Eshonkulova Gulrux To‘rakulovnaning
falsafa fanlari doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumot. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ingliz va o‘zbek badiiy diskursida ma’noni implitsit ifodallashning kommunikativ strategiyalari”, 10.00.13 – Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik (filologiya).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Fil5167.
Ilmiy rahbar: Qosimova Nafisa Farhodovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.08.07.
Rasmiy opponentlar: Hamidova Muborak Hafizovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Sadullaeva Nilufar Azimovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor;
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek badiiy diskursida ma’noni implitsit ifodalashning kommunikativ strategiyalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
presuppozisiyaning antonimiya, darak gaplar, sof va ritorik so‘roq gaplar, ellipsis kabi lingvistik vositlar orqali yuzaga chiqishi chog‘ishtirilayotgan tillar uchun umumiylik kasb etishi, o‘zbek tilida presuppozisiyalar qo‘shimcha ravishda yuklama va ko‘makchilar, ingliz tilida esa maxsus fe’llar vositasida voqelanishi tillar o‘rtasidagi tafovutni aks ettirishi aniqlangan;
implitsit ma’noni voqelantirishga xizmat qiluvchi jumlalarning to‘liqsizligi, so‘zlarning tushirib qoldirilishi yoki qisqartirilishi kabi jihatlar faqatgina dialogik nutqqa xos bo‘lmay, balki monologik nutq kitobxonning kognitiv potensialiga tayangan holda markaziy personajning ekzistensial va egosentrik modelini idrok etishida muhim vosita ekanligi asoslangan;
kinoya, tanbeh va maqtov kabi implitsit baholovchi ifodalar ijobiy yoki salbiy baho berish bilan cheklanib qolmay, balki kinoya (ijtimoiy-psixologik masofa belgilash va tanqidni yumshoq shaklda yetkazish), tanbeh (uyaltirish, ogohlantirish, jamoaviy nazoratni amalga oshirish), maqtov (motivatsiya berish, ishonchni mustahkamlash yoki manipulyativ niyatlarni amalga oshirish) kabi yashirin kommunikativ strategiyalarni mujassamlashtirishi isbotlangan.
ingliz va o‘zbek badiiy diskursida implitsit ma’no ifodalashning kommunikativ strategiyalari kommunikativ maqsad, suhbatdoshlar munosabati, oshkoralik darajasi va baholash valentligi kabi to‘rt mezon asosida kooperativ, konfrontatsion, mitigatsiya va baholovchi-emotiv to‘rt funksional guruhga birlashtirilgan holda original konseptual model shaklida tasniflangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek badiiy diskursida ma’noni implitsit ifodalashning kommunikativ strategiyalari tadqiqini amalga oshirish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
presuppozisiyaning antonimiya, darak gaplar, sof va ritorik so‘roq gaplar, ellipsis kabi lingvistik vositlar orqali yuzaga chiqishi chog‘ishtirilayotgan tillar uchun umumiylik kasb etishi, o‘zbek tilida presuppozisiyalar qo‘shimcha ravishda yuklama va ko‘makchilar, ingliz tilida esa maxsus fe’llar vositasida voqelanishi tillar o‘rtasidagi tafovutni aks ettirishiga oid nazariy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2017-2020-yillarga bajarilgan OT-F1-030 “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyasini (7 jild) chop etish” mavzusidagi fundamental loyihasida foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 10-apreldagi 06/2239-son ma’lumotnomasi). Natijada implitsit ma’no kasb etgan birliklarning badiiy adabiyotni mutolaa qilish jarayonida muallifning kommunikativ maqsadini teran anglay olishga, milliy va jahon adabiyotlari madaniy ruhini idrok etishdagi rolini asoslashga xizmat qilgan;
implitsit ma’noni voqelantirishga xizmat qiluvchi jumlalarning to‘liqsizligi, so‘zlarning tushirib qoldirilishi yoki qisqartirilishi kabi jihatlar faqatgina dialogik nutqqa xos bo‘lmay, balki monologik nutq kitobxonning kognitiv potensialiga tayangan holda markaziy personajning ekzistensial va egosentrik modelini idrok etishida muhim vosita ekanligi bilan bog‘liq nazariy xulosalardan Toshkentdagi AQSh elchixonasi tomonidan moliyalshtirilgan SUZ80021IN3103-raqamli loyiha doirasida tashkil etilgan “Amerika adabiyoti klubi”da o‘tkazilgan Jon Steynbek, Frensis Skott Fitsjerald va Ernest Xeminguey kabi amerika yozuvchilarining adabiy mahorati tahliliga bag‘ishlangan ilmiy-ijodiy tadbirlarda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2025-yil 10-apreldagi 06/2239-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha ishtirokchilari va mutaxassislarining o‘zbek va ingliz tillarida qo‘llaydigan bilimlarini oshirishga, matnlarning leksik, lingvopragmatik xususiyatlarini til o‘zlashtirish asosi sifatida talqin etishga imkon bergan;
kinoya, tanbeh va maqtov kabi implitsit baholovchi ifodalar ijobiy yoki salbiy baho berish bilan cheklanib qolmay, balki kinoya (ijtimoiy-psixologik masofa belgilash va tanqidni yumshoq shaklda yetkazish), tanbeh (uyaltirish, ogohlantirish, jamoaviy nazoratni amalga oshirish), maqtov (motivatsiya berish, ishonchni mustahkamlash yoki manipulyativ niyatlarni amalga oshirish) kabi yashirin kommunikativ strategiyalarni mujassamlashtirishiga doir xulosalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasida “Assalom, Buxoro”, “Ayol va jamiyat” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyat teleradiokampaniyasining 2025-yil 20-apreldagi 02-09-266-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashtirilib, ilmiy dalillarga boy bo‘lishiga erishilgan va ko‘rsatuvning ilmiy-ommabopligi ta’minlangan.