Shakirov Sardor Abdusaminovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yurak ishemik kasalligida buyraklarning patomorfologik va immunogistokimyoviy xos xususiyatlari”, 14.00.15 – Patologik anatomiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.DSc/Tib1501.
Ilmiy maslahatchi: Sidikov Akmal Abdikaxarovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy Kengash raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.17.05.
Rasmiy opponentlar: Jumanov Ziyodulla Eshmamatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Rasulov Xamidulla Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Axunbaev Stalbek Mederovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent (Qirg‘iziston).
Yetakchi tashkilot: N.I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: Yurak ishemik kasalliklarida buyraklarda rivojlanadigan ishemik nefropatiyaning yoshga bog‘liq patomorfologik, morfometrik, gistokimyoviy va immunogistokimyoviy xususiyatlarini kompleks o‘rganish hamda ularning morfologik diagnostik mezonlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
yurak ishemik kasalligidan vafot etgan shaxslarning klinik-anamnestik va autopsiya ma’lumotlarini kompleks tahlilida, o‘lim holatlarining 53,9% gospitalizatsiyaning dastlabki uch sutkasida, 72,8% birinchi etti sutkada qayd etilganligi, buyrak etishmovchiligi esa 45-59 yoshlilarda 47,6% va 60-74 yoshlilarda 34,5% yuqoriligi aniqlanib, yosh omilining buyrak ishemik shikastlanishi og‘irlashishi bilan bog‘liq muhim belgi ekanligi asoslangan;
miokard infarktining o‘tkir davrida buyrak parenximasi va qon tomirlaridagi ishemik o‘zgarishlarning yoshga bog‘liq morfogenezida 18-44 yoshlilarda koptokcha kapillyarlarining spazmi va kollapsi, Boumen bo‘shlig‘ining kengayishi hamda bazal membranasi saqlangan o‘choqli tubulyar distrofiya ustun bo‘lsa, 45-59 yoshdan boshlab glomeruloskleroz, angioskleroz, interstitsial fibroz, epiteliy deskvamatsiyasi va tubulyar nekroz kuchayishi, 75-90 yosh va undan yuqorilarda esa tubuloreksis va sklerodestruktiv qayta qurilishning ustunligi asoslangan;
buyrak to‘qimasining morfometrik tahlilida yosh ortishi bilan koptokchalar diametrining 185,4±4,2 mkmdan 132,5±5,8 mkmga, proksimal naychalar epiteliysi balandligining 14,2±0,6 mkmdan 5,1±0,3 mkmga va kapillyar to‘r zichligining 12,4±0,9%dan 3,4±0,4%gacha kamayishi, glomeruloskleroz ulushining 1,2±0,3%dan 42,3±3,9%ga, interstitsial fibrozning 2,1±0,4%dan 44,2±3,7%ga va nekrobioz-nekroz maydonining 18,4±2,1%dan 78,4±5,2%gacha ortishi aniqlanib, ushbu ko‘rsatkichlar ishemik nefropatiya og‘irligini obektiv ifodalovchi morfometrik mezonlar sifatida asoslangan;
gistokimyoviy usullarida yosh ulg‘ayishi bilan tubulyar epiteliyda fuksinofil oqsil kiritmalari, bazal membranalarning bo‘kishi, qalinlashishi va dezorganizatsiyasi hamda interstitsial-perivaskulyar kollagenlanish kuchayishi, IGK tekshiruvda HIF-1α ekspressiyasi turli yosh guruhlarida buyrak to‘qimasining gipoksik javobini aks ettirgan bo‘lsa, γ-H2AXning yuqori pozitiv ekspressiyasi 60-74 yoshlilarda 83,33% va 75-90 yoshlilarda 98% ga, KIM-1ning yuqori ekspressiyasi mos ravishda 77,27% va 98,2%ga etgan, NGALning yuqori ekspressiyasi esa 60-74 yoshlilarda 53 ta holatda qayd etilib, DNK shikastlanishi va tubulyar destruksiyaning yoshga bog‘liq kuchayishi morfologik jihatdan aniqlangan;
ilk bor patomorfologik, morfometrik, gistokimyoviy va immunogistokimyoviy natijalarni kompleks qiyoslash asosida YuIKdagi ishemik nefropatiyaning kompensatsiyalangan, progressiv va dekompensatsiyalangan og‘irlik darajalarini farqlovchi diagnostik mezonlar asoslanib, o‘choqli tubulyar distrofiya va saqlangan bazal membranalardan glomerulyar kollaps, nekroz-fibroz, sklerozlangan koptokchalar ulushining ortishi, kapillyar tarmoq reduksiyasi, og‘ir angioskleroz, keng tarqalgan tubulyar nekroz va tubuloreksisgacha bo‘lgan o‘zgarishlar hamda γ-H2AX, KIM-1 va NGAL ekspressiyasining kuchayishi bilan tavsiflangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Yurak ishemik kasalliklarida buyraklarning yoshga doir patomorfologik va immunogistokimyoviy xos xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: yurak ishemik kasalligidan vafot etgan shaxslarning klinik-anamnestik va autopsiya ma’lumotlarini kompleks tahlilida o‘lim holatlarining 53,9 foizi gospitalizatsiyaning dastlabki uch sutkasida, 72,8 foizi birinchi etti sutkada qayd etilganligi, buyrak etishmovchiligi esa 45–59 yoshlilarda 47,6 foiz va 60–74 yoshlilarda 34,5 foiz yuqoriligi aniqlanib, yosh omilining buyrak ishemik shikastlanishi og‘irlashishi bilan bog‘liq muhim belgi ekanligi asoslangan. Bu bo‘yicha takliflar Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2026-yil 27-yanvardagi 01-02/u-t-117-son qarori bilan tasdiqlangan «Yurak ishemik kasalliklarida buyraklarda yuzaga keladigan immunogistokimyoviy xos xususiyatlarni yoshga doir baholash mezonlari» hamda 2026-yil 27-yanvardagi 01-02/u-t-116-son qarori bilan tasdiqlangan «Yurak ishemik kasalligida buyraklarning yoshga doir patomorfologik morfologik o‘zgarishlarini baholash» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Respublika patologik anatomiya markazi Andijon viloyati filiali bo‘yicha 2026-yil 10-fevraldagi 006-sonli, Qoraqalpog‘iston Respublikasi patologik anatomiya markazi bo‘yicha 2026-yil 12-fevraldagi 3/1-sonli, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand viloyati mintaqaviy filiali bo‘yicha esa 2026-yil 3-fevraldagi 3A-son va 4A-sonli buyruqlar bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026-yil 10-iyundagi 10-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: YuIKdan vafot etgan shaxslarda yosh, gospitalizatsiya davomiyligi va terminal gemodinamik asoratlarni buyrakdagi ishemik o‘zgarishlar bilan qiyosiy baholash patologoanatomik tashxisning asoslanganligini oshirish, ishemik nefropatiyaning tanatogenezdagi o‘rnini aniqlash hamda klinik-patologoanatomik tafovutlarni kamaytirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: klinik-anamnestik va autopsiya ma’lumotlari asosida xavfli holatlarni maqsadli ajratish morfologik tekshiruvlarni izchil tashkil etish, yuqori qiymatga ega gistokimyoviy va immunogistokimyoviy tadqiqotlarni asoslangan holatlarda qo‘llash, ortiqcha tekshiruvlar, reaktivlar sarfi va mutaxassis mehnat vaqtini qisqartirish hisobiga patologoanatomik diagnostika xarajatlarini maqbullashtirish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: miokard infarktining o‘tkir davrida buyrak parenximasi va qon tomirlaridagi ishemik o‘zgarishlarning yoshga bog‘liq morfogenezida 18–44 yoshlilarda koptokcha kapillyarlarining spazmi va kollapsi, Boumen bo‘shlig‘ining kengayishi hamda bazal membranasi saqlangan o‘choqli tubulyar distrofiya ustun bo‘lsa, 45–59 yoshdan boshlab glomeruloskleroz, angioskleroz, interstitsial fibroz, epiteliy deskvamatsiyasi va tubulyar nekroz kuchayishi, 75–90 yosh va undan yuqorilarda esa tubuloreksis va sklerodestruktiv qayta qurilish ustunligi belgilangan. Bu bo‘yicha takliflar Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2026-yil 27-yanvardagi 01-02/u-t-117-son qarori bilan tasdiqlangan «Yurak ishemik kasalliklarida buyraklarda yuzaga keladigan immunogistokimyoviy xos xususiyatlarni yoshga doir baholash mezonlari» hamda 2026-yil 27-yanvardagi 01-02/u-t-116-son qarori bilan tasdiqlangan «Yurak ishemik kasalligida buyraklarning yoshga doir patomorfologik morfologik o‘zgarishlarini baholash» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Respublika patologik anatomiya markazi Andijon viloyati filiali bo‘yicha 2026-yil 10-fevraldagi 006-sonli, Qoraqalpog‘iston Respublikasi patologik anatomiya markazi bo‘yicha 2026-yil 12-fevraldagi 3/1-sonli, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand viloyati mintaqaviy filiali bo‘yicha esa 2026-yil 3-fevraldagi 3A-son va 4A-sonli buyruqlar bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026-yil 10-iyundagi 10-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: miokard infarktining o‘tkir davrida buyrak parenximasi va qon tomirlaridagi ishemik o‘zgarishlarning yoshga xos morfologik mezonlari belgilanishi o‘tkir tubulyar shikastlanishni yoshga doir involyutiv nefrosklerozdan farqlash, ularning birgalikda kechishini baholash, ishemik nefropatiya og‘irligi va tanatogenezdagi ahamiyatini aniqlash hamda klinik-patologoanatomik tashxislar sifatini oshirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: yoshga xos morfologik mezonlarni amaliyotga joriy etish hisobiga buyrak shikastlanishini baholash va unga bog‘liq tashkiliy-diagnostik tadbirlar muddatini 25 kundan 10 kungacha qisqartirish imkoniyati bo‘lgan. Bir kunlik iqtisodiy qiymat 170 000 so‘m, yillik qamrov 48 nafar va joriy etish xarajati 30 000 so‘m bo‘lganda, kutilayotgan yillik iqtisodiy samara 122 395 500 so‘mni tashkil etgan;
uchinchi ilmiy yangilik: buyrak to‘qimasining morfometrik tahlilida yosh ortishi bilan koptokchalar diametrining 185,4±4,2 mkm dan 132,5±5,8 mkm gacha, proksimal naychalar epiteliysi balandligining 14,2±0,6 mkm dan 5,1±0,3 mkm gacha va kapillyar to‘r zichligining 12,4±0,9 foizdan 3,4±0,4 foizgacha kamayishi, glomeruloskleroz ulushining 1,2±0,3 foizdan 42,3±3,9 foizga, interstitsial fibrozning 2,1±0,4 foizdan 44,2±3,7 foizga va nekrobioz-nekroz maydonining 18,4±2,1 foizdan 78,4±5,2 foizgacha ortishi aniqlanib, ushbu ko‘rsatkichlar ishemik nefropatiya og‘irligini obektiv ifodalovchi morfometrik mezonlar sifatida asoslangan. Bu bo‘yicha takliflar Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2026-yil 27-yanvardagi 01-02/u-t-117-son qarori bilan tasdiqlangan «Yurak ishemik kasalliklarida buyraklarda yuzaga keladigan immunogistokimyoviy xos xususiyatlarni yoshga doir baholash mezonlari» hamda 2026-yil 27-yanvardagi 01-02/u-t-116-son qarori bilan tasdiqlangan «Yurak ishemik kasalligida buyraklarning yoshga doir patomorfologik morfologik o‘zgarishlarini baholash» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Respublika patologik anatomiya markazi Andijon viloyati filiali bo‘yicha 2026-yil 10-fevraldagi 006-sonli, Qoraqalpog‘iston Respublikasi patologik anatomiya markazi bo‘yicha 2026-yil 12-fevraldagi 3/1-sonli, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand viloyati mintaqaviy filiali bo‘yicha esa 2026-yil 3-fevraldagi 3A-son va 4A-sonli buyruqlar bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026-yil 10-iyundagi 10-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: buyrak ishemik shikastlanishini koptokchalar diametri, proksimal naychalar epiteliysi balandligi, kapillyar to‘r zichligi, glomeruloskleroz, interstitsial fibroz va nekrobioz-nekroz maydoni asosida miqdoriy baholash morfologik tashxisning subektivligini kamaytirish, ishemik nefropatiya og‘irligini obektiv darajalash va patologoanatomik xulosalarning ishonchliligini oshirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: ishemik nefropatiya og‘irligini baholashda oltita yuqori axborotli morfometrik ko‘rsatkichdan iborat maqsadli panelning qo‘llanilishi takroriy morfometriya va asossiz qo‘shimcha tekshiruvlarga ehtiyojni kamaytirish imkonini bergan. Bir holat uchun qo‘shimcha tekshiruv xarajati shartli ravishda 30 000 so‘m va yillik tekshiruvlar soni 48 ta deb hisoblanganda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri yillik iqtisodiy tejam 1 440 000 so‘mni tashkil etgan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: gistokimyoviy usullarda yosh ulg‘ayishi bilan tubulyar epiteliyda fuksinofil oqsil kiritmalari, bazal membranalarning bo‘kishi, qalinlashishi va dezorganizatsiyasi hamda interstitsial-perivaskulyar kollagenlanish kuchayishi aniqlangan. Immunogistokimyoviy tekshiruvda HIF-1α ekspressiyasi turli yosh guruhlarida buyrak to‘qimasining gipoksik javobini aks ettirgan, γ-H2AXning yuqori pozitiv ekspressiyasi 60–74 yoshlilarda 83,33 foiz va 75–90 yoshlilarda 98 foizga, KIM-1ning yuqori ekspressiyasi esa mos ravishda 77,27 va 98,2 foizga etgan. NGALning yuqori ekspressiyasi 60–74 yoshlilarda 53 ta holatda qayd etilib, DNK shikastlanishi va tubulyar destruksiyaning yoshga bog‘liq kuchayishi morfologik jihatdan tasdiqlangan. Bu bo‘yicha takliflar Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2026-yil 27-yanvardagi 01-02/u-t-117-son qarori bilan tasdiqlangan «Yurak ishemik kasalliklarida buyraklarda yuzaga keladigan immunogistokimyoviy xos xususiyatlarni yoshga doir baholash mezonlari» hamda 2026-yil 27-yanvardagi 01-02/u-t-116-son qarori bilan tasdiqlangan «Yurak ishemik kasalligida buyraklarning yoshga doir patomorfologik morfologik o‘zgarishlarini baholash» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Respublika patologik anatomiya markazi Andijon viloyati filiali bo‘yicha 2026-yil 10-fevraldagi 006-sonli, Qoraqalpog‘iston Respublikasi patologik anatomiya markazi bo‘yicha 2026-yil 12-fevraldagi 3/1-sonli, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand viloyati mintaqaviy filiali bo‘yicha esa 2026-yil 3-fevraldagi 3A-son va 4A-sonli buyruqlar bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026-yil 10-iyundagi 10-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: gistokimyoviy usullarda aniqlangan bazal membrana dezorganizatsiyasi va kollagenlanish jarayonlarini HIF-1α, γ-H2AX, KIM-1 hamda NGAL ekspressiyasi bilan kompleks qiyoslash to‘qima gipoksiyasi, DNK shikastlanishi va tubulyar destruksiyaning yoshga bog‘liq kuchayishini obektiv tasdiqlash, ishemik nefropatiya og‘irligini aniq baholash hamda patologoanatomik tashxislar ishonchliligini oshirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: gistokimyoviy o‘zgarishlar aniqlangandan so‘ng IGK markerlarini morfologik ko‘rsatmalar asosida maqsadli qo‘llash barcha holatlarda to‘liq markerlar panelidan asossiz foydalanishni cheklab, reaktivlar sarfi va tekshiruv xarajatlarini kamaytirish imkonini bergan. Har bir holatda kamida bitta asossiz gistokimyoviy yoki IGK reaksiyasini qisqartirish hisobiga minimal yillik iqtisodiy tejam 1 440 000 so‘mni tashkil etgan;
beshinchi ilmiy yangilik: ilk bor patomorfologik, morfometrik, gistokimyoviy va immunogistokimyoviy natijalarni kompleks qiyoslash asosida YuIKdagi ishemik nefropatiyaning kompensatsiyalangan, progressiv va dekompensatsiyalangan og‘irlik darajalarini farqlovchi diagnostik mezonlar asoslangan. Bu darajalar o‘choqli tubulyar distrofiya va saqlangan bazal membranalardan boshlab, glomerulyar kollaps, nekroz-fibroz, sklerozlangan koptokchalar ulushining ortishi, kapillyar tarmoq reduksiyasi, og‘ir angioskleroz, keng tarqalgan tubulyar nekroz va tubuloreksis hamda γ-H2AX, KIM-1 va NGAL ekspressiyasining kuchayishigacha bo‘lgan o‘zgarishlar bilan tavsiflangan. Takliflar Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2026-yil 27-yanvardagi 01-02/u-t-117-son qarori bilan tasdiqlangan «Yurak ishemik kasalliklarida buyraklarda yuzaga keladigan immunogistokimyoviy xos xususiyatlarni yoshga doir baholash mezonlari» hamda 2026-yil 27-yanvardagi 01-02/u-t-116-son qarori bilan tasdiqlangan «Yurak ishemik kasalligida buyraklarning yoshga doir patomorfologik morfologik o‘zgarishlarini baholash» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Respublika patologik anatomiya markazi Andijon viloyati filiali bo‘yicha 2026-yil 10-fevraldagi 006-sonli, Qoraqalpog‘iston Respublikasi patologik anatomiya markazi bo‘yicha 2026-yil 12-fevraldagi 3/1-sonli, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand viloyati mintaqaviy filiali bo‘yicha esa 2026-yil 3-fevraldagi 3A-son va 4A-sonli buyruqlar bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026-yil 10-iyundagi 10-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: patomorfologik, morfometrik, gistokimyoviy va immunogistokimyoviy ko‘rsatkichlarni yagona diagnostik mezonlar tizimida kompleks baholash YuIKdagi ishemik nefropatiyani kompensatsiyalangan, progressiv va dekompensatsiyalangan morfologik darajalarga obektiv ajratish, o‘tkir ishemik shikastlanishni yoshga doir nefrosklerozdan farqlash, buyrak shikastlanishining tanatogenezdagi o‘rnini asoslash hamda patologoanatomik tashxislar sifatini oshirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: ishemik nefropatiya og‘irligini baholashning yagona kompleks mezonlar tizimi alohida morfologik, morfometrik, gistokimyoviy va IGK tekshiruvlarni takroriy o‘tkazish o‘rniga ularni bosqichma-bosqich va maqsadli qo‘llash imkonini berib, diagnostik jarayon muddati, reaktivlar sarfi va mutaxassis mehnat xarajatlarini maqbullashtirgan. Uslubiy tavsiyanomada qabul qilingan hisob ko‘rsatkichlariga ko‘ra, tashkiliy-diagnostik tadbirlar muddati 25 kundan 10 kungacha qisqarib, kutilayotgan umumiy yillik iqtisodiy samara 122 395 500 so‘mni tashkil etgan.