Oripova Gulira’no Nodirovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O’zbekistonda ichki savdo rivojlanishining statistik tadqiqi”, 08.00.06 – “Ekonometrika va statistika” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4038.
Ilmiy rahbar: Siddikov Alisher Jurakulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc 03/2025.27.12.I.23.02.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Ilyos Sultanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent, Mamadaliev Odiljon Toirovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonning ichki savdo statistikasini rivojlantirish va ularni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflarni ishlab chiqish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
O‘zbekistonda ichki savdoning statistik hisobi chakana savdo va maishiy savdo operatsiyalarini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar hamda mikrosubektlar uchun soddalashtirilgan ro‘yxatdan o‘tish hamda yagona qisqartirilgan soliq-statistik hisobot topshirish orqali norasmiy sektor subektlarini rasmiy iqtisodiy aylanmaga jalb qilish asosida takomillashtirilgan;
ichki savdo statistik hisobi 7 ta blokga guruhlangan ko‘rsatkichlar asosida ichki savdoni raqamlashtirish darajasini 70 balldan yuqori ko‘rsatkichga ega subektlarni “yuqori raqamlashgan”, 50–70 ball oralig‘ini “o‘rtacha” va 50 balldan pastini “past raqamlashgan” toifa sifatida baholash tartibini joriy etish asosida takomillashtirilgan;
mamlakat ichki savdosi hajmini baholash uslubiyoti davlat statistika dasturlarida alohida rasmiy statistik ko‘rsatkich sifatida yuritilayotgan savdo, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarning yalpi qo‘shilgan qiymatini integrallashgan ko‘rsatkich sifatida qo‘llash orqali ichki savdoning qiymat yaratishdagi haqiqiy ko‘lami va uning xizmatlar sohasi bilan o‘zaro bog‘liq iqtisodiy hajmini to‘laroq aks ettirish orqali takomillashtirilgan;
O‘zbekistonda ichki savdo ko‘rsatkichlarining kelgusi dinamikasini aniqlashda vaqt qatori uslublari, jumladan ARIMA modeli asosida 2030-yilga qadar prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonning ichki savdo statistikasini rivojlantirish va ularni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy takliflar asosida:
O‘zbekistonda ichki savdoning statistik hisobi chakana savdo va maishiy savdo operatsiyalarini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar hamda mikrosubektlar uchun soddalashtirilgan ro‘yxatdan o‘tish hamda yagona qisqartirilgan soliq-statistik hisobot topshirish orqali norasmiy sektor subektlarini rasmiy iqtisodiy aylanmaga jalb qilish taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 07-oktabrdagi 06-05-33-11409-sonli ma’lumotnoma). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida ichki savdoda norasmiy sektorni qisqartirishga qaratilgan mexanizmlar ishlab chiqilib, kichik va o‘rta savdogarlarni rasmiylashtirish, kredit va soliq imtiyozlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish orqali ichki savdo barqarorligini ta’minlash yo‘nalishlari belgilash imkoni yaratilgan;
ichki savdo statistik hisobi 7 ta blokga guruhlangan ko‘rsatkichlar asosida ichki savdoni raqamlashtirish darajasini 70 balldan yuqori ko‘rsatkichga ega subektlarni “yuqori raqamlashgan”, 50–70 ball oralig‘ini “o‘rtacha” va 50 balldan pastini “past raqamlashgan” toifa sifatida baholash tartibini joriy etish taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 07-oktabrdagi 06-05-33-11409-sonli ma’lumotnoma). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida ichki savdoni raqamlashtirish darajasini baholovchi ko‘rsatkichlar tizimi joriy etish orqali har bir hududda raqamli savdo platformalari, onlayn to‘lov tizimlari va elektron kontraktlar ulushi asosida baholash imkoni yaratilgan;
mamlakat ichki savdosi hajmini baholash uslubiyoti davlat statistika dasturlarida alohida rasmiy statistik ko‘rsatkich sifatida yuritilayotgan savdo, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarning yalpi qo‘shilgan qiymatini integrallashgan ko‘rsatkich sifatida qo‘llash orqali ichki savdoning qiymat yaratishdagi haqiqiy ko‘lami va uning xizmatlar sohasi bilan o‘zaro bog‘liq iqtisodiy hajmini to‘laroq aks ettirish taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 07-oktabrdagi 06-05-33-11409-sonli ma’lumotnoma). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2000–2024 yillar bo‘yicha o‘tkazilgan ko‘p omilli regressiya tahlili natijalariga ko‘ra, aholi real daromadlari, uy xo‘jaliklari xarajatlari va asosiy kapitalga investisiyalar savdo hajmiga ijobiy va sezilarli ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan;
O‘zbekistonda ichki savdo ko‘rsatkichlarining kelgusi dinamikasini aniqlashda vaqt qatori uslublari, jumladan ARIMA modeli asosida 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz qiymatlari taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 07-oktabrdagi 06-05-33-11409-sonli ma’lumotnoma). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mamlakat savdo, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarning yalpi qo‘shilgan qiymati 2026-2030 yillarda o‘rtacha 11,92 foizga oshishi kutilmoqda.

Yangiliklarga obuna bo‘lish