Boboev L Kadrxuja Djuraxodjaevichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Avtomobil sanoati korxonalarida brend strategiyasidan foydalanish metodologiyasini takomillashtirish”, 08.00.11-“Marketing”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Ilmiy rahbari: Allayarov Shamsiddin Amanullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.I.23.04 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ikramov Murat Akramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Ismoilova Gulnora Fayzullaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, prof. v.b., Jumaev Olimjon Sadulloevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent v.b.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Avtomobil sanoati korxonalarida brend strategiyasidan foydalanishni boshqarish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
    milliy avtomobil brendlarining xalqaro bozorda samarali pozisiyalashni ta’minlashda mulkchilik, joylashuv va ichki integratsiya ustunliklariga tayanadigan strategik brend boshqaruvi darajasini innovatsion-texnologik transfer, raqamli ekotizim integratsiyasi va lokal kooperatsiya tizimlarining o‘zaro bog‘langan strategik dastaklari asosida transformatsiya qilish taklifi;
O‘zbekiston avtomobil bozorida iste’molchilarning mahalliy brendlarni xarid qilish niyatiga narx omilining yuqori, brend imiji va ijtimoiy ta’sir, sotuvdan keyingi xizmatlarning o‘rta ta’sir darajalarida (SEM modelining “standardized path coefficient” (β) qiymatlari bo‘yicha mezonlar: β ≥ 0.50 - yuqori, 0.30 ≤ β < 0.50 - o‘rtacha ta’sir, 0.10≤β<0.30-past ta’sir, β < 0.10 - ahamiyatsiz ta’sir) iste’molchilarning brenddan xabardorlik holatiga ko‘ra, turli segment xususiyatlariga mos keluvchi marketing strategiyalaridan foydalanish taklifi asoslangan;
avtomobil sanoati korxonalarining strategik brend menejment tizimida raqamli brend menejmenti, yashil brending va integratsiyalashgan brend tajribasi yondashuvlarini yagona doirada birlashtiruvchi korporativ brend boshqaruvini institutsional tashkil etish, raqamli marketing ekotizimini joriy etish, ekomarketing va barqaror brend strategiyasini shakllantirish, integratsiyalashgan brend tajribasi markazlarini tashkil etish, mintaqaviy differensiatsiya brend strategiyasini amalga oshirish hamda innovatsion marketing dastaklarini joriy etish taklifi ishlab chiqilgan;
O‘zbekiston avtomobil bozoriga integratsiya qilinayotgan xorijiy avtomobil brendlarini brend menejment tizimi arxitekturasi mahalliy bozorlar uchun o‘ziga xos tasdiqlarini (identlarini) yaratish, raqamli marketing ekotizimini qurish, integratsiyalashgan brend tajribasidan foydalanishga qaratilgan yondashuvi asoslangan;
O‘zbekistonda strategik brend menejment strategiyalari asosida brend identifikatsiyasini shakllantirish, xalqaro sifat sertifikatsiyasi va standartlashtirishni joriy etish, eksport bozorlarini diversifikatsiya qilish, raqamli marketing tizimini shakllantirish va eksportga yo‘naltirilgan ekomarketing tizimlarini rivojlantirish asosida avtomobil eksportini rivojlanishining 2030-yilgacha bo‘lgan prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Avtomobil sanoati korxonalarida brend strategiyasidan foydalanishni boshqarish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
milliy avtomobil brendlarining xalqaro bozorda samarali pozisiyalashni ta’minlashda mulkchilik, joylashuv va ichki integratsiya ustunliklariga tayanadigan strategik brend boshqaruvi darajasini innovatsion-texnologik transfer, raqamli ekotizim integratsiyasi va lokal kooperatsiya tizimlarining o‘zaro bog‘langan strategik dastaklari asosida transformatsiya qilish taklifi “O‘zavtosanoat” AJ faoliyatiga joriy etilgan (UzAuto Aksiyadorlik jamiyatining 2026-yil 1-maydagi № 20/04-25-0699-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangiliklar “O‘zavtosanoat” AJning mahalliy avtomobil brendlarni xalqaro bozorlarda samarali ilgari surish hamda eksport yo‘nalishidagi faoliyat strategiyalarini ishlab chiqishda foydalanishga qaratilgan.
O‘zbekiston avtomobil bozorida iste’molchilarning mahalliy brendlarni xarid qilish niyatiga narx omilining yuqori, brend imiji va ijtimoiy ta’sir, sotuvdan keyingi xizmatlarning o‘rta ta’sir darajalarida (SEM modelining “standardized path coefficient” (β) qiymatlari bo‘yicha mezonlar: β ≥ 0.50 - yuqori, 0.30 ≤ β < 0.50 - o‘rtacha ta’sir, 0.10≤β<0.30-past ta’sir, β < 0.10 - ahamiyatsiz ta’sir) iste’molchilarning brenddan xabardorlik holatiga ko‘ra, turli segment xususiyatlariga mos keluvchi marketing strategiyalaridan foydalanish taklifi “O‘zavtosanoat” AJ faoliyatiga joriy etilgan (UzAuto Aksiyadorlik jamiyatining 2026-yil 1-maydagi № 20/04-25-0699-sonli ma’lumotnomasi). Taklif etilgan PLS-SEM modellashtirish natijalari asosida avtomobil bozorida mijozlarni segmentlash va brendni idrok etish darajasini oshirish bo‘yicha “UzAuto Motors” AJ faoliyati uchun strategik tavsiyalar ishlab chiqildi. Natijada, O‘zbekistonda “Chevrolet” brendini strategik pozisiyalash, dilerlik va servis tarmog‘ini, sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish tizimini aholining turli segmentlari xususiyatlariga moslashtirish, shuningdek raqamli kommunikatsiyalar va mijozlar bilan aloqalar bo‘yicha xizmat turlarini kengaytirishga qaratilgan strategik yo‘nalishlarni belgilab olish imkoniyati yaratildi;
Avtomobil sanoati korxonalarining strategik brend menejment tizimida raqamli brend menejmenti, yashil brending va integratsiyalashgan brend tajribasi yondashuvlarini yagona doirada birlashtiruvchi korporativ brend boshqaruvini institutsional tashkil etish, raqamli marketing ekotizimini joriy etish, ekomarketing va barqaror brend strategiyasini shakllantirish, integratsiyalashgan brend tajribasi markazlarini tashkil etish, mintaqaviy differensiatsiya brend strategiyasini amalga oshirish hamda innovatsion marketing dastaklarini joriy etish taklifi “O‘zavtosanoat” AJ va tizim korxonalari faoliyatiga joriy etilgan (UzAuto Aksiyadorlik jamiyatining 2026-yil 1-maydagi № 20/04-25-0699-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur takliflardan avtomobil sanoat korxonalari istiqbolda brending faoliyatlarini rivojlantirishning marketing vositalarini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha strategik maqsadlar belgilab olingan.
O‘zbekiston avtomobil bozoriga integratsiya qilinayotgan xorijiy avtomobil brendlarini brend menejment tizimi arxitekturasi mahalliy bozorlar uchun o‘ziga xos tasdiqlarini (identlarini) yaratish, raqamli marketing ekotizimini qurish, integratsiyalashgan brend tajribasidan foydalanishga qaratilgan yondashlardan “UzAuto Motors” AJ faoliyatida foydalanilgan (UzAuto Aksiyadorlik jamiyatining 2026-yil 1-maydagi № 20/04-25-0699-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida “Chevrolet” brendining identifikatsiyasi, raqamli marketing strategiyalari qayta ishlab chiqilgan. Natijada “Chevrolet” brendining O‘zbekistondagi bozor pozisiyasini yillik o‘rtacha 15 foizdan oshirish orqali iqtisodiy samaradorlikni ta’minlash asoslangan.
O‘zbekistonda strategik brend menejment strategiyalari asosida brend identifikatsiyasini shakllantirish, xalqaro sifat sertifikatsiyasi va standartlashtirishni joriy etish, eksport bozorlarini diversifikatsiya qilish, raqamli marketing tizimini shakllantirish va eksportga yo‘naltirilgan ekomarketing tizimlarini rivojlantirish asosida avtomobil eksportini rivojlanishining 2030-yilgacha bo‘lgan prognoz qiymatlari “O‘zavtosanoat” AJ faoliyatiga joriy etilgan. Mazkur prognoz parametrlaridan foydalanish asosida “O‘zavtosanoat” AJ tomonidan 2030-yilga qadar eksportni diversifikatsiya qilish orqali qo‘shimcha eksport bozorlarini shakllantirishga qaratilgan maqsadli choratadbirlarni belgilashda foydalanildi (UzAuto Aksiyadorlik jamiyatining 2026-yil 1-maydagi № 20/04-25-0699-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur prognoz parametrlaridan foydalanish asosida “UzAuto Motors” Aksiyadorlik jamiyatining 2030-yilda eksportni diversifikatsiya qilish orqali 40,5 mln AQSh dollari investisiya hisobiga 2,4 mlrd AQSh dollari qo‘shimcha eksport bozorini shakllantirish bo‘yicha maqsadli chora tadbirlar belgilashda foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish