Shomurzaeva Nasiba Xoshimovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarda turizm bilan shug‘ullanishiga qiziqishini rivojlantirish pedagogik imkoniyatlari”, 13.00.01- Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (prdagogika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2513.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Yarmatov Raximboy Baxramovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti huzuridagi PhD.03/2025.27.12.Ped.33.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Solieva Zuhra Toxirovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Yarashev Komiljon Dexqanovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarda turizm bilan shug‘ullanishiga qiziqishini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning turizm bilan shug‘ullanishga qiziqishini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari sport turizmini ta’lim jarayoniga auditoriyadan tashqari faoliyatlarda aktiv va passiv turizm komponentlari ko‘rinishida kiritish orqali kognitiv qiziqishlariga mos ravishda metodik jihatdan boyitish asosida kengaytirilgan;
talabalarda turizm bilan shug‘ullanishga qiziqishni rivojlantirishning tuzilmaviy-funksional modeli metodologik, tashkiliy-texnologik komponentlarni tayyorlov, rivojlantiruvchi va motivlashtiruvchi natijadorlikni ta’minlovchi bosqichlarda algoritmik aks ettirish orqali takomillashtirilgan;
turizmga qiziqishni rivojlantirish jarayoni vitagen ta’lim integratsiyasiga asoslangan holda, talabalarning ongli va ixtiyoriy faoliyatdagi ehtiyoj hamda qiziqishlariga yo‘naltirilgan amaliy tayyorgarlik bilan o‘qitishning induktiv va deduktiv metodlarini kompleks qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
talabalarning turizm bilan shug‘ullanishga qiziqishini rivojlantirish samaradorligi jismoniy mashg‘ulotlarning yoshga mos adaptiv ketma-ketligi, yuklama parametrlarining optimal davomiyligi va individuallashtirilgan tashkil etish mexanizmlarini ta’minlovchi raqamli-metodik ta’minot, evidence-based tavsiyalar hamda amaliy implementatsiya echimlarini ishlab chiqish orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarda turizm bilan shug‘ullanishiga qiziqishini rivojlantirish bo‘yicha tadqiqot natijalari quyidagi shakllarda joriy qilindi:
talabalarning turizm bilan shug‘ullanishga qiziqishini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari sport turizmini ta’lim jarayoniga auditoriyadan tashqari faoliyatlarda aktiv va passiv turizm komponentlari ko‘rinishida kiritish orqali kognitiv qiziqishlariga mos ravishda metodik jihatdan boyitish asosida kengaytirishga oid takliflar “Turizm va uni o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-maydagi 232-son buyrug‘i asosida berilgan 232-637 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalarda turizm bilan shug‘ullanish qiziqishini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari kengaytirilgan;
talabalarda turizm bilan shug‘ullanishga qiziqishni rivojlantirishning tuzilmaviy-funksional modeli metodologik, tashkiliy-texnologik komponentlarni tayyorlov, rivojlantiruvchi va motivlashtiruvchi natijadorlikni ta’minlovchi bosqichlarda algoritmik aks ettirish orqali takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalardan 2022-2025 yillarda bajarilgan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” mavzusidagi amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 17-fevraldagi 02/01-01-103-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda turizm bilan shug‘ullanishga qiziqishni rivojlantirishning tuzilmaviy-funksional modelini takomillashtirish yo‘nalishlari aniqlashtirilgan;
turizmga qiziqishni rivojlantirish jarayoni vitagen ta’lim integratsiyasiga asoslangan holda, talabalarning ongli va ixtiyoriy faoliyatdagi ehtiyoj hamda qiziqishlariga yo‘naltirilgan amaliy tayyorgarlik bilan o‘qitishning induktiv va deduktiv metodlarini kompleks qo‘llash asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalardan “Bolalar uchun shiyponchali o‘yin kompleks” nomli sanoat namunasi patentini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 02423-raqamli guvohnomasi). Natijada, talabalarida turizmga qiziqishni rivojlantirish jarayoni aniqlashtirilgan;
talabalarning turizm bilan shug‘ullanishga qiziqishini rivojlantirish samaradorligi jismoniy mashg‘ulotlarning yoshga mos adaptiv ketma-ketligi, yuklama parametrlarining optimal davomiyligi va individuallashtirilgan tashkil etish mexanizmlarini ta’minlovchi raqamli-metodik ta’minot, evidence-based tavsiyalar hamda amaliy implementatsiya echimlarini ishlab chiqish orqali aniqlashtirilgan tavsiyalardan “Turizm va uni o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 17-fevraldagi 02/01-01-103-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda innovatsion vositalar va raqamli texnologiyalardan foydalanish samaradorligi oshirilga

Yangiliklarga obuna bo‘lish