuretik «Ekustim» dori vositasini tarkibi va texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor diuretik ta’sirga ega 8 xil mahalliy dorivor o‘simliklar quruq ekstraktlari asosida «Ekustim» dori vositasining tarkibi va texnologiyasi ishlab chiqilgan;
«Ekustim» substansiyasini olishning muayyan sharoitlari va ratsional texnologiyalari ishlab chiqilgan;
«Ekustim» preparati kapsula dori shaklining ilmiy asoslangan muayyan tarkibi va texnologiyasi yaratilgan;
«Ekustim» preparati substansiyasi va kapsula dori shakli sifatini nazorat qilish va standartlash usullari ishlab chiqilgan;
«Ekustim» preparatning diuretik faolligi va bezararligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
«Ekustim» preparati substansiyasi va kapsula dori shaklining tarkibi va texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Ekustim» diuretik dori vositasiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan (IAP 05631, 2018 y). Natijada yaratilgan diuretik vosita organizmda suyuqlik yig‘ilib qolishi bilan kechadigan kasalliklarni samarali davolash imkonini bergan;
«Ekustim» preparati substansiyasi va kapsula dori shakli uchun korxona farmakopeya maqolalari loyihalari «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi» DUKga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan
(2019 yil 31 maydagi 29/01-345-son xati, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil
15 oktyabrdagi 8n-3/280-son xati). Ushbu korxona farmakopeya maqolalarining tasdiqlanishi mahalliy xomashyo asosida yaratilgan, iqtisodiy jihatdan samarador bo‘lgan diuretik ta’sir etuvchi dori vositasini olish imkonini beradi;
«Ekustim» preparati substansiyasi va kapsula dori shakli uchun tajriba-sanoat reglamentlari «Navkar Group» MChJ bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (OPR 42 Uz-03873/04610617-1095-2018, OPR 42 Uz-03873/04610617-1098-2019). Mazkur, hujjatning tasdiqlanishi natijasida diuretik dori vositalar uchun me’yoriy hujjatlarni o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqilishi va ro‘yxatga olinishi ta’minlangan.