Mamirova Marhabo Normaxamatovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ortiqcha tana vazni bilan bog‘liq bo‘lgan nefropatiyalar, tarqalganligi va tashxisotning klinik-laborator jihatlari” 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib4480.
Ilmiy rahbar: Axmedova Nilufar Sharipovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.05.02.
Rasmiy opponentlar: Badriddinova Matluba Najmidddinovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Abdullaev Sherzod Sa’dullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Belarus Respublikasi Vitebsk davlat Xalqlar do‘stligi ordeni tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ortiqcha tana vazni va semizlik bilan og‘rigan bemorlarda surunkali buyrak kasalligining tarqalganligi, klinik-laborator xususiyatlarini o‘rganish, erta tashxisot biomarkerlarini baholash asosida nefropatiyani oldini olishning klinik-laborator algoritmini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ortiqcha tana vazni va semizlik mavjud bemorlarda buyrakning glomerulyar va tubulointerstitsial shikastlanishi kompleks baholanib, tana vazni indeksi ortishi bilan nefropatiyaning namoyon bo‘lishidan oldin subklinik o‘zgarishlar shakllanishi asoslangan;
tana vazni indeksi, visseral semizlik indeksi va adiponektin ko‘rsatkichlarining buyrak funksiyasi bilan o‘zaro bog‘liqligi asoslanib, visseral semizlikning kuchayishi buyrak koptokchalari filtrasiya tezligining pasayishi, albuminuriya hamda KIM-1 darajasining oshishi bilan, adiponektin miqdorining kamayishi esa buyrak funksiyasining yomonlashishi bilan bog‘liq ekanligi isbotlangan;
ko‘p omilli regression tahlil natijalariga ko‘ra KIM-1, visseral semizlik indeksi, adiponektin, siydik kislotasi va tana vazni indeksi semizlik bilan bog‘liq nefropatiya rivojlanishining mustaqil prediktorlari sifatida baholanib, KIM-1 va visseral semizlik indeksi yuqori diagnostik ahamiyatga ega ko‘rsatkichlar ekanligi asoslangan;
ortiqcha tana vazni bilan bog‘liq nefropatiyani erta aniqlash uchun semizlikning antropometrik, metabolik va nefrologik ko‘rsatkichlarini yagona diagnostik tizimga birlashtirilgan nefropatiya rivojlanish xavfini kompleks baholash imkonini beruvchi OIN-index integral diagnostik indeksi va profilaktika algoritmi ishlab chiqilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Ortiqcha tana vazni bilan bog‘liq bo‘lgan nefropatiyalar, tarqalganligi va tashxisotning klinik-laborator jihatlari” mavzusidagi ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha:
Birinchi ilmiy yangilik. Ortiqcha tana vazni va semizlik mavjud bemorlarda buyrakning glomerulyar va tubulointerstitsial shikastlanishi kompleks baholanib, tana vazni indeksi ortishi bilan nefropatiyaning namoyon bo‘lishidan oldin subklinik o‘zgarishlar shakllanishi asoslanganligi bo‘yicha “Ortiqcha tana vazni mavjud bemorlarda surunkali buyrak kasalligi rivojlanishini patogenetik tashxislash markerlari” deb nomlangan uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Buxoro davlat tibbiyot institutining kengashining 2025 yil 30 yanvardagi 25-m/024 son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma ortiqcha tana vazni mavjud bemorlarda surunkali buyrak kasalligini erta tashxislash maqsadida laborator usullar yordamida erta baholash imkonini yaratgan. Ortiqcha tana vazni mavjud bemorlarda surunkali buyrak kasalligi rivojlanishini va erta tashxislashning takomillashtirish tamoyillari sog‘liqni saqlash amaliyoti, jumladan, Buxoro viloyati Kogon shahar tibbiyot birlashmasi (06.03.2025 y; № 659-2-208-TB/2025); Navoiy shahar hokimligi tibbiyot birlashmasi buyicha buyruk (3.03.2025; № 350-5-79-DOP/2025) klinik amaliyotiga tadbiq etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 15 avgustdagi 23-son xulosasi olingan). Ijtimoiy samaradorligi: ortiqcha tana vazni va semizlik bilan og‘rigan bemorlarda buyrak shikastlanishining glomerulyar va tubulointerstitsial komponentlarini kompleks baholash asosida buyrak shikastlanishining subklinik kechishi erta aniqlanib, maqsadli laborator markerlardan foydalanish orqali nefropatiyani klinik belgilari namoyon bo‘lishidan oldin aniqlash imkoni yaratilgan. Iqtisodiy samaradorligi: nefropatiyaning subklinik bosqichida buyrak shikastlanishini erta aniqlash orqali qimmatbaho instrumental tekshiruvlar va stasionar davolanishga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish, kasallikning og‘ir bosqichlariga o‘tishini oldini olish hamda davolash xarajatlarini optimallashtirish imkoni yaratilgan. Dastlabki iqtisodiy modelga ko‘ra, qo‘shimcha tashxisot xarajatlarini hisobga olgan holda, har bir bemor uchun bir yil davomida 512 000 so‘m miqdorida iqtisodiy samara olinishi mumkin. Xulosa. Semizlik bilan bog‘liq nefropatiyani erta aniqlash bemorlarning hayot sifati va mehnat qobiliyatini saqlash, buyrak etishmovchiligining og‘ir bosqichlariga o‘tishni kechiktirish hamda sog‘liqni saqlash tizimi xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi.
Ikkinchi ilmiy yangilik. Tana vazni indeksi, visseral semizlik indeksi va adiponektin ko‘rsatkichlarining buyrak funksiyasi bilan o‘zaro bog‘liqligi asoslanib, visseral semizlikning kuchayishi buyrak koptokchalari filtrasiya tezligining pasayishi, albuminuriya hamda KIM-1 darajasining oshishi bilan, adiponektin miqdorining kamayishi esa buyrak funksiyasining yomonlashishi bilan bog‘liq ekanligi isbotlanganligi bo‘yicha “Ortiqcha tana vazni mavjud bemorlarda surunkali buyrak kasalligi rivojlanishini patogenetik tashxislash markerlari” deb nomlangan uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Buxoro davlat tibbiyot institutining kengashining 2025 yil 30 yanvardagi 25-m/024 son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma ortiqcha tana vazni mavjud bemorlarda surunkali buyrak kasalligini erta tashxislash maqsadida laborator usullar yordamida erta baholash imkonini yaratgan. Ortiqcha tana vazni mavjud bemorlarda surunkali buyrak kasalligi rivojlanishini va erta tashxislashning takomillashtirish tamoyillari sog‘liqni saqlash amaliyoti, jumladan, Buxoro viloyati Kogon shahar tibbiyot birlashmasi (06.03.2025 y; № 659-2-208-TB/2025); Navoiy shahar hokimligi tibbiyot birlashmasi buyicha buyruk (3.03.2025; № 350-5-79-DOP/2025) klinik amaliyotiga tadbiq etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 15 avgustdagi 23-son xulosasi olingan). Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot natijalari semizlik bilan bog‘liq buyrak shikastlanishini erta aniqlash va xavf guruhini shakllantirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: VAI va adiponektinni buyrak funksiyasini baholovchi an’anaviy ko‘rsatkichlar bilan birgalikda qo‘llash orqali nefropatiyaning erta bosqichlarida xavfni baholash, asoratlarning oldini olish va keyingi bosqichlarda talab etiladigan qimmatbaho davolash usullariga ehtiyojni kamaytirish imkoni yaratilgan. Iqtisodiy hisob-kitobga ko‘ra, adiponektin tahlili xarajatlarini hisobga olgan holda, asossiz takroriy tekshiruvlar va qo‘shimcha murojaatlar qisqarishi hisobiga har bir bemor uchun bir yilda 170 000 so‘m miqdorida iqtisodiy samara olinadi. Xulosa. VAI va adiponektin ko‘rsatkichlarini buyrakning funksional va laborator markerlari bilan kompleks baholash semizlik bilan bog‘liq nefropatiyani erta aniqlash va profilaktik choralarni o‘z vaqtida belgilashning iqtisodiy jihatdan maqbul usuli hisoblanadi.
Uchinchi ilmiy yangilik. Ko‘p omilli regression tahlil natijalariga ko‘ra KIM-1, visseral semizlik indeksi, adiponektin, siydik kislotasi va tana vazni indeksi semizlik bilan bog‘liq nefropatiya rivojlanishining mustaqil prediktorlari sifatida baholanib, KIM-1 va visseral semizlik indeksi yuqori diagnostik ahamiyatga ega ko‘rsatkichlar ekanligi asoslanganligi bo‘yicha “Ortiqcha tana vazni mavjud bemorlarda surunkali buyrak kasalligi rivojlanishini patogenetik tashxislash markerlari” deb nomlangan uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Buxoro davlat tibbiyot institutining kengashining 2025 yil 30 yanvardagi 25-m/024 son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma ortiqcha tana vazni mavjud bemorlarda surunkali buyrak kasalligini erta tashxislash maqsadida laborator usullar yordamida erta baholash imkonini yaratgan. Ortiqcha tana vazni mavjud bemorlarda surunkali buyrak kasalligi rivojlanishini va erta tashxislashning takomillashtirish tamoyillari sog‘liqni saqlash amaliyoti, jumladan, Buxoro viloyati Kogon shahar tibbiyot birlashmasi (06.03.2025 y; № 659-2-208-TB/2025); Navoiy shahar hokimligi tibbiyot birlashmasi buyicha buyruk (3.03.2025; № 350-5-79-DOP/2025) klinik amaliyotiga tadbiq etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 15 avgustdagi 23-son xulosasi olingan). Ijtimoiy samaradorligi: ko‘p omilli regression tahlil asosida nefropatiya xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarni erta aniqlash, ularni dispanser kuzatuviga olish va nefropatiya rivojlanishining oldini olishga qaratilgan individual profilaktik choralarni belgilash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi nefropatiya rivojlanishining mustaqil prediktorlarini erta aniqlash orqali yuqori xavfli bemorlarda tekshiruv va profilaktik tadbirlarni maqsadli tashkil etish, asoratlar rivojlanishi va stasionar davolanishga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish imkoni yaratilgan. Xulosa. KIM-1 va VAIning yuqori diagnostik ahamiyatidan foydalanish semizlik bilan bog‘liq nefropatiya xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarni erta aniqlash, ularni maqsadli kuzatish va qimmat davolash bosqichlariga o‘tish ehtimolini kamaytirish imkonini beradi.
To‘rtinchi ilmiy yangilik. Ortiqcha tana vazni bilan bog‘liq nefropatiyani erta aniqlash uchun semizlikning antropometrik, metabolik va nefrologik ko‘rsatkichlarini yagona diagnostik tizimga birlashtirilgan nefropatiya rivojlanish xavfini kompleks baholash imkonini beruvchi OIN-index integral diagnostik indeksi va profilaktika algoritmi ishlab chiqilganligi bo‘yicha “Ortiqcha tana vazni mavjud bemorlarda surunkali buyrak kasalligi rivojlanishini patogenetik tashxislash markerlari” deb nomlangan uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Buxoro davlat tibbiyot institutining kengashining 2025 yil 30 yanvardagi 25-m/024 son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma ortiqcha tana vazni mavjud bemorlarda surunkali buyrak kasalligini erta tashxislash maqsadida laborator usullar yordamida erta baholash imkonini yaratgan. Ortiqcha tana vazni mavjud bemorlarda surunkali buyrak kasalligi rivojlanishini va erta tashxislashning takomillashtirish tamoyillari sog‘liqni saqlash amaliyoti, jumladan, Buxoro viloyati Kogon shahar tibbiyot birlashmasi (06.03.2025 y; № 659-2-208-TB/2025); Navoiy shahar hokimligi tibbiyot birlashmasi buyicha buyruk (3.03.2025; № 350-5-79-DOP/2025) klinik amaliyotiga tadbiq etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 15 avgustdagi 23-son xulosasi olingan). Ijtimoiy samaradorligi: OIN-index shifokor uchun qaror qabul qilishni soddalashtirish, xavf darajasiga ko‘ra bemorlarni guruhlash va profilaktik hamda diagnostik choralarni individuallashtirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: nefropatiya rivojlanishining mustaqil prediktorlarini erta aniqlash orqali yuqori xavfli bemorlarda tekshiruv va profilaktik tadbirlarni maqsadli tashkil etish, asoratlar rivojlanishi va stasionar davolanishga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish imkoni yaratilgan. Statsionar davolash hamda qo‘shimcha tekshiruvlarga ehtiyojning kamayishi sharti bilan bir bemor uchun bir yil davomida 544 000 so‘m miqdorida ehtimoliy iqtisodiy samaradorlikka ega. Xulosa. OIN-index integral diagnostik indeksi va profilaktika algoritmini amaliyotga joriy etish semizlik bilan bog‘liq nefropatiyani erta aniqlash, yuqori xavfli bemorlarni maqsadli kuzatish, kasallik progressiyasini oldini olish va sog‘liqni saqlash tizimida xarajat-samaradorlik nisbatini yaxshilash imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish