Qanaatov Esimqan Elsuer ulining

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xorazm sivilizatsiyasi kontekstida Janubi-sharqiy Ustyurt yodgorliklari (IX-XIV asrlar)”, 07.00.01 – “O‘zbekiston tarixi”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.3.DSc/Tar225
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Abdullaeva Yaxshibeka Atamuratovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, ilmiy kengash raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti. DSc.03/2025.27.12.Tar.04.04
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi, unvoni: Masharipov Qudrat Yuldashevich, tarix fanlari doktori (DSc), professor; Suleymanov Rustam Xamidovich, tarix fanlari doktori, professor; Matyakubov Xamdam Xamidjanovich, tarix fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Etakshi tashkilot: O‘zR FA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti Tarix bo‘limi.
II. Tadqiqotning maqsadi: Janubi-Sharqiy Ustyurtdagi IX-XIV asrlardagi tarixiy-madaniy yodgorliklarning ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlardagi o‘rnini, bajargan vazifasini, tarixini ochib berishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Ustyurtning o‘rta asrlarda Sharqiy Evropa, Markaziy Osiyo, Xorazm va Kavkaz o‘rtasidagi savdo va madaniy almashinuv yo‘nalishlaridagi strategik o‘rni tahlil qilinib, uning ilgari ayni darajada baholanmagan O‘rta Osiyo-Xorazm-Kaspiy-Xazar savdo yo‘lidagi tranzit funksiyasi hamda Xorazmni O‘g‘uzlar poytaxti Jankent bilan bog‘lovchi «Jand yo‘li» nomli uchinchi yirik karvon yo‘lining topografik joylashuvi va strategik ahamiyati aniqlandi.
Xabar berish minoralarining (Ding) asosiy vazifasi faqat mudofaa emas, balki Xorazm-Jand yo‘lidagi karvonlar uchun xavfsizlikni ta’minlovchi logistik navigatsiya tizimi ekanligi isbotlandi.
Ustyurtdagi memorial me’morchilik (sag‘ana, to‘rtquloq va h.) XIV asrdagi Xorazm g‘ishtli arxitekturasining texnologik transferi natijasi ekanligi va bu Ustyuotdagi maqbaralarda o‘xshashligida ko‘rinishi oydinlashtirildi.
Xorazm davlatining Ustyurtda uzluksiz karvon yo‘llarini ta’minlash uchun katta muhandislik salohiyatini safarbar etgani va bu jarayonga mahalliy ko‘chmanchi qabilalar ham jalb etilgani, bunga ular yashagan hududlardan topilgan dafn marosimlari, tamg‘alar kabi moddiy dalillar asos bo‘lib, savdo inshootlari aynan mazkur hamkorlik negizida barpo etilgani ilmiy jihatdan oydinlashtirildi.
Ov inshootlari – aranlarning aynan kamon o‘qsimon emas, balki buyrak va bog‘lama shakllaridagi morfologik tipologiyasi, shuningdek ularning iqtisodiy va semiotik ahamiyati, ya’ni ov vositasi sifatidagi o‘rnidan tashqari ko‘chmanchi jamiyatlarning ekologik etikasi va tabiat bilan uyg‘unligini ifodalovchi ma’nosi ochildi va isbotlandi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamyati: Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati unda Ustyurtning IX-XIV asrlar tarixi va madaniy merosini chuqurroq anglashga xizmat qilishi hamda tarix, arxeologiya va etnografiya sohasidagi ilmiy yo‘nalishlar uchun yangi manba sifatida foydalanish mumkinligi bilan belgilanadi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati shundaki, dissertatsiyada taklif etilgan bir qator qoida va ishlanmalardan Orol-Kaspiy hududining o‘rta asrlar tarixi bo‘yicha umumlashtiruvchi ilmiy ishlar yaratishda, oliy o‘quv yurtlarining tarix fakul’tetlari talabalari uchun maxsus kurslar tayyorlashda, ilmiy-ommabop nashrlar va muzey ishlarida, shuningdek, arxeologik yodgorliklarni restavratsiya qilish va muzeylashtirish hamda turistik marshrutlarni yaratish bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqishda ham foydalanish mumkin.
Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat: Janubi-Sharqiy Ustyurtdagi IX-XIV asrlarga oid tarixiy-madaniy yodgorliklarning hujjatlashtirilgan va tizimlashtirilgan ma’lumotlari arxeologiya, tarix va madaniy merosni muhofaza qilish sohalarida qo‘llaniladi;
Yodgorliklar bilan bog‘liq mifologik tasavvurlar, urf-odatlar va xalq og‘zaki ijodi materiallarining o‘rganilishi madaniy turizm va etnoturizmni rivojlantirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi;
Tadqiqot natijalari o‘quv jarayonlarida, xususan, tarix va madaniyat sohalariga oid kurslar va o‘quv qo‘llanmalarini yaratishda foydalanilgan.
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi: IX-XIV asrlarda Janubi-Sharqiy Ustyurtdagi tarixiy-madaniy yodgorliklar tarixiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Ustyurtdagi tarixiy obidalar, asosan memorial me’morchilik namunalari (maqbara, sag‘ana, to‘rtquloq va h.) XIV asrdagi Xorazm g‘ishtli arxitekturasining texnologik transferi natijasi ekanligi va bu Ustyuotdagi maqbaralarda o‘xshashligida ko‘rinishi oydinlashtirilganligiga oid natijalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2022-2024 yillarga mo‘ljallangan ish rejasining bir qator bandlarining bajarilishini ta’minlashda nazariy-metodologik asos sifatida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2024 yil 7 oktyabrdagi 7-03/2122-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan ma’naviyat darslarida, yoshlarni vatanparvarlik, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ulari ruhida tarbiyalashda amaliy yordam bergan.
Ustyurtning o‘rta asrlarda Sharqiy Evropa, Markaziy Osiyo, Xorazm va Kavkaz o‘rtasidagi savdo va madaniy almashinuv yo‘nalishlaridagi strategik o‘rni tahlil qilinib, uning ilgari ayni darajada baholanmagan O‘rta Osiyo-Xorazm-Kaspiy-Xazar savdo yo‘lidagi tranzit funksiyasi hamda Xorazmni O‘g‘uzlar poytaxti Jankent bilan bog‘lovchi «Jand yo‘li» nomli uchinchi yirik karvon yo‘lining topografik joylashuvi va strategik ahamiyati aniqlanligiga oid natijalardan Qoraqalpog‘iston teleradiokanalining «Assolomu alaykum, Qoraqalpog‘iston» ko‘rsatuvi, «Talab va mas’uliyat», «Kunning mavzusi», «Sayohat va turizm» eshittiruvliri stsenariyini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining 2024 yil 7 oktyabrdagi 05-22/439-sonli ma’lumotnomasi).
Xabar berish minoralarining (Ding) asosiy vazifasi faqat mudofaa emas, balki Xorazm-Jand yo‘lidagi karvonlar uchun xavfsizlikni ta’minlovchi logistik navigatsiya tizimi ekanligi isbotlannalgigiga oid natijalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida ekoturizmni rivojlantirish va tabiiy hududlarni muhofaza qilish bo‘yicha amalga oshirilgan 2022 yilgi loyihada foydalanildi. (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024 yil 18 oktyabrdagi 01/18-3425-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Sudoch’e-Aqpetki buyurtma qo‘riqxonasida (tarixiy Urga qishlog‘ida) tarixiy yodgorliklar haqidagi ma’lumotlar plansheti o‘rnatildi
Dissertant Orolbo‘yi staroverlari va Qoraqalpog‘istondagi zardushtiylik madaniyatining izlari haqidagi ilmiy-tadqiqotlari bilan Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazining «Orolbo‘yi diniy va dinlararo bag‘rikenglik» loyihasida ishtirok etdi. Uning tadqiqotlari ushbu markazning ilmiy ishlariga kiritilib, «O‘zbekiston matbuoti» jurnalida «Qoraqalpog‘istondagi o‘rolliklar: ular qanday qilib o‘zligini saqlab qolgan?» nomli maqolasi chop etildi (Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazining 2024 yil 24 iyundagi 241-24-sonli ma’lumotnomasi). Dissertant ushbu loyihada kichik grant g‘olibi bo‘ldi.
Xorazm davlatining Ustyurtda uzluksiz karvon yo‘llarini ta’minlash uchun katta muhandislik salohiyatini safarbar etgani va bu jarayonga mahalliy ko‘chmanchi qabilalar ham jalb etilgani, bunga ular yashagan hududlardan topilgan dafn marosimlari, tamg‘alar kabi moddiy dalillar asos bo‘lib, savdo inshootlari aynan mazkur hamkorlik negizida barpo etilgani ilmiy jihatdan oydinlashtirilganiga oid natijalardan Islom tsivilizatsiyasi markazi tomonidan amalga oshirilgan «O‘zbek xonliklari davri» yo‘nalishidagi ilmiy-amaliy loyihada «Tamaddunlar kesishgan makon» loyihasini bajarishda foydalanildi (Islom tsivilizatsiyasi markazining 2025 yil 20 noyabrdagi 05-14/588-sonli ma’lumotnomasi). Dissertant ushbu loyihada grant g‘olibi bo‘ldi. Dissertantning mazkur loyiha doirasida amalga oshirgan ilmiy tadqiqoti (monografiyasi) Islom tsivilizatsiyasi markazining «O‘zbek xonliklari davri» ekspozisiyasi tarkibiga kiritildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish