Gafforov Xasan Shuhratovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumot.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Nutqiy gender stereotiplar hamda ularning ziddiyatli vaziyatlarda namoyon bo‘lishi” 10.00.11–Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2DSc/Fil1037.
Ilmiy maslahatchi: Turniyazova Shaxnoza Nematovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.08.07.
Rasmiy opponentlar: Muhamedova Saodat Xudayberdievna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Hakimov Muhammadjon Xo‘jaxolovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Raupova Laylo Raximovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ziddiyatli vaziyatlarda nutqiy gender stereotiplarning shakllanishi va ifodalanishini, ularning ayollar va erkaklarning nutqidagi farqlari hamda amalga oshiradigan vazifalari, shuningdek, ularning muloqot jarayoniga ta’sir ko‘rsatishini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ziddiyatli vaziyatlarda nutqiy gender stereotiplarning namoyon bo‘lish jarayoni tilshunoslik va gender tadqiqotlarining yangi yondashuvlari asosida dalillangan;
nutqiy gender stereotiplarning shakllanishi va ifodalari jamiyatdagi ijtimoiy va madaniy omillar bilan qanday bog‘langanligi ochib berilgan;
ziddiyatli vaziyatlarda nutqiy gender stereotiplarning turlari aniqlangan va ularning tilshunoslik nuqtayi nazaridan guruhlanishi isbotlangan;
ziddiyatli vaziyatlarda nutqiy gender stereotiplarning til va nutqdagi ijtimoiy funksiyalari aniqlangan va ularning jamiyatdagi gender rollariga ta’siri ochib berilgan;
ziddiyatli vaziyatlarda nutqiy gender stereotiplarning tilshunoslik nuqtayi nazaridan turli ijtimoiy guruhlar va madaniyatlar o‘rtasidagi farqlanishi dalillangan;
ayollar va erkaklar nutqidagi xususiyatlar solishtirilib, ziddiyatli vaziyatlarda gender stereotiplarning qanday farqlanib ifodalanishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nutqiy gender stereotiplar hamda ularning ziddiyatli vaziyatlarda namoyon bo‘lishini o‘rganish bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflaridan quyidagi loyihalarda foydalanilgan:
gender tilshunosligi borasida olib borilgan tadqiqotlarning nazariy tamoyillari ta’siri, nutqiy gender stereotiplar tushunchasi, ziddiyatli vaziyatlarda nutqiy gender stereotiplarning namoyon bo‘lishi jarayonini tilshunoslik va gender tadqiqotlarining yangi yondashuvlari asosida dalillanishi, ayol va erkak konseptining xalq og‘zaki ijodida hamda folklorshunoslik namunalarida aks etish tadriji hamda rivojlanish bosqichlari, gender konseptining lingvomadaniy xususiyatlariga doir qarashlariga bog‘liq ilmiy xulosalaridan O‘zRFA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 2017-2020-yillarda bajarilgan FA-F1-OO5-raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2025-yil 20-maydagi 289/1-son ma’lumotnomasi). Natijada ziddiyatli vaziyatlar diskurslarida qo‘llaniluvchi gender xususiyatli ayrim birliklarning o‘ziga xosliklari ochib berilgan;
nutqiy gender stereotiplarning lingvistik tabiatini tahlil qilish orqali ularning jamiyatdagi gender rollariga ta’siri, ziddiyatli nutqiy vaziyatlarda gender stereotiplarning aktualizatsiya qilinishi, ularning dialogik nutqdagi semantik va pragmatik shakllari, nutqiy ziddiyatlarda kuzatiladigan genderga xos til vositalarini tahlil qilish bo‘yicha olingan ilmiy-nazariy natijalar FZ-2016-09081165532 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 18-apreldagi 167-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyiha olib borilgan tadqiqotlarning tahlil qismida nutqdagi gender farqlar hamda ularning ziddiyatli vaziyatlardagi namoyon qiladigan xususiyatlari haqidagi xulosalarning mukammallashuviga erishilgan;
ziddiyatli diskurslarda erkak va ayol nutqining strategik farqlanishi pragmatik markerlarini aniqlanishi va dalillanishi, ijtimoiy va madaniy kontekstga bog‘liq ziddiyatli vaziyatlarda gender stereotiplarning kuchayishi yoki neytrallashuvi, muloqot jarayonida nutqiy ustunlikka erishish, qarshi tomonni cheklash yoki murosaga chaqirishga ziddiyatli vaziyatlar diskursini modellashtirish bo‘yicha olingan ilmiy-nazariy natijalar ishidan 2021 – 2024-yillarda “Musiqa va san’at muassasalari uchun “Bolalar raqsi” fanidan interaktiv o‘quv-metodik qo‘llanmalar yaratish” mavzusidagi F3-202003161-raqamli fundamental loyihani bajarishda, xususan, “O‘zbek bolalar raqslari, raqs liboslari va taqinchoqlari nomlarining o‘zbekcha-ruscha-inglizcha-fransuzcha qisqacha izohli lug‘ati”ni yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi O‘zbekiston davlat Xoreografiya Akademiyasining 2026-yil 6-yanvardagi 1/04-06-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyiha olib borilgan tadqiqotlarning tahlil qismida muloqot jarayonida nutqiy ustunlikka erishish, qarshi tomonni cheklash yoki murosaga chaqirishga qaratilgan genderga xos kommunikativ taktikalar haqidagi xulosalarning mukammallashuviga erishilgan;
ziddiyatli vaziyatlarda nutqiy gender stereotiplarning namoyon bo‘lishiga oid ilmiy xulosalardan, turli ijtimoiy guruhlar va madaniyatlar o‘rtasidagi farqlanishning gender stereotiplar orqali dalillanishi, ziddiyatli vaziyatlardagi nutqiy gender stereotiplarning lingvistik tasnifi hamda xususiyatlarni tadqiq qilishdan olingan ilmiy xulosalar Davlat ilmiy-texnika dasturi doirasidagi 2021–2023-yillarda bajarilgan PF-201912258 – O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish amaliy grant loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 30-sentabrdagi №01/4-4603-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu loyiha doirasida olib borilgan
tadqiqotlarning tahlil natijalari loyihada ishlab chiqilgan o‘zbek adabiy tahlilining morfologik analizatori uchun asosiy nazariy manba bo‘lib xizmat qilishi bilan birgalikda o‘zbek adabiyotining morfoleksikon bazasini boyitishda va madaniyatlararo nutqiy tafovutlarni hisobga olishda qo‘llanilgan;
ayollar va erkaklar nutqidagi xususiyatlarni solishtirish orqali ziddiyatli vaziyatlarda gender stereotiplarning qanday farqlanib ifodalanishi isbotlangan ilmiy qarashlar, ta’limiy korpusdagi dialog va matnlarni annotatsiyalash, nutqda stereotipik elementlarning aniqlanishi, ularning qo‘llanish chastotasi va semantik yukini ochib berishga oid ilmiy-nazariy xulosalar Davlat ilmiy-texnik dasturi doirasidagi 2020 – 2023-yillarda bajarilgan AM-F3-201908172 – O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish amaliy grant loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 30-sentabrdagi №01/4-4602-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyiha doirasida olib borilgan tadqiqotlarning tahlil natijalariga ko‘ra ziddiyatli vaziyatlarda muloqot jarayonida uchraydigan gender farqlar hamda ularning xususiyatlarini taqqoslash orqali o‘zbek tilning o‘ziga xosliklarini yanada mukammalroq tadqiq etishda muhim ahamiyat kasb etishi aniqlangan.
ziddiyatli vaziyatlarda boshlovchi va ishtirokchilar nutqida uchraydigan baholovchi, kinoyaviy va istehzoli ifodalarning gender stereotiplar bilan bog‘liqligi, erkak va ayol ishtirokchilarning ziddiyatli vaziyatlarga munosabat bildirish usullari, keskin nutqiy strategiyalari va bahs olib borish shakllariga oid ilmiy-nazariy xulosalaridan 2026-yilda O‘zbekiston Milliy Radiotelekompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlari ssenariysini yozish uchun foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Radiotelekompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2026-yil 6-yanvardagi № 26-36-05-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur eshittirishlarda ziddiyatli vaziyatlardagi ayol va erkak nutqlarining gender jihatdan farqlanishi, baholovchi va kinoyaviy ifodalarning kommunikativ vazifalari kengroq va aniqroq yoritilishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish