Eshboltaev Bobur Jo‘raevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek bolalar reklama matnlarining sotsiopragmatik va psixolingvistik tadqiqi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Fil6451.
Ilmiy rahbar: Yarashova Nasiba Jumaevna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.10.05 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Umarova Nargiza Rustamovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Sobirova Dilnoza Rasulovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek bolalar reklama matnlarining shakllanish tamoyillari, tuzilishi, tarkibi, sotsiopragmatik va psixolingvistik xususiyatlarini asoslash, ularning til birliklari, kommunikativ strategiyalari va ta’sir mexanizmlarini ilmiy baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘zbek tilidagi bolalar reklama matnlarining ta’limiy, ijtimoiy-madaniy, tashkiliy, iqtisodiy, boshqaruv funksiyalari asoslangan hamda ushbu matnlarning sotsiopragmatik va psixolingvistik xususiyatlari adresant-matn-adresat uchligi asosida ochib berilgan;
o‘zbek bolalar reklama matnlarida deyktik birliklarning voqelanishi, deyktik birliklar orqali shaxs, predmet, zamon, ijtimoiy muhit kabilarga ishora qilinishi asoslab berilgan, bolalar reklama matnlarida xabar, so‘roq, iltimos, buyruq, nasihat, yalinish, kechirim, maqtov, maslahat kabi nutqiy aktlarning qo‘llanishi tahlil qilinib, ularning yosh, jins, ijtimoiy rol va ijtimoiy mavqe singari ekstralingvistik omillar asosida ijtimoiy xoslanishi dalillangan;
o‘zbek bolalar reklama matnlarining psixolingvistik xususiyatlari tahlil qilinib, tipologik jihatdan perseptiv, mifologik, ijtimoiy-statusli kabi turlarga ajratilgan, bolalar auditoriyasi uchun mo‘ljallangan reklamalarda alliteratsiya, assonans, tovush takrori, onomatopeya kabi fonografik vositalarning qo‘llanilishi (shirin, shokolad, shodon, shiribo-bo-pompom, zi-zi, yordam beradi) dalillanib, psixolingvistik ta’sir usullari (kognitiv engillik va ritmik ta’sir, sezgilar mutanosibligi va tug‘ma hislarni harakatga keltirish, hissiy jonlantirish va ichki kechinmalarni ko‘chirish, ijtimoiy identifikatsiya va verbal guruh bosimi, bolaning xulq-atvorini boshqarish)ni e’tiborga olish zarurati ilmiy asoslangan;
milliy til xususiyatlari, madaniy kodlar va bolalar psixologiyasiga tayanib, o‘zbek bolalar folklorining ritmik tuzilmalari (topishmoqlar, tez aytishlar, ohangdor takrorlar) reklama matnida uyg‘unlashtirilgan hamda bolalarda yaqinlik hissini kuchaytiruvchi milliy ramzlardan (alla, beshik, do‘ppi, quyosh, oy, non, sumalak, laylak) foydalanilgan. Mazkur xususiyatlarning o‘zaro integratsiyasi hamda bolalar reklama diskursining sotsiopragmatik, psixolingvistik va lingvomadaniy qonuniyatlari asosida O‘zbek iston media-reklama makonining ijtimoiy-madaniy va kommunikativ-pragmatik talablariga mos keluvchi “O‘zbek milliy bolalar reklama kommunikativ modeli” (O‘MBRKM) ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek bolalar reklama matnlarining sotsiopragmatik hamda psixolingvistik xususiyatlarini tahlil qilish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek tilidagi bolalar reklama matnlarining ta’limiy, ijtimoiy-madaniy, tashkiliy, iqtisodiy, boshqaruv funksiyalari asoslangan hamda ushbu matnlarning sotsiopragmatik va psixolingvistik xususiyatlari adresant-matn-adresat uchligi asosida ochib berilgan hamda o‘zbek bolalar reklama matnlarida deyktik birliklarning voqelanishi, deyktik birliklar orqali shaxs, predmet, zamon, ijtimoiy muhit kabilarga ishora qilinishi asoslab berilgan, bolalar reklama matnlarida xabar, so‘roq, iltimos, buyruq, nasihat, yalinish, kechirim, maqtov, maslahat kabi nutqiy aktlarning qo‘llanishi tahlil qilinib, ularning yosh, jins, ijtimoiy rol va ijtimoiy mavqe singari ekstralingvistik omillar asosida ijtimoiy xoslanishi dalillanganligiga oid xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2025-yilda bajarilgan “Qoraqalpoq va o‘zbek adabiy janrlarining uyg‘unlikda rivojlanishi (2002–2012-yillar nasr, she’riyat, dramaturgiya janrlari misolida)” mavzusidagi fundamental tadqiqotni bajarishda foydalanilgan (O‘zbek iston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2025-yil 5-sentabrdagi 767/1-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotda asoslangan o‘zbek bolalar reklama matnlarining sotsiopragmatik va psixolingvistik xususiyatlari borasidagi ilmiy-nazariy qarashlar qoraqalpoq bolalar reklama matnlari bilan chog‘ishtirilib, fundamental loyihaning mukammallashuviga xizmat qilgan;
o‘zbek bolalar reklama matnlarining psixolingvistik xususiyatlari tahlil qilinib, tipologik jihatdan perseptiv, mifologik, ijtimoiy-statusli kabi turlarga ajratilgan, bolalar auditoriyasi uchun mo‘ljallangan reklamalarda alliteratsiya, assonans, tovush takrori, onomatopeya kabi fonografik vositalarning qo‘llanilishi (shirin, shokolad, shodon, shiribo-bo-pompom, zi-zi, yordam beradi) dalillanib, psixolingvistik ta’sir usullari (kognitiv engillik va ritmik ta’sir, sezgilar mutanosibligi va tug‘ma hislarni harakatga keltirish, hissiy jonlantirish va ichki kechinmalarni ko‘chirish, ijtimoiy identifikatsiya va verbal guruh bosimi, bolaning xulq-atvorini boshqarish)ni e’tiborga olish zarurati ilmiy asoslanganligiga oid nazariy qarashlardan 2024-2025-yillarda amalga oshirilgan “Hozirgi qoraqalpoq tilidagi so‘z yasalish tizimining nazariy asoslari” mavzusidagi fundamental tadqiqotni bajarishda foydalanilgan (O‘zbek iston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2025-yil 5-sentabrdagi 768/1-son ma’lumotnomasi). Natijada fundamental loyiha o‘zbek va qoraqalpoq bolalar reklama matnlarining qiyosiy tahlili orqali ijtimoiy-demografik hamda psixografik xususiyatlariga doir ilmiy xulosalar bilan boyigan;
milliy til xususiyatlari, madaniy kodlar va bolalar psixologiyasiga tayanib, o‘zbek bolalar folklorining ritmik tuzilmalari (topishmoqlar, tez aytishlar, ohangdor takrorlar) reklama matnida uyg‘unlashtirilgan hamda bolalarda yaqinlik hissini kuchaytiruvchi milliy ramzlardan (alla, beshik, do‘ppi, quyosh, oy, non, sumalak, laylak) foydalanilgan. Mazkur xususiyatlarning o‘zaro integratsiyasi hamda bolalar reklama diskursining sotsiopragmatik, psixolingvistik va lingvomadaniy qonuniyatlari asosida O‘zbek iston media-reklama makonining ijtimoiy-madaniy va kommunikativ-pragmatik talablariga mos keluvchi “O‘zbek milliy bolalar reklama kommunikativ modeli” (O‘MBRKM) ishlab chiqilganligiga oid nazariy xulosalardan 2022–2024-yillarda Yaponiyaning Osiyo va Tinch okeani mintaqalari nomoddiy madaniy meros xalqaro tadqiqot markazi (IRCI) tomonidan moliyalashtirilgan APC2C/10-sonli “Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish uchun tadqiqot ma’lumotlarining barqaror to‘plami: Markaziy Osiyo va kichik orol rivojlanayotgan davlatlar misolida (2022–2024 Fickal Year)” nomli xalqaro tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (“Umrboqiy meros” O‘zbek iston madaniyati va san’ati targ‘ibot markazining 2025-yil 10-sentabrdagi ML-01/01-84-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan “O‘zbek milliy bolalar reklama kommunikativ modeli”ga asoslangan ilmiy qarashlar o‘zbek bolalar reklama matnlarining kommunikativ samaradorligini oshirish va reklama amaliyotining takomillashuvini ta’minlagan.