Razikov Ulug‘bek Zaripovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Davlat ishtirokidagi korxonalarning aksiyalarini ommaviy joylashtirish orqali xususiylashtirish amaliyotini takomillashtirish”, 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4110.
Ilmiy rahbar: Zaxidov G‘ofurjon Erkinovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc. 03/2025.27.12.I.23.01.
Rasmiy opponentlar: Muxamedov Farxod Tursunbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xoshimov Akrom Abdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent xalqaro universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi davlat ishtirokidagi korxonalarning aksiyalarini ommaviy joylashtirish orqali xususiylashtirish amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy asoslangan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
davlat ishtirokidagi korxonalarning aksiyalarini birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) ommaviy taklifi o‘tkazish jarayonida investorlar buyurtmalarini qabul qilish “Toshkent” Respublika fond birjasi savdo maydonchasiga integratsiya qilingan “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali qabul qilish taklifi ishlab chiqilgan;
davlat ishtirokidagi korxonalarning aksiyalarini ommaviy savdolarga chiqarish jarayoniga xalqaro va mahalliy professional konsultantlarni jalb qilish orqali aksiyalarni dastlabki bozor qiymati chegaralarini aniqlash taklifi ishlab chiqilgan;
mahalliy fond bozorida aksiyalarning birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) ommaviy taklifini o‘tkazish doirasida davlat ishtirokidagi yirik korxonalarning aksiyalarini “bitta aksiya – bitta lot” tamoyili asosida amalga oshirish bo‘yicha taklifi asoslangan;
davlat ishtirokidagi korxonalarning aksiyalarini ommaviy joylashtirishni amalga oshirishda qimmatli qog‘ozlar bozoridagi aksiyalarining qiymati o‘sishini ARDL avtoregressiv taqsimlangan lag (Autoregressive Distributed Lag) kointegratsiya modeli asosida 2030-yilga qadar prognoz aniqlash ko‘rsatkichlarini aniqlash bo‘yicha taklif ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Davlat ishtirokidagi korxonalarning aksiyalarini ommaviy joylashtirish orqali xususiylashtirish amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar asosida:
davlat ishtirokidagi korxonalarning aksiyalarini birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) ommaviy taklifi o‘tkazish jarayonida investorlar buyurtmalarini qabul qilish “Toshkent” Respublika fond birjasi savdo maydonchasiga integratsiya qilingan “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali qabul qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2025-yil 29-maydagi 01/08-1-10/509-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyaning joriy etilishi natijasida “O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning mahalliy fond bozorida aksiyalari ikkilamchi ommaviy taklifini (SPO) o‘tkazish orqali 3 326 031 dona aksiyasi 42,9 mlrd so‘m miqdorida sotilishiga erishilgan;
davlat ishtirokidagi korxonalarning aksiyalarini ommaviy savdolarga chiqarish jarayoniga xalqaro va mahalliy professional konsultantlarni jalb qilish orqali aksiyalarni dastlabki bozor qiymati chegaralarini aniqlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2025-yil 29-maydagi 01/08-1-10/509-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi natijasida davlat ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining savdo hajmi ortishiga va aksiyalarining bozor qiymatini belgilash hamda aksiyalarning maksimum
va minimum bozor qiymati chegarasini aniqlash ikonini bergan;
mahalliy fond bozorida aksiyalarning birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) ommaviy taklifini o‘tkazish doirasida davlat ishtirokidagi yirik korxonalarning aksiyalarini “bitta aksiya – bitta lot” tamoyili asosida amalga oshirish bo‘yicha taklifi “Toshkent” Respublika fond birjasi aksiyadorlik jamiyati tomonidan joriy etilgan (“Toshkent” Respublika fond birjasi aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil 3-noyabrdagi 01/13-07-95-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyaning joriy etilishi natijasida davlat ishtirokidagi korxonalarning aksiyalarini ommaviy joylashtirish orqali qimmatli qog‘ozlar savdo tizimini rivojlantirishga, investorlarning yirik miqdorda aksiyalar paketini sotib olishiga, davlat aktivlarini kapital bozori orqali samarali xususiylashtirishga hamda fond bozori infratuzilmasini yanada rivojlantirishga erishilgan;
davlat ishtirokidagi korxonalarning aksiyalarini ommaviy joylashtirishni amalga oshirishda qimmatli qog‘ozlar bozoridagi aksiyalarining qiymati o‘sishini ARDL avtoregressiv taqsimlangan lag (Autoregressive Distributed Lag) kointegratsiya modeli asosida 2030-yilga qadar prognoz aniqlash ko‘rsatkichlarini aniqlash bo‘yicha taklif “Toshkent” Respublika fond birjasi aksiyadorlik jamiyati tomonidan joriy etilgan (“Toshkent” Respublika fond birjasi aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil 3-noyabrdagi 01/13-07-95-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyaning joriy etilishi natijasida davlat ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining bozor qiymati o‘sishini prognozlash, ularning real bozor qiymatini aniqlash hamda investorlar tomonidan investisiya qarorlarini qabul qilish imkoniyatlarini baholash samaradorligini oshirishga erishilgan.