Umarova Shaxnoza Keldiyor qizi

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Korxonalarda moliyaviy faoliyat hisobini takomillashtirish”, 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.PhD/Iqt4520.
Ilmiy rahbar: Urazov Komil Baxramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSc.03/2025.27.12.I.27.01
Rasmiy opponentlar: Boronov Bobur Farxodovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Misirov Kamoliddin Mamasabirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi korxonalarda moliyaviy faoliyatga doir operatsiyalar, xususan, qarz mablag‘lari, bank kreditlari, hisoblangan va to‘langan foizlar, dividendlar, valyuta kurs farqlari, moliyaviy ijara majburiyatlari hamda moliyaviy faoliyat natijalari hisobini takomillashtirish, ularni moliyaviy hisobotda shaffof va ishonchli aks ettirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: quyidagilardan iborat:
korxonalar moliyaviy faoliyati hisobini tashkil etishning konseptual modeli milliy va xalqaro hisob yondashuvlarini qiyosiy tahlil qilish, moliyaviy faoliyatni operatsion va investision faoliyatdan ajratish, shuningdek moliyaviy operatsiyalarni moliyalashtirish manbai, majburiyat muddati, valyuta belgisi, risk darajasi va moliyaviy natijaga ta’siri bo‘yicha tasniflash, tan olish, baholash, hisobda aks ettirish va hisobotda ochib berish mezonlarini integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
moliyaviy faoliyat bo‘yicha baholangan majburiyatlarni buxgalteriya hisobida alohida obekt sifatida aks ettirish mexanizmi 6850 - “Moliyaviy faoliyat bo‘yicha baholangan majburiyatlar” ishchi schotini joriy etish, ushbu majburiyatlarni moliyalashtirish manbalari, valyuta turlari, risklar va qoplash muddatlari kesimida analitik yuritish hamda ularni tan olish, baholash, qayta baholash, kamaytirish va hisobotda ochib berishning bosqichma-bosqich algoritmini qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
valyuta kurslari o‘zgarishidan yuzaga keladigan daromad va zararlarni hisobga olish tartibi ularning operatsion, investision va moliyaviy faoliyat turlariga tegishliligini aniqlash, ijobiy va salbiy kurs farqlarini faoliyatlar kesimida alohida aks ettirish hamda 9391, 9431, 9541, 9621, 9542 va 9622-sonli maxsus ishchi schotlarni qo‘llash orqali moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotning axborot shaffofligini oshirish asosida takomillashtirilgan;
korxonalar moliyaviy faoliyati natijalarini hisob va hisobotlarda uyg‘un aks ettirishga qaratilgan ichki boshqaruv hisobotlari tizimi moliyalashtirish manbalari, majburiyatlar harakati, qarz yuki dinamikasi, pul oqimlari va xususiy kapital o‘zgarishlari bo‘yicha tahliliy axborotni shakllantirish hamda buxgalteriya balansi, pul oqimlari va xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotlar o‘rtasidagi axborot bog‘liqligini ta’minlash asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Korxonalarda moliyaviy faoliyat hisobini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
korxonalar moliyaviy faoliyati hisobini tashkil etishning konseptual modeli milliy va xalqaro hisob yondashuvlarini qiyosiy tahlil qilish, moliyaviy faoliyatni operatsion va investision faoliyatdan ajratish, shuningdek moliyaviy operatsiyalarni moliyalashtirish manbai, majburiyat muddati, valyuta belgisi, risk darajasi va moliyaviy natijaga ta’siri bo‘yicha tasniflash, tan olish, baholash, hisobda aks ettirish va hisobotda ochib berish mezonlarini integratsiyalash asosida takomillashtirish taklifi “Samarqanddonmahsulotlari” AJ, «Shoxrud» AJ hamda “Maroqand neft bazasi” MChJning hisob siyosatiga joriy qilingan (“Samarqanddonmahsulotlari” AJ ning 2026-yil 22-maydagi 117/1-05-26-son, «Shoxrud» AJning 2026-yil 16-iyundagi 01/33-son hamda “Maroqand neft bazasi” MChJning 2026-yil 18-iyundagi 171-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida moliyaviy faoliyatga oid ob’ektlarni buxgalteriya hisobida tizimli aks ettirish, ularni identifikasiyalash, tan olish, baholash, taqsimlash va moliyaviy hisobotda atroflicha ochiqlash imkoni yaratilgan;
moliyaviy faoliyat bo‘yicha baholangan majburiyatlarni buxgalteriya hisobida alohida obekt sifatida aks ettirish mexanizmini 6850 - “Moliyaviy faoliyat bo‘yicha baholangan majburiyatlar” ishchi schotini joriy etish, ushbu majburiyatlarni moliyalashtirish manbalari, valyuta turlari, risklar va qoplash muddatlari kesimida analitik yuritish hamda ularni tan olish, baholash, qayta baholash, kamaytirish va hisobotda ochib berishning bosqichma-bosqich algoritmini qo‘llash asosida takomillashtirish taklifi “Samarqanddonmahsulotlari” AJ, «Shoxrud» AJ hamda “Maroqand neft bazasi” MChJning hisob siyosatiga joriy qilingan (“Samarqanddonmahsulotlari” AJ ning 2026-yil 22-maydagi 117/1-05-26-son, «Shoxrud» AJning 2026-yil 16-iyundagi 01/33-son hamda “Maroqand neft bazasi” MChJning 2026-yil 18-iyundagi 171-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida majburiyatlar bo‘yicha rezervlarni o‘z vaqtida shakllantirish hamda xalqaro standartlar talablariga muvofiq buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotlarda korxonaning real moliyaviy holati aks ettirilishini ta’minlash orqali axborotlarning shaffoflik darajasi oshirilgan;
valyuta kurslari o‘zgarishidan yuzaga keladigan daromad va zararlarni hisobga olish tartibi ularning operatsion, investision va moliyaviy faoliyat turlariga tegishliligini aniqlash, ijobiy va salbiy kurs farqlarini faoliyatlar kesimida alohida aks ettirish hamda 9391, 9431, 9541, 9621, 9542 va 9622-sonli maxsus ishchi schotlarni qo‘llash orqali moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotning axborot shaffofligini oshirish taklifi “Samarqanddonmahsulotlari” AJ, «Shoxrud» AJ hamda “Maroqand neft bazasi” MChJning hisob siyosatiga joriy qilingan (“Samarqanddonmahsulotlari” AJ ning 2026-yil 22-maydagi 117/1-05-26-son, «Shoxrud» AJning 2026-yil 16-iyundagi 01/33-son hamda “Maroqand neft bazasi” MChJning 2026-yil 18-iyundagi 171-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida ushbu korxonalarda xorijiy valyutadagi operatsiyalar bo‘yicha yuzaga keladigan ijobiy va salbiy kurs farqlarini faoliyat turlari kesimida aniq chegaralash ta’minlandi;
korxonalar moliyaviy faoliyati natijalarini hisob va hisobotlarda uyg‘un aks ettirishga qaratilgan ichki boshqaruv hisobotlari tizimini moliyalashtirish manbalari, majburiyatlar harakati, qarz yuki dinamikasi, pul oqimlari va xususiy kapital o‘zgarishlari bo‘yicha tahliliy axborotni shakllantirish hamda buxgalteriya balansi, pul oqimlari va xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotlar o‘rtasidagi axborot bog‘liqligini ta’minlash asosida ishlab chiqish taklifi “Samarqanddonmahsulotlari” AJ, «Shoxrud» AJ hamda “Maroqand neft bazasi” MChJning hisob siyosatiga joriy qilingan (“Samarqanddonmahsulotlari” AJ ning 2026-yil 22-maydagi 117/1-05-26-son, «Shoxrud» AJning 2026-yil 16-iyundagi 01/33-son hamda “Maroqand neft bazasi” MChJning 2026-yil 18-iyundagi 171-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida korxonalarda moliyaviy faoliyat natijalari, xususan, jalb qilingan majburiyatlar, xususiy kapital elementlari va ularning soliq oqibatlarini hisoblash, ularni alohida va korxonaning umumiy moliyaviy hisobotlari ko‘rsatkichlari bilan muvofiqlashtirish hamda ishchi jadvallar orqali tezkor nazorat qilish imkoni oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish