Umarova Nilufar Abdukaxor qizining

fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): To‘qimachilik sanoati korxonalarida raqobatbardoshlikni boshqarish metodologiyasini takomillashtirish, 08.00.13 –Menejment
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.DSc/Iqt1297
Ilmiy maslahatchi: Madraximova Gulasal Ro‘zimboy qizi iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti, DSc.10/2025.27.12.I.01.09
Rasmiy opponentlar: Saidov Mash’al Samadovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xakimov Ziyodulla Axmadovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Irisbekova Mavluda Narinbaevna iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi to‘qimachilik sanoati korxonalarida raqobatbardoshlikni boshqarish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
to‘qimachilik sanoati korxonalarida raqobatbardoshlikni boshqarish samaradorligini baholash tizimi strategik moslashuv, qiymat zanjirini boshqarish, tashkiliy qobiliyat, resurslarni strategik taqsimlash va institutsional barqarorlik konturlari bo‘yicha omillar, mezonlar hamda indikatorlarning funksional bog‘liqligi asosida shakllantirilgan;
to‘qimachilik sanoati korxonalarida raqobatbardoshlikni boshqarishning integratsiyalashgan tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi strategik qarorlar, funksional muvofiqlashuv, resurslar transformatsiyasi va raqobat ustunligini shakllantiruvchi boshqaruv konturlarining o‘zaro bog‘liqligi asosida ishlab chiqilgan;
to‘qimachilik sanoati korxonalarida raqobatbardoshlikni boshqarish mexanizmi samaradorligini baholashning iqtisodiy-matematik modeli funksional muvofiqlik koeffitsientlari (K₁–K₆), funksional muvofiqlik indeksi (FCI) va raqobat ustunligini shakllantiruvchi tashkiliy-iqtisodiy konturlarni integral baholash asosida takomillashtirilgan;
raqobatbardoshlikni boshqarish mexanizmi samaradorligini aniqlash uslubi funksional konturlar muvofiqligining integral indeksi hamda (0,00–0,29) oralig‘ida tizimli nomutanosiblik, (0,30–0,44) kritik uzilish, (0,45–0,59) funksional deformatsiya, (0,60–0,74) qisman muvofiqlik, (0,75–0,89) barqaror muvofiqlik va (0,90–1,00) yuqori funksional muvofiqlik holatlarini ifodalovchi diagnostik shkala asosida ishlab chiqilgan;
to‘qimachilik tarmog‘i raqobatbardoshligini boshqarish mexanizmining shakllanishi va rivojlanish darajasini funksional konturlar harakati, resurslarning qiymat yaratish jarayonlariga o‘tishi, qiymat zanjiri muvofiqlashuvi va funksional uzilishlarning yig‘ilish darajasini integral aks ettiruvchi iqtisodiy-matematik model ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
To‘qimachilik sanoati korxonalarida raqobatbardoshlikni boshqarish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
to‘qimachilik korxonalarida raqobatbardoshlikni boshqarish samaradorligini baholash tizimini strategik moslashuv, qiymat zanjirini boshqarish, tashkiliy qobiliyat, resurslarni strategik taqsimlash va institutsional barqarorlik konturlari bo‘yicha 24 omil, 5 mezon va 10 indikatorning funksional bog‘liqligi asosida shakllantirish bo‘yicha taklif «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tomonidan tarmoq korxonalarini baholash amaliyotiga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2026-yil 29-iyundagi 01/06-941-son ma’lumotnomasi). Natijada korxonalar bo‘limlar ichidagi ko‘rsatkichlar bilan bir qatorda bo‘limlar orasidagi olti o‘tishni o‘lchash imkoniyatiga ega bo‘lgan, «Osborn tekstil» MChJ da 2025-yil holatiga muvofiqlik koeffitsientlari 0,180 dan 0,990 gacha tarqalgani va integral indeks 0,575 ga tengligi aniqlangan, eksport tarkibida tayyor mahsulot ulushining 36,5 foizdan 54,3 foizga o‘sishi fonida uzilishning K4 va K6 o‘tishlarda to‘planganligi ko‘rsatilgan;
raqobatbardoshlikni boshqarishning integratsiyalashgan tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini strategik qarorlar, funksional muvofiqlashuv, resurslar transformatsiyasi va raqobat ustunligini shakllantiruvchi to‘rt blok hamda instrumentlar portfelini byudjet cheklovida tanlash qoidalari asosida joriy etish bo‘yicha taklif uyushma tarkibidagi korxonalarning rivojlanish dasturlarida qo‘llanilgan (01/06-941-son ma’lumotnoma). Natijada «Osborn tekstil» MChJ uchun xarajatning 1,9 foiziga teng 6,0 milliard so‘mlik mavsumiy portfel integral indeksni 0,575 dan 0,737 ga, ya’ni 28 foizga oshirishi, xarajat rentabelligini 14,2 foizdan 27,7 foizga ko‘tarishi va portfelning birinchi mavsumda o‘zini oqlashi, tikuv korxonasi uchun 2,0 milliard so‘mlik portfel indeksni 0,841 dan 0,883 ga oshirishi hisoblangan;
raqobatbardoshlikni boshqarish mexanizmi samaradorligini baholashning funksional muvofiqlik koeffitsientlari (K₁–K₆) va funksional muvofiqlik indeksiga (FCI) asoslangan iqtisodiy-matematik modeli tarmoq korxonalarini baholash amaliyotiga joriy etilgan (01/06-941-son ma’lumotnoma). Natijada ip korxonasida 2022-yildan 2025-yilgacha narx ustamasi o‘tishining 0,922 dan 0,180 gacha tushgani, umumiy uzilishning 0,302 dan 0,553 gacha o‘sgani va uning 52 foizi K4 o‘tishga to‘g‘ri kelishi aniqlangan, additiv baho bilan taqqoslaganda modelning zaif bo‘g‘inni yashirmasligi, ya’ni 0,662 o‘rniga 0,575 berishi ko‘rsatilgan;
raqobatbardoshlikni boshqarish mexanizmi samaradorligini olti holatli diagnostik shkala asosida aniqlash uslubi tarmoq korxonalari monitoringiga joriy etilgan (01/06-941-son ma’lumotnoma). Natijada shkala chegaralari umumiy uzilishning 0,105; 0,288; 0,511; 0,799 va 1,204 qiymatlari orqali asoslangan, «Osborn tekstil» 2021–2022-yillarda qisman muvofiqlik, 2023–2025-yillarda funksional deformatsiya holatida, tikuv korxonasi 2020-yildagi kritik uzilishdan 2025-yilda barqaror muvofiqlik holatiga o‘tgani aniqlangan, holat zonasiga boshqaruv rejimi va mexanizm bloki biriktirilgan;
korxonaning funksional holati va qiymat zanjiridagi o‘rniga ko‘ra differensiallashgan takomillashtirish yo‘nalishlari («holat–o‘tish–instrument» matritsasi) hamda davlat qo‘llab-quvvatlashini uzilish tuzilmasiga yo‘naltirish qoidasi uyushma va tarmoq korxonalari amaliyotiga tatbiq etilgan (01/06-941-son ma’lumotnoma). Natijada bir xil hajmdagi qo‘llab-quvvatlash zaif o‘tishlarga yo‘naltirilganda integral indeksni 0,718 gacha, bir xil taqsimlanganda 0,646 gacha ko‘tarishi, institutsional qamrov indeksining 0,60 dan 2028-yilda 0,87 gacha, mato/ip nisbatining 0,55 dan 0,70 gacha o‘sishi asoslangan;
to‘qimachilik tarmog‘i raqobatbardoshligini boshqarish mexanizmining rivojlanish darajasini konturlar harakati, resursning qiymatga o‘tishi, zanjir muvofiqlashuvi va uzilishlar yig‘ilishini integral aks ettiruvchi iqtisodiy-matematik model tarmoq korxonalari faoliyatini tahlil qilish amaliyotiga joriy etilgan (01/06-941-son ma’lumotnoma). Natijada model «Osborn tekstil» ning 2020–2025-yillar qatorida 9,5 foiz bir qadamli xato bilan kalibrlangan, K4 o‘tishning ip narxi shokiga sezgirligi 2,41, K6 ning daromad shokiga sezgirligi 1,32 ga teng ekani aniqlangan, 2026–2030-yillar uchun portfel va institutlar ssenariysida integral indeks 0,937 ga, daromad 365 dan 549 milliard so‘mgacha, rentabellik 32 foizgacha o‘sishi, tarmoq darajasida bir tonna tolaga eksportning 2,59 dan 3,07 ming dollargacha ko‘tarilishi prognoz qilingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish