Djuraev Ravshan Xurramovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda chorvachilik tarmog‘ining ahvoli va undagi o‘zgarishlar (1941-1991-yillar), “07.00.01 – O‘zbekiston tarixi”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V.2022.1.DSc/Tar216.
Ilmiy rahbar:Shadmanova Sanavar Bazarbaevna, tarix fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Tar.11.01
Rasmiy opponentlar: tarix fanlari doktori, professor Qabulov Eshbolta Otamuratovich, tarix fanlari doktori, professor, Xasanov Akram tarix fanlari doktori, professor , Xaydarov Izzatilla Mahmutalievich
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tizimli yondashuv asosida 1941–1991-yillarda O‘zbekiston SSRda chorva xo‘jaliklari faoliyati, undagi holat, rivojlanish dinamikasi va muammolari tarixini oshib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston SSR chorvachilik tarmog‘i Ikkinchi jahon urushi yillarida iqtisodiy-mobilizatsion rejim sharoitida chuqur inqirozga yuz tutgani, ayniqsa agrar sektorning strategik zahira bazasiga aylanishi sababli resurslarning markazlashtirilgan qayta taqsimlanishi, ishchi kuchining frontga safarbar qilinishi va logistika tizimining izdan chiqishi natijasida tarmoqda agrar tanazzul yuzaga kelganligi ilk bor kompleks tahlil qilindi. Shu bilan birga, urushdan keyingi davrda amalga oshirilgan majburiy-agroindustriyal rejalashtirish siyosati, agrar sektorni rekonstruksiya qilishda qabul qilingan institutsional yondashuvlar va ular samaradorligining hududiy tafovutlari aniqlangan;
Urushdan keyingi yillarda (1946–1950) chorvachilik sohasining intensiv rivojlanishini ta’minlash maqsadida amalga oshirilgan agrosiyosiy islohotlar, xususan, em-xashak resurslarini diversifikatsiya qilish, ekstensiv yaylovlardan foydalanishni intensivlashtirish siyosati, zooveterinariya xizmatlari tarmog‘ining shakllanishi va davlat nazorati ostidagi zoogigiena talablarini joriy etish kabi chora-tadbirlar ilk bor tarixiy-kartografik va statistik manbalar asosida tizimli o‘rganildi. Bu orqali sovxoz-kolxozlar tizimining chorvachilikdagi boshqaruv roli, tarmoqdagi agrar ixtisoslashuvning shakllanishi va makroiqtisodiy maqsadlar bilan uyg‘unlashganligi dalillangan;
1965-yildan boshlab boshlangan iqtisodiy islohotlar davrida chorvachilik sohasida bosqichma-bosqich amalga oshirilgan texnologik modernizatsiya, ya’ni mexanizatsiyalashgan chorva komplekslari barpo etilishi, agrosanoat integratsiyasi asosida go‘sht va sut mahsulotlarini qayta ishlash infratuzilmasining rivojlanishi, ilmiy-tadqiqot institutlari va zooveterinariya laboratoriyalarining tashkil etilishi tarmoqning ishlab chiqarish zanjirida yangi bosqich boshlanganligi, shuningdek, mazkur davrda yuzaga kelgan em-ta’minotdagi uzilishlar, ishchi kuchining malakasizligi, xizmat ko‘rsatish tizimidagi strukturaviy nomutanosibliklar agrar sohadagi tizimli muammolarning davom etganligi isbotlangan;
XX asrning 70–80-yillarida davlat tomonidan taqdim etilgan rasmiy hisobotlarda statistik manipulyasiyalar mavjudligi, hisobot ma’lumotlari bilan real holat o‘rtasidagi tafovutlarning ko‘plab hududlarda aniq qayd etilganligi asosida chorvachilik tarmog‘idagi axborot asimmetriyasi muammosi ochib berilib, xususiy chorva xo‘jaliklarining nisbatan barqarorligi, aholi tomonidan yuritilgan subagregat faoliyatlarning (ya’ni, kichik hajmdagi, rasmiylashtirilmagan chorva faoliyati) sovxoz va kolxozlar faoliyatiga nisbatan yuqori mahsuldorlik ko‘rsatganligi bozor iqtisodiyotiga o‘tish zaruriyatining ijtimoiy-iqtisodiy asosi sifatida dalillangan;
1980-yillarda chorvachilik tarmog‘ini isloh qilishga qaratilgan hukumat tashabbuslari, xususan agrobiotexnologik ilmiy markazlar, naslchilik stansiyalari va zooveterinariya laboratoriyalari tarmog‘ining kengaytirilishi o‘ziga xos innovatsion harakatlar sifatida baholangan bo‘lsa-da, ularning amaliyotga joriy etilish darajasi past bo‘lganligi, byurokratik to‘siqlar va moliyalashtirishdagi nomutanosibliklar sababli transformatsiya jarayonlari sekin kechganligi aniqlangan. Ushbu davrda boshlangan iqtisodiy differensiallashuv va mulkchilik shakllarining asta-sekin diversifikatsiyalanishi esa keyingi mustaqillik davrining institutsional zaminini shakllantirganligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “O‘zbekiston tarixi” telekanalining bir qancha ko‘rsatuvlarida mavzu yuzasidan olib borgan izlanishlar davomida erishgan ilmiy-nazariy xulosalari hamda takliflari, jumladan, ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekiston SSR chorvachilik tarmog‘i resurslarning harbiy ehtiyojlarga yo‘naltirilishi, ishchi kuchining frontga safarbar qilinishi va em-ta’minotning izdan chiqishi sababli jiddiy yo‘qotishlarga uchraganligi, yaylov va ozuqa etishmovchiligi natijasida chorva mahsuldorligi keskin kamayganligi, urushdan keyingi davr uchun xos bo‘lgan majburiy rejalashtirish, izdan chiqqan iqtisodiyotni qayta tiklashda qishloq xo‘jaligi, chorvachilikni rivojlantirish modelinining o‘ziga xos xususiyatiga oid xulosalardan ma’lumot sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «Ma’rifat» ijodiy birlashmasi» davlat muassasasining 2025-yil 22-apreldagi 01-30/253 – son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy etilishi sovet davri tarixini ilmiy asosda yoritish, davlat boshqaruvining ma’muriy-buyruqbozlik tizimiga asoslangan xususiyatlarini ochib berish, markaziy va hududiy hokimiyat o‘rtasidagi munosabatlarni tahlil qilish imkonini bergan.
O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi tashkilot doirasidagi konferensiyalar hamda davra suhbatlarini ilmiy asosda tashkil qilishda mavzu yuzasidan olib borgan izlanishlar davomida erishgan ilmiy-nazariy yangiliklari va takliflari, xususan, XX asrning 70–80-yillarida davlat tomonidan taqdim etilgan rasmiy hisobotlarda statistik manipulyasiyalar mavjudligi, hisobot ma’lumotlari bilan real holat o‘rtasidagi tafovutlarning ko‘plab hududlarda aniq qayd etilganligi asosida chorvachilik tarmog‘idagi axborot asimmetriyasi muammosi ochib berilib, xususiy chorva xo‘jaliklarining nisbatan barqarorligi, aholi tomonidan yuritilgan subagregat faoliyatlarning (ya’ni, kichik hajmdagi, rasmiylashtirilmagan chorva faoliyati) sovxoz va kolxozlar faoliyatiga nisbatan yuqori mahsuldorlik ko‘rsatganligi bozor iqtisodiyotiga o‘tish zaruriyatining ijtimoiy-iqtisodiy asosi sifatida ko‘rsatilganligi;
1980-yillarda chorvachilik tarmog‘ini isloh qilishga qaratilgan hukumat tashabbuslari, xususan agrobiotexnologik ilmiy markazlar, naslchilik stansiyalari va zooveterinariya laboratoriyalari tarmog‘ining kengaytirilishi o‘ziga xos innovatsion harakatlar sifatida baholangan bo‘lsa-da, ularning amaliyotga joriy etilish darajasi past bo‘lganligi, byurokratik to‘siqlar va moliyalashtirishdagi nomutanosibliklar sababli transformatsiya jarayonlari sekin kechganligi aniqlangan. Ushbu davrda boshlangan iqtisodiy differensiallashuv va mulkchilik shakllarining asta-sekin diversifikatsiyalanishi esa keyingi mustaqillik davrining institutsional zaminini shakllantirganligi asoslanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalangan (O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasining 2025-yil 30-apreldagi ma’lumotnomasi). Olingan natijalar sovet davri xalq xo‘jaligida chorvachilik tarmog‘ining ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash imkonini bergan.
Shuningdek, dissertatsiyaning ilmiy yangiliklari va yutuqlaridan Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondiga qarashli muzeylarni eksponatlarini boyitish maqsadida foydalanilgan. Xususan, O‘zbekiston SSR chorvachilik tarmog‘i Ikkinchi jahon urushi yillarida iqtisodiy-mobilizatsion rejim sharoitida chuqur inqirozga yuz tutgani, ayniqsa agrar sektorning strategik zahira bazasiga aylanishi sababli resurslarning markazlashtirilgan qayta taqsimlanishi, ishchi kuchining frontga safarbar qilinishi va logistika tizimining izdan chiqishi natijasida tarmoqda agrar tanazzul yuzaga kelganligi ilk bor kompleks tahlil qilindi. Shu bilan birga, urushdan keyingi davrda amalga oshirilgan majburiy-agroindustriyal rejalashtirish siyosati, agrar sektorni rekonstruksiya qilishda qabul qilingan institutsional yondashuvlar va ular samaradorligining hududiy tafovutlari aniqlanganligi, urushdan keyingi besh yillikda (1946–1950) chorvachilik sohasining intensiv rivojlanishini ta’minlash maqsadida amalga oshirilgan agrosiyosiy islohotlar, xususan, em-xashak resurslarini diversifikatsiya qilish, ekstensiv yaylovlardan foydalanishni intensivlashtirish siyosati, zooveterinariya xizmatlari tarmog‘ining shakllanishi va davlat nazorati ostidagi zoogigiena talablarini joriy etish kabi chora-tadbirlar ilk bor tarixiy-kartografik va statistik manbalar asosida tizimli o‘rganildi. Bu orqali sovxoz-kolxozlar tizimining chorvachilikdagi boshqaruv roli, tarmoqdagi agrar ixtisoslashuvning shakllanishi va makroiqtisodiy maqsadlar bilan uyg‘unlashganligi, 1965-yildan boshlab boshlangan iqtisodiy islohotlar davrida chorvachilik sohasida bosqichma-bosqich amalga oshirilgan texnologik modernizatsiya, ya’ni mexanizatsiyalashgan chorva komplekslari barpo etilishi, agrosanoat integratsiyasi asosida go‘sht va sut mahsulotlarini qayta ishlash infratuzilmasining rivojlanishi, ilmiy-tadqiqot institutlari va zooveterinariya laboratoriyalarining tashkil etilishi tarmoqning ishlab chiqarish zanjirida yangi bosqich boshlanganligi, shuningdek, mazkur davrda yuzaga kelgan em-ta’minotdagi uzilishlar, ishchi kuchining malakasizligi, xizmat ko‘rsatish tizimidagi strukturaviy nomutanosibliklar agrar sohadagi tizimli muammolarning davom etganligi, XX asrning 70–80-yillarida davlat tomonidan taqdim etilgan rasmiy hisobotlarda statistik manipulyasiyalar mavjudligi, hisobot ma’lumotlari bilan real holat o‘rtasidagi tafovutlarning ko‘plab hududlarda aniq qayd etilganligi asosida chorvachilik tarmog‘idagi axborot asimmetriyasi muammosi ochib berilib, xususiy chorva xo‘jaliklarining nisbatan barqarorligi, aholi tomonidan yuritilgan subagregat faoliyatlarning (ya’ni, kichik hajmdagi, rasmiylashtirilmagan chorva faoliyati) sovxoz va kolxozlar faoliyatiga nisbatan yuqori mahsuldorlik ko‘rsatganligi bozor iqtisodiyotiga o‘tish zaruriyatining ijtimoiy-iqtisodiy asosi sifatida ko‘rsatilganligi, 1980-yillarda chorvachilik tarmog‘ini isloh qilishga qaratilgan hukumat tashabbuslari, xususan agrobiotexnologik ilmiy markazlar, naslchilik stansiyalari va zooveterinariya laboratoriyalari tarmog‘ining kengaytirilishi o‘ziga xos innovatsion harakatlar sifatida baholangan bo‘lsa-da, ularning amaliyotga joriy etilish darajasi past bo‘lganligi, byurokratik to‘siqlar va moliyalashtirishdagi nomutanosibliklar sababli transformatsiya jarayonlari sekin kechganligi aniqlangan. Ushbu davrda boshlangan iqtisodiy differensiallashuv va mulkchilik shakllarining asta-sekin diversifikatsiyalanishi esa keyingi mustaqillik davrining institutsional zaminini shakllantirganligi asoslangan (Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondining 2025-yil 28-noyabrdagi №01-59 sonli ma’lumotnomasi). Bu sovet davri tarixini ilmiy asosda yoritish, xo‘jalik boshqaruvining xususiyatlarini ochib berish, markaziy va hududiy hokimiyat o‘rtasidagi munosabatlarni tahlil qilishga xizmat qilish imkonini bergan.