Ahrorova Sayohat Akram qizining

falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Raqamli platformalar va ularning o‘zaro raqobatini huquqiy tartibga solish”, 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.PhD/Yu2425
Ilmiy rahbar: Xodjaev Baxshillo Kamolovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/2025.27.12.Yu.01.03.
Rasmiy opponentlar: Babaev Djahongir Ismailbekovich, yuridik fanlar doktori, professor, Xursanov Rustam Xolmuratovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamli platformalar hamda ularning o‘zaro raqobatini huquqiy tartibga solish borasidagi muammolarni aniqlash va soha bo‘yicha muayyan taklif, ilmiy xulosa va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
raqamli platforma operatorining bozordagi ustun mavqeyini aniqlashda bevosita va bilvosita tarmoq samarasi mavjudligini inobatga olish platformaning foydalanuvchilar soni ortishi natijasida uning bozor kuchi kuchayishini, yangi raqobatchilarning bozorga kirishi murakkablashishini hamda raqamli bozorda raqobat sharoitining o‘zgarishini baholashning muhim huquqiy mezoni ekanligi asoslantirilgan;
raqamli platforma operatorining bozordagi ustun mavqeyini aniqlashda foydalanuvchilarning turli raqamli platformalardan bir vaqtning o‘zida foydalanish imkoniyati mavjudligini inobatga olish foydalanuvchilarning muqobil platformalarni tanlash imkoniyatini, ularning muayyan platformaga qaramlik darajasini hamda platformaning bozordagi real iqtisodiy ta’sirini baholashning muhim raqobat-huquqiy mezoni ekanligi asoslantirilgan;
foydalanuvchilarning turli raqamli platformalardan bir vaqtning o‘zida foydalanish imkoniyatini cheklash ularni muayyan platformaga bog‘lab qo‘yish, muqobil platformalardan foydalanishni qiyinlashtirish va raqamli bozorda raqobat imkoniyatlarini kamaytirishga olib keladigan raqobatni cheklovchi harakat sifatida huquqiy baholanishi zarurligi asoslantirilgan;
tadbirkor foydalanuvchilarga raqamli platformadagi faoliyati natijasida hosil bo‘lgan ma’lumotlarni erkin olishga to‘sqinlik qilish tadbirkorlik subektlarining o‘z faoliyati bilan bog‘liq ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatini cheklash, ularning boshqa platformaga o‘tishini qiyinlashtirish hamda platformaga iqtisodiy qaramligini kuchaytirishga olib keladigan raqobatga zid harakat ekanligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamli platformalar va ularning o‘zaro raqobatini huquqiy tartibga solishga oid tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan quyidagilarda foydalanilgan:
raqamli platforma operatorining bozordagi ustun mavqeyini aniqlashda bevosita va bilvosita tarmoq samarasi mavjudligini inobatga olish to‘g‘risidagi taklifda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-maydagi 256-son qarori bilan tasdiqlangan “Raqamli platforma operatorining ustun mavqeyini va ustun muzokara kuchini e’tirof etish hamda raqobatning cheklanishiga va (yoki) iste’molchilarning, boshqa xo‘jalik yurituvchi subektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kamsitishga olib keladigan harakatlarni aniqlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom 2-bobi 5-bandining beshinchi va oltinchi xatboshilarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2026-yil 2-maydagi 46-son dalolatnomasi). Mazkur taklif raqamli platforma operatorining bozor kuchini tarmoq samaralarining raqobat muhitiga ta’sirini hisobga olgan holda baholash va uning ustun mavqeini aniqlash mezonlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
raqamli platforma operatorining bozordagi ustun mavqeini aniqlashda foydalanuvchilarning turli raqamli platformalardan bir vaqtning o‘zida foydalanish imkoniyati mavjudligini inobatga olish to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-maydagi 256-son qarori bilan tasdiqlangan mazkur Nizom 2-bobi 5-bandining beshinchi va oltinchi xatboshilarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2026-yil 2-maydagi 46-son dalolatnomasi). Mazkur taklif foydalanuvchilarning muqobil platformalardan foydalanish imkoniyatini hisobga olish, ularning muayyan platformaga qaramlik darajasini aniqlash hamda raqamli platformaning bozordagi real ta’sirini baholash mexanizmini takomillashtirishga xizmat qilgan;
foydalanuvchilarning turli raqamli platformalardan bir vaqtning o‘zida foydalanish imkoniyatini cheklash to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-maydagi 256-son qarori bilan tasdiqlangan mazkur Nizom 3-bobi 15-bandining to‘rtinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2026-yil 2-maydagi 46-son dalolatnomasi). Mazkur taklif foydalanuvchilarning muqobil raqamli platformalardan foydalanish imkoniyatlarini sun’iy ravishda cheklovchi harakatlarni aniqlash hamda raqamli bozorda platformalararo raqobatni himoya qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
tadbirkor foydalanuvchilarga raqamli platformadagi faoliyati natijasida hosil bo‘lgan ma’lumotlarni erkin olishga to‘sqinlik qilish to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-maydagi 256-son qarori bilan tasdiqlangan mazkur Nizom 5-bobi 19-bandining to‘qqizinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2026-yil 2-maydagi 46-son dalolatnomasi). Mazkur taklif tadbirkor foydalanuvchilarning o‘z faoliyati natijasida shakllangan ma’lumotlardan erkin foydalanish huquqini ta’minlash, ularning raqamli platformaga iqtisodiy qaramligini kamaytirish hamda raqamli bozorda sog‘lom raqobat sharoitlarini yanada takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish