Saidov Sharofiddin Abdug‘anievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Yangi O‘zbekistonda davlat-xususiy sheriklik asosida jamoat xavfsizligini ta’minlashning huquqiy asoslarini takomillashtirish”, “12.00.14 – Huquqbuzarliklar profilaktikasi. Jamoat xavfsizligini ta’minlash. Probatsiya faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B 2025.1.PhD/Yu1867.
Ilmiy maslahatchi: Rustambaev Mirzayusup Xakimovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi Universiteti DSc. 25/2025.27.12.Yu.01.02.
Rasmiy opponentlar: Choriev Murod Shokirjonovich, yuridik fanlar doktori, professor; Sharipov Sanjar Sobirovich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi davlat-xususiy sheriklik asosida jamoat xavfsizligini ta’minlashning huquqiy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan xulosa, taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“davlat-xususiy sheriklik” tushunchasiga “davlat sherigi va xususiy sherikning muayyan muddatga yuridik jihatdan rasmiylashtirilgan, davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun o‘z resurslarini birlashtirishiga asoslangan hamkorligi” mazmunida mualliflik ta’rifi ishlab chiqilgan;
davlat-xususiy sheriklik sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari sifatida mavjud ijtimoiy infratuzilmani shakllantirishga, tiklashga, undan foydalanishga, uni saqlashga ko‘maklashish, xususiy sektorning moliyaviy mablag‘larini, shu jumladan xorijiy investisiyalarni jalb etishni ta’minlaydigan shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, davlat-xususiy sheriklikning institutsional-huquqiy asoslarini rivojlantirish va takomillashtirish uchun ilmiy tadqiqotlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy uslublar va texnologiyalarni joriy etish kabilarni belgilash zarurati asoslab berilgan;
davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimning davlat sherigini “qonunchilikka va davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim shartlariga rioya etilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish doirasida aniqlangan huquqbuzarliklar bartaraf etilishini talab qilishga, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik loyihasi bo‘yicha xususiy sherik aybi bilan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim doirasida yuzaga kelgan zararlarning o‘rnini qoplashni talab qilish bilan bog‘liq huquq va majburiyatlarini belgilash zarurati asoslab berilgan;
taraflar davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimni davlat sherigining qaroriga muvofiq “davlatning mudofaa qobiliyatini va xavfsizligini ta’minlashda” to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish asosida tender o‘tkazmasdan tuzishi mumkinligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Davlat-xususiy sheriklik asosida jamoat xavfsizligini ta’minlashni huquqiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“davlat-xususiy sheriklik” tushunchasiga “davlat sherigi va xususiy sherikning muayyan muddatga yuridik jihatdan rasmiylashtirilgan, davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun o‘z resurslarini birlashtirishiga asoslangan hamkorligi” mazmunida berilgan mualliflik ta’rifidan O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 22-yanvardagi “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida”gi O‘RQ-669-son Qonunning 2-moddasi 2-bandi (“Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonunining 3-moddasini ikkinchi xatboshisi)ni shakllantirishda (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 10-fevraldagi 3/dn-20-son dalolatnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etilishi “davlat-xususiy sheriklik” tushunchasi doirasini belgilab berishga xizmat qilgan;
davlat-xususiy sheriklik sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari sifatida mavjud ijtimoiy infratuzilmani shakllantirishga, tiklashga, undan foydalanishga, uni saqlashga ko‘maklashish, xususiy sektorning moliyaviy mablag‘larini, shu jumladan xorijiy investisiyalarni jalb etishni ta’minlaydigan shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, davlat-xususiy sheriklikning institutsional-huquqiy asoslarini rivojlantirish va takomillashtirish uchun ilmiy tadqiqotlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy uslublar va texnologiyalarni joriy etish” kabilarni belgilash yuzasidan takliflari O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonunining 10-moddasini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 10-fevraldagi 3/dn-20-son dalolatnomasi) Ushbu taklifni amaliyotga joriy etilishi davlat-xususiy sheriklik sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilab berishga xizmat qilgan;
davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimning davlat sherigini “qonunchilikka va davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim shartlariga rioya etilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish doirasida aniqlangan huquqbuzarliklar bartaraf etilishini talab qilishga, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik loyihasi bo‘yicha xususiy sherik aybi bilan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim doirasida yuzaga kelgan zararlarning o‘rnini qoplashni talab qilish” bilan bog‘liq huquq va majburiyatlarini belgilash yuzasidan takliflari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 22-yanvardagi “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida”gi O‘RQ-669-son Qonunning 2-moddasi 7-bandi (“Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonunining 14-moddasi 4-5-xatboshilari) shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 10-fevraldagi 3/dn-20-son dalolatnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etilishi davlat sherigini huquq va majburiyatlarini belgilab berishga xizmat qilgan;
taraflar davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimni davlat sherigining qaroriga muvofiq “davlatning mudofaa qobiliyatini va xavfsizligini ta’minlashda” to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish asosida tender o‘tkazmasdan tuzishi mumkinligini belgilash yuzasidan takliflari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 22-yanvardagi “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida”gi O‘RQ-669-son Qonunning 2-moddasi 14-bandi (“Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonunining 25-moddasini 2-xatboshi)ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 10-fevraldagi 3/dn-20-son dalolatnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etilishi davlat sherigining qaroriga muvofiq davlatning mudofaa qobiliyatini va xavfsizligini ta’minlashda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish asosida tender o‘tkazmasdan tuzishi mumkinligini belgilab berishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish