Aitimbetov Koyshibek Orazbekovich

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Donni qayta ishlash korxonalarida xarajatlar hisobi, tannarx aniqlash va tahlilini takomillashtirish”, 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Iqt4744.
Ilmiy rahbar: Arzuova Sharigul Ansatbaevna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSc.03/2025.27.12.I.27.01
Rasmiy opponentlar: Boronov Bobur Farxodovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Menglikulov Baxtiyor Yusupovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi donni qayta ishlash korxonalarida xarajatlar hisobini tashkil etish, mahsulot tannarxini aniqlash va tannarx tahlilini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: quyidagilardan iborat:
donni qayta ishlash korxonalarida tovar don xom ashyosi, davlat resursidagi don xom ashyosi, non sexlari uchun xom ashyo, sholi xom ashyosi hamda davlat resursidagi tovar don bo‘yicha xarajatlar harakatini alohida analitik hisobda aks ettirish orqali xom ashyo ta’minoti jarayonida xarajatlar hisobini tashkil etish yondashuvi takomillashtirilgan hamda ushbu yondashuvni korxona hisob siyosatida 1013-“Tovar don xom ashyosi”, 1014-“Davlat resursi hisobidagi tovar don xom ashyosi”, 1017-“Non sexlari uchun xom ashyo”, 1018-“Sholi xom ashyosi” va 2314-“Davlat resursi hisobidagi tovar don bo‘yicha xarajatlar” ishchi hisobvaraqlari orqali aks ettirish asoslangan;
donni qayta ishlash korxonalarida un va omixta em ishlab chiqarish xarajatlari hamda laboratoriya xarajatlarini mahsulot turlari bo‘yicha alohida analitik hisobga olish yondashuvi takomillashtirilgan hamda 2012-“Un ishlab chiqarish xarajatlari”, 2013-“Omixta em ishlab chiqarish xarajatlari”, 2511-“Un bo‘yicha laboratoriya xarajatlari” va 2512-“Omixta em bo‘yicha laboratoriya xarajatlari” ishchi hisobvaraqlarini hisob siyosatiga kiritishning uslubiy asosi ishlab chiqilgan;
donni qayta ishlash korxonalarida ta’minot va ishlab chiqarish jarayonlarining har bir bosqichida xarajatlarni alohida hisobga olish, taqsimlash va kalkulyasiya qilishni o‘zaro bog‘liqlikda tashkil etishga asoslangan ikki bosqichli tannarx hisoblash yondashuvi takomillashtirilgan hamda umumiy xarajatlarni un, kepak va ikkilamchi don chiqindisi o‘rtasida mahsulot chiqimi ulushi asosida taqsimlash tartibi asoslangan;
donni qayta ishlash korxonalarida mahsulot tannarxiga ta’sir etuvchi xom ashyo, energiya, mehnat va ustama xarajatlarning o‘zaro bog‘liqligini kompleks baholash imkonini beruvchi integral xarajat samaradorligi indeksi ishlab chiqilgan hamda ushbu indeks asosida xarajatlarni optimallashtirish va iqtisodiy samaradorlikni oshirish metodikasi taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Donni qayta ishlash korxonalarida xarajatlar hisobi, tannarxni aniqlash va tahlilni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
donni qayta ishlash korxonalari hisob siyosatiga tovar don xom ashyosi, davlat resursidagi don xom ashyosi, non sexlari uchun xom ashyo, sholi xom ashyosi hamda davlat resursidagi tovar don bo‘yicha xarajatlar harakatini alohida analitik kesimlarda aks ettirishni ta’minlovchi 1013-“Tovar don xom ashyosi”, 1014-“Davlat resursi hisobidagi tovar don xom ashyosi”, 1017-“Non sexlari uchun xom ashyo”, 1018-“Sholi xom ashyosi” va 2314-“Davlat resursi hisobidagi tovar don bo‘yicha xarajatlar” ishchi hisobvaraqlarini kiritish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va “Taxiatosh don mahsulotlari” AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 7-noyabrdagi 04/06-4334-son, “Taxiatosh don mahsulotlari” AJning 2025-yil 12-noyabrdagi 02-07/307-son ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi natijasida donni qayta ishlash korxonalarida xom ashyo materiallari va davlat resursidagi don bo‘yicha xarajatlarni alohida analitik hisobga olish imkoniyati kengaygan, moddiy resurslar harakati ustidan ichki nazorat kuchaygan hamda mahsulot tannarxini hisoblash uchun zarur bo‘lgan ishonchli axborot bazasi shakllantirilgan;
un va omixta em ishlab chiqarish xarajatlari hamda laboratoriya xarajatlarini mahsulot turlari bo‘yicha alohida ishchi hisobvaraqlarda aks ettirish maqsadida 2012-“Un ishlab chiqarish xarajatlari”, 2013-“Omixta em ishlab chiqarish xarajatlari”, 2511-“Un bo‘yicha laboratoriya xarajatlari” va 2512-“Omixta em bo‘yicha laboratoriya xarajatlari” ishchi hisobvaraqlarini donni qayta ishlash korxonalari hisob siyosatiga kiritish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va “Taxiatosh don mahsulotlari” AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 7-noyabrdagi 04/06-4334-son, “Taxiatosh don mahsulotlari” AJning 2025-yil 12-noyabrdagi 02-07/307-son ma’lumotnomalari). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi natijasida un va omixta em ishlab chiqarish xarajatlarini mahsulot turlari kesimida alohida jamlash, laboratoriya xarajatlarini tegishli mahsulot tannarxiga asosli taqsimlash, xarajatlar ustidan nazoratni kuchaytirish hamda mahsulot tannarxini hisoblashning aniqligi va ishonchliligini oshirish imkoniyati yaratilgan;
donni qayta ishlash korxonalarida xarajatlar ustidan nazoratni kuchaytirish va boshqaruv qarorlarining sifatini oshirishga xizmat qiluvchi ikki bosqichli tannarx hisoblash yondashuvi takomillashtirilib, ta’minot va ishlab chiqarish jarayonlarining har birida xarajatlarni alohida hisobga olish, taqsimlash va kalkulyasiya qilish tartibi hamda umumiy xarajatlarni un, kepak va ikkilamchi don chiqindisi o‘rtasida mahsulot chiqimi ulushi asosida taqsimlash taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va “Taxiatosh don mahsulotlari” AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 7-noyabrdagi 04/06-4334-son, “Taxiatosh don mahsulotlari” AJning 2025-yil 12-noyabrdagi 02-07/307-son ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi natijasida mahsulot tannarxini shakllantiruvchi ta’minot, transport va ishlab chiqarish xarajatlarini bosqichma-bosqich aniqlash, ularning mahsulotlar tannarxiga ta’sirini baholash, un mahsuloti tannarxining sun’iy ravishda yuqori shakllanishining oldini olish hamda iqtisodiy jihatdan asoslangan boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur axborot bazasini shakllantirish imkoniyati yaratilgan;
donni qayta ishlash korxonalarida mahsulot tannarxiga ta’sir etuvchi xom ashyo, energiya, mehnat va ustama xarajatlarning o‘zaro bog‘liqligini kompleks baholash imkonini beruvchi integral xarajat samaradorligi indeksini hamda uning asosida xarajatlarni optimallashtirish metodikasini qo‘llash taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va “Taxiatosh don mahsulotlari” AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 7-noyabrdagi 04/06-4334-son, “Taxiatosh don mahsulotlari” AJning 2025-yil 12-noyabrdagi 02-07/307-son ma’lumotnomalari). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi natijasida xom ashyo, energiya, mehnat va ustama xarajatlarning mahsulot tannarxiga ta’sirini yagona integral ko‘rsatkich orqali kompleks baholash, xarajatlar tarkibidagi nomutanosibliklarni aniqlash, ichki zaxiralarni baholash, KPI ko‘rsatkichlari va dashboard tizimi orqali xarajatlar monitoringini tashkil etish hamda xarajatlarni optimallashtirish bo‘yicha boshqaruv qarorlarini asoslash imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish