Annaklichev Saxi Saparmuxamedovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Iqt5717.
Ilmiy rahbar: Xaydarov Nizamiddin Xamraevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.05.
Rasmiy opponentlar: Olimjonov Odil Olimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Elmurodov Shoxjahon G‘ayrat o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari doktori, dosent.
Yetakchi tashkilot: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmini takomillashtirish yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish yoki kengaytirish uchun 2 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga, aylanma mablag‘lar uchun revolver tarzda 3 yilgacha muddatga yillik Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada kreditlar ajratish taklif etilgan;
kichik va o‘rta biznesning 3 ta segmenti subektlarini moliyalashtirishga qaratilgan operatsion model ishlab chiqilgan;
kichik biznes subektlari uchun belgilangan soddalashtirilgan soliq rejimining erkin raqobat muhitiga ta’sirini «stress test» tizimi orqali baholash taklif etilgan;
kichik tadbirkorlik subektlari ro‘yxatdan o‘tgan va faoliyat yuritayotgan hudud toifasidan kelib chiqqan holda mikrokredit beruvchilarni 5 ta toifada 12,5 foizdan 18,0 foizgacha bo‘lgan stavkada qayta moliyalashtirish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmini takomillashtirish borasidagi tadqiqotlardan olingan ilmiy natijalar asosida:
tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish yoki kengaytirish uchun 2 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga, aylanma mablag‘lar uchun revolver tarzda 3 yilgacha muddatga yillik Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada kreditlar ajratish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-sentyabrdagi PQ-306-son «Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorini ishlab chiqilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining 2025-yil 11-iyuldagi № 32-09/997-son ma’lumotnomasi). Natijada «Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash» kompleks dasturida ishtirok etuvchi kichik tadbirkorlik subektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmi takomillashtirilgan. Respublikadagi tijorat banklari tomonidan ushbu mexanizm orqali kichik biznes subektlariga 2024-yilda 4 834,0 mlrd so‘m kredit mablag‘lari ajratilgan.
kichik va o‘rta biznesning 3 ta segmenti subektlarini moliyalashtirishga qaratilgan operatsion model ishlab chiqilgan. Mazkur taklif Bank boshqaruvining 2025-yil 23-iyundagi 17-son qarori bilan tasdiqlangan «Biznesni rivojlantirish banki» ATBda mikro, kichik va o‘rta biznesning yangi operatsion modelini joriy etish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining 2025-yil 11-iyuldagi № 32-09/997-son, ATB “Biznesni rivojlantirish banki”ning 2025-yil 11-iyuldagi № 01-07/9061-son ma’lumotnomalari). Natijada, Osiyo Taraqqiyot Bankining Inklyuziv moliya sektorini rivojlantirish dasturi doirasida 40,0 mln dollar kredit liniyasi jalb qilish belgilangan. Bunda, liniya mablag‘lari kichik tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltirilgan.
kichik biznes subektlari uchun belgilangan soddalashtirilgan soliq rejimining erkin raqobat muhitiga ta’sirini «stress test» tizimi orqali baholash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi PF-50-son «Kichik va o‘rta biznesning iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni bilan tasdiqlangan Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish strategiyasini 2025-yilda amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining 2025-yil 11-iyuldagi № 32-09/997-son ma’lumotnomasi). Natijada kichik tadbirkorlik subektlarining yiriklashish imkoniyatlari, moliyaviy rag‘batlantirishning samaradorligi baholangan.
kichik tadbirkorlik subektlari ro‘yxatdan o‘tgan va faoliyat yuritayotgan hudud toifasidan kelib chiqqan holda mikrokredit beruvchilarni 5 ta toifada 12,5 foizdan 18,0 foizgacha bo‘lgan stavkalarda qayta moliyalashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-sentyabrdagi PQ-312-son ««Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash» kompleks dasturini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorini ishlab chiqilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasining 2025-yil 31-iyuldagi № 05-13/3056-son, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining 2025-yil 11-iyuldagi № 32-09/997-son ma’lumotnomalari). Bunda «Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi» AJ mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha kichik va o‘rta tadbirkorlik subektlarining loyihalariga Jamiyatning kafilligi taqdim etiladi. Natijada kichik biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning bank va mikromoliyalashtirish xizmatlaridan foydalanish mexanizmi takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish