Allaniyazov Davran Orazimbetovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpog‘iston glaukoniti va fosforitlaridan murakkab o‘g‘itlar olish jarayonining nazariy asoslari va texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13–Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/T26.
Ilmiy rahbar: Bauatdinov Sali, texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Namazov Shafoat Sattarovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Kaipbergenov Atabek Tulepbergenovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatiga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpoq glaukonitli qumini boyitish va jelvakli fosforitlar va o‘g‘itli tuzlar ishltirokidagi glaukokonsentrat asosida murakkab o‘g‘itlar olishning fizik-kimyoviy asoslarini yaratish va texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
quruq va nam usullarda boyitishning texnologik parametrlar keng oralig‘idagi glaukonit konsentratlaridagi tarkibiy o‘zgarishlar nazariy asoslangan, uning natijalari maqbul tizim va dastlabki komponentlar (glaukonit, fosforit) nisbatlari aniqlangan;
kompozisiya tarkibiga kiruvchi glaukonit va fosforitning o‘g‘itli tuzlar bilan o‘zaro ta’sirlashuv xarakteri va fizik-kimyoviy xossalarini aniqlash asosida tarkibi oldindan belgilangan tarkibdagi murakkab o‘g‘itlar olingan;
glaukonit konsentratlari va ular asosidagi murakkab o‘g‘itlarning fizik-kimyoviy va tovar xossalari aniqlangan;
Qoraqalpoq past navli glaukonit va fosforitlarini boyitish va o‘g‘itli tuzlar ishtirokida har xil markadagi murakkab o‘g‘itlarga qayta ishlash texnologiyalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Glaukonitlarni boyitish, o‘g‘itli tuzlar ishtirokida glaukokonsentrat va jelvakli fosforit asosida murakkab o‘g‘itlar olishning yuqori samarali texnologiyalarini ishlab chiqish buyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
murakkab aralashmali o‘g‘itlarga texnik shart Qoraqalpog‘iston Respublikasi standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan (TSh 26647408-01:2018). Mazkur hujjat glaukonitli murakkab o‘g‘it sifatini va texnologik jarayonni nazorat qilish imkonini beradi;
ishlab chiqilgan texnologiya bo‘yicha Qoraqalpog‘iston glaukonitlari, fosforitlari va mineral tuzlar asosida yillik quvvati 400 tonnaga ega tajriba-sanoat qurilmasida olingan murakkab o‘g‘itlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi fermer xo‘jaliklarining paxta maydonida joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2018 yil 28 dekabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada paxta xomashyosi hosildorligini gektariga 2–2,5 sentnerga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish