Xusanova Zulfiya Raxmatullaevnaning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Ayollar tadbirkorligini rivojlantirishni tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirishning metodologik asoslari”, 08.00.13 – Menejment.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2026.2.DSc/Iqt1301
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Maraimova Umida Ismailjanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.07.02
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Aripov Oybek Abdullaevich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Rejapov Xayrillo Xikmatullaevich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Abdulloev Asliddin Junaydulloevich.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida ayollar tadbirkorligini rivojlantirishni tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirishga oid ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ayollar tadbirkorligini boshqarish samaradorligini ATESI (Ayollar tadbirkorligini iqtisodiy samaradorligi indeksi) qiymatlarini 0–0,2 – juda past, 0,2–0,4 – past, 0,4–0,6 – o‘rta, 0,6–0,8 – yuqori, 0,8–1,0 – juda yuqori darajalar bo‘yicha tasniflash orqali ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash natijadorligini baholash taklifi ishlab chiqilgan;
ayollar tadbirkorligini boshqaruvini rivojlantirishni yagona elektron reestr, bisnes loyihalarni ro‘yxatga olish, moliyaviy resurslar monitoringi, “ustoz-shogird” tizimi, elektron savdo, online ta’lim kabi funksiyalarni o‘zida integratsiyalashtiruvchi “Tadbirkor ayollar” platformasini joriy qilish orqali takomillashtirish taklif etilgan;
Andijon viloyatida  ayollar tadbirkorligini rivojlantirishning iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik barqarorligini ta’minlashga qaratilgan  ESG tamoyillari asosida boshqariladigan hamda moliyaviy resurslarni hududlarning rivojlanish darajasi, ixtisoslashuvi hamda yuqori darajadagi ehtiyojlaridan kelib chiqib yo‘naltirishga qaratilgan boshqaruv mexanizmini joriy qilish orqali takomillashtirish taklif etilgan;
ayollar tadbirkorligini boshqaruv samaradorligini oshirishni tashabbuskor xotin-qizlarning biznes loyihalarini ishlab chiqish, tadbirkorlikka o‘qitish, kooperatsiya asosida loyihalarni amalga oshirishga ko‘maklashish hamda ularni ijrosini monitoring qilish tiziminini shakllantirish orqali takomillashtirish taklifi asoslangan;
Andijon viloyatida ayollar tadbirkorligini istiqboldagi rivojlanish tendensiyalarini xotin-qizlar tomonidan boshqarilayotgan tadbirkorlik subektlarining jami tadbirkorlik tarkibidagi ulushini 2030-yilgacha bo‘lgan muddatga pissemistik, realistik va optimistik prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ayollar tadbirkorligini rivojlantirishni tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirishning metodologik asoslari yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
ayollar tadbirkorligini boshqarish samaradorligini ATESI (Ayollar tadbirkorligini iqtisodiy samaradorligi indeksi) qiymatlarini 0–0,2 – juda past, 0,2–0,4 – past, 0,4–0,6 – o‘rta, 0,6–0,8 – yuqori, 0,8–1,0 – juda yuqori darajalar bo‘yicha tasniflash orqali ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash natijadorligini baholash taklifi ishlab chiqilgan Andijon viloyati hokimligi tomonidan “Xotin-qizlarni tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga oid” yo‘l xaritasini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasining 2026-yil 13-oktabrdagi 05-13/4148-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ayollar tadbirkorligin samaradorligini baholash orqali ularni qo‘llab- quvvatlash natijodorligini oshirishga xizmat qilgan;
ayollar tadbirkorligini boshqaruv tizimini yagona elektron reestr, bisnes loyihalarni ro‘yxatga olish, moliyaviy resurslar monitoringi, “ustoz-shogird” tizimi, elektron savdo, online ta’lim kabi funksiyalarni o‘zida integratsiyalashtiruvchi “Tadbirkor ayollar” platformasi joriy qilish orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-martdagi “Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-103-sonli Qarorini 3-bandini shakllantirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasining 2026-yil 13-oktabrdagi 05-13/4148-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mamlakatda 116,4 ming nafardan ortiq xotin-qizlarni mehnat bilan bandligini ta’minlash imkoniyati yaratiladi.
Andijon viloyatida ayollar tadbirkorligini rivojlantirishning iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik barqarorligini ta’minlashga qaratilgan ESG tamoyillari asosida boshqariladigan hamda moliyaviy resurslarni hududlarning rivojlanish darajasi, ixtisoslashuvi hamda yuqori darajadagi ehtiyojlaridan kelib chiqib yo‘naltirishga qaratilgan boshqaruv mexanizmini joriy qilish orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 02.12.2022-yildagi “2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-436-sonli qarorini 1-ilovasini 1 bob 2-xatboshini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasining 2026-yil 13-oktabrdagi 05-13/4148-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tadbirkorlik loyihalarini ESG mezonlari asosida baholash, resurslardan samarali va maqsadli foydalanishni ta’minlash hamda iqtisodiy o‘sish bilan bir qatorda ijtimoiy, ekologik samaradorlikni oshirishning institutsional asoslarini kuchaytirish imkonini yaratadi;
ayollar tadbirkorligini boshqaruv samaradorligini oshirishni tashabbuskor xotin-qizlarning biznes loyihalarini ishlab chiqish, tadbirkorlikka o‘qitish, kooperatsiya asosida loyihalarni amalga oshirishga ko‘maklashish hamda ularni ijrosini monitoring qilish tiziminini shakllantirish orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-martdagi “Xotin-qizlarni tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-122-sonli Qarorini 2-bandini shakllantirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasining 2026-yil 13-oktabrdagi 05-13/4148-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tashabbuskor xotin-qizlarning biznes loyihalarini ishlab chiqish, tadbirkorlik ko‘nikmalarini oshirish, amalga oshirilayotgan loyihalar soni hamda ularni monitoring qilish imkoniyati yaratildi;
Andijon viloyatida ayollar tadbirkorligini istiqboldagi rivojlanish tendensiyalarini xotin-qizlar tomonidan boshqarilayotgan tadbirkorlik subektlarining jami tadbirkorlik tarkibidagi ulushini 2030-yilgacha bo‘lgan muddatga ishlab chiqilgan pessimistik, realistik va optimistik prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasining 2026-yil 13-oktabrdagi 05-13/4148-sonli ma’lumotnomasi). Natijada viloyatda tadbirkor ayollarning jami tadbirkorlik subektlaridagi ulushi 2030-yilga borib pessemistik ssenariy bo‘yicha 8,65 foizga, realistik prognoz bo‘yicha 12,65 foizga hamda optimistik prognoz bo‘yicha 16,65 foizga etishi aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish