Krivorotov  Valeriy  Fedorovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Superionli triftoridlarda LnF3 (Ln – La, Ce, Pr) kooperativ jarayonlar va ichki harakatlanishning strukturaviy va dinamik parametrlari», 01.04.03–Molekulyar fizika va issiqlik fizikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/FM137.
Ilmiy maslahatchi: Mirzaev Sirojiddin Zaynievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti huzuridagi DSc.30.05.2018.FM./T.65.01 raqamli ilmiy asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Mamadalimov Abdugafur Tishabaevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik; Oksengendler Boris Leonidovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Ibragimova El`vira Memetovna, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot:   Fizika-texnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: keng temperaturalar intervalida anomal intensiv ichki harakat mexanizmini va asosiy qonuniyatlarini va LaF3 struktura turdagi superion kristallarning «kvazi-suyuq» panjaralaridagi zarralararo (kooperativ) o‘zaro ta’sir mexanizmini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor yacheyka ichida ionlar ko‘chishi bilan bog‘liq parametrlarning haqiqiy qiymatlarini ifodalovchi, «kvazi-suyuq» panjaradagi faollashtiruvchi jarayonlar energetik parametlarini tavsiflovchi model   ishlab chiqilgan;
ilk bor yorug‘lik sochilishinig tajriba va modelli hisoblashlar ma’lumotlariga asosan, LnF3 kristallari DE (T <Ts) va SI (T ≥Ts) fazalarida mos ravishda anionli panjaraning tartibsizlanish aktivatsiya energiyalari (Ea)  va potensial bar`erlar  (Em) qiymatlari aniqlangan;
ilk bor fazaviy o‘tishlar sohasida kvazielastik yorug‘lik sochilishi ma’lumotlari asosida SI LnF3 kristallari uchun har xil turdagi ftor ionlarining ko‘chishi uchun ionlar harakat yashash vaqti (0,13–0,67)•10-11 s, (0,20–1,27)•10-12 s va (0,56–1,27)•10-13 s aniqlangan;
ilk bor dipol-dipol yaqinlashishda nuqtaviy Frenkel nuqsonlar o‘zaro ta’sirini o‘zida ifoda etuvchi model ishlab chiqilgan;
ilk bor avval tajribada kuzatilmagan optik effekt ya’ni lazer nurlari bir jinsli qizdirilmagan LnF3 namunasi orqali o‘tganda yuqori qizigan sohadan kamroq qizigan sohaga yo‘nalgan yuguruvchi qorong‘i va yorug‘ polosalar (to‘lqinlar) ko‘rinishidagi difraksion manzara aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Superionli triftoridlarda LnF3 (Ln – La, Ce, Pr) kooperativ jarayonlar va ichki harakatlanishning strukturaviy va dinamik xususiyatlarini aniqlash asosida:
harakatlanuvchi ftor ionlar konsentratsiyasining harorat dinamikasi haqidagi tajriba natijalari A14-F024 raqamli «Berilgan xususiyatlarga ega optik qoplamalarni yaratish uchun katta Quyosh pechida nanokompozitli materiallar ishlab chiqarish texnologiyasini ishlab chiqish» loyihasida quyoshli elementlarda anti aks ettiruvchi qoplamalarni olishdagi tadqiqotlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2019 yil 25 iyuldagi 2/1255-2049-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish kompozit nanomateriallarga asoslangan anti aks ettiruvchi qoplamalarni  ishlatishda plastmassa uchun nurlanishni 4,7% ga va shishali asoslar uchun 2,2 % ga oshirishga hamda quyosh batareyalarning FIKni oshirish imkonini bergan;
harakatchan ionlarning o‘z-o‘zini tashkil etish modeli va bir xilda qizdirilmagan kristall panjaralarda ionlarning ommaviy mikroko‘chishlari orqali ortiqcha issiqlik energiyasi hisoblash natijalari OT–F-2–061 raqamli «Yarimo‘tkazgichlardagi va o‘lchamli kvant o‘ralardagi qutbli fotogalvanik effektlar» loyihasida turli xil panjara konfiguratsiyasiga ega bo‘lgan ionlar massivida mobil ionning energiya parametrlarini modelli hisoblashlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta ta’lim vazirligining 2019 yil 29 iyuldagi 89-03-2835-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish turli xil panjara konfiguratsiyasiga ega bo‘lgan ionlar massivida mobil ionning energiya parametrlarini o‘rganish chegaralarini kengaytirishga imkon bergan;
issiqlik uzatishni tavsiflashdagi yangi yondashuv va solishtirma issiqlik sig‘imining haroratga bog‘liqligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar xorijiy jurnallarda (Physics of the Solid State, 44, 2002, 1085—1092, IF=0,95; Physics of the Solid State, 45, 2003, 2093—2098, IF=0,95; Physics of the Solid State, 46, 2004, 1933—1934, IF=0,95) yangi nazariy yondashuvlarni sinab ko‘rish, metastabil optik yutilish va tetraborat litiy Li2B4O7 kristallarining lyuminessensiya qonuniyatlarini aniqlash, LiCuVO4 kristalldagi superionli ko‘chish mavjudligini o‘rnatish va LiCuVO4 superion kristalldagi issiqlik sig‘imini o‘zgarishi bo‘yicha yangi eksperimental ma’lumotlarni olish uchun qo‘llanilgan. Ilmiy natijalardan foydalanish Li2B4O7 litiy tetraborat kristallarining metastabil optik yutilishi va lyuminessensiyasining yangi qonuniyatlarini o‘rnatishga, LiCuVO4 kristallda superionli ko‘chishning mavjudligini o‘rnatishga va superionli LiCuVO4 kristallning issiqlik sig‘imi o‘zgarishi bo‘yicha yangi tajribaviy ma’lumotlarini olishga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish