Rajabboev Asror Alisherovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Agressiv xulq-atvorli o‘smirlar ijtimoiylashuvini rivojlantirishning pedagogik-psixologik mexanizmlari”. 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/P1308.
Ilmiy rahbar: Olimov Laziz Yarashevich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.P.08.10.
Rasmiy opponentlar: Safarov Dilmurod Xalimovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Ashurov Ramziddin Ramazonovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi agressiv xulq-atvorli o‘smirlar ijtimoiylashuvini rivojlantirishning pedagogik-psixologik mexanizmlarini aniqlash va zarur tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
agressiv o‘smirlarning ijtimoiylashuvida adaptiv xususiyatlardan boshqalarni qabul qilish kommunikativ qobiliyatlar va empatiyani, emotsional komfort esa kooperatsiya va ijtimoiy identifikatsiyani kuchli namoyon bo‘lishiga olib kelganligi tufayli shaxsdagi ijobiy hisssiyotlarning ijtimoiy ko‘nikmalarga integrativ rivojlanishi ustuvor xarakterga ega ekanligi dalillangan;
agressiv o‘smirlarning ijtimoiylashuvida o‘zaro munosabatlardagi jismoniy agressiya konfliktogenlikni oshirib, negativizm esa kooperatsiya hamda ijtimoiy identifikatsiyaning sust ifodalanishiga intensiv ta’sir etuvchi individual prediktor ekanligiga asoslanib, tajanglik psixologik barer sifatida isbotlangan;
agressiv o‘smirlarning ijtimoiylashuviga xavotirlanish darajasining ta’siri natijasida ta’limdagi o‘zaro dixotomik ta’sirga ega bo‘lgan “pedagog-o‘smir”, “o‘smir-o‘smir” diadasidagi munosabatlarning negativ rakursda kechishi kommunikativ qobiliyatlar va empatiyaning pasayishiga olib kelib, ijtimoiy identifikatsiyaning shaxsni o‘ziga beradigan baho bilan bog‘liq tashvishlanishni kuchaytirganligi tufayli shaxslararo munosabatlardagi xavotirlanishning ustuvor xarakterga ega ekanligi dalillangan;
agressiv o‘smirlarning ijtimoiylashuvini ta’minlashda emotsional ta’sirchanlik, murosasizlik, g‘azab, boshqalarning fikrini qabul qilmaslik sifatlarini kommunikativ qobiliyat, empatiya, ijtimoiy identifikatsiyani rivojlantirish orqali bartaraf etish muhimligi tufayli konfliktogenlik xususiyatlariga korreksion ta’sir etish zarurati isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Agressiv xulq-atvorli o‘smirlar ijtimoiylashuvini rivojlantirishning pedagogik-psixologik mexanizmlari” yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
agressiv o‘smirlarning ijtimoiylashuvida adaptiv xususiyatlardan boshqalarni qabul qilish kommunikativ qobiliyatlar va empatiyani, emotsional komfort esa kooperatsiya va ijtimoiy identifikatsiyani kuchli namoyon bo‘lishiga olib kelganligi tufayli shaxsdagi ijobiy hissiyotlarning ijtimoiy ko‘nikmalarga integrativ rivojlanishi ustuvor xarakterga ega ekanligi dalillangan ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi PM-376-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 16-iyundagi PM-376a-son ma’lumotnomasi). Natijada agressiv o‘smirlarni ijtimoiylashuviga ta’sir etuvchi omillarni aniqlashtirish imkoniyati yaratilgan;
agressiv o‘smirlarning ijtimoiylashuvida o‘zaro munosabatlardagi jismoniy agressiya konfliktogenlikni oshirib, negativizm esa kooperatsiya hamda ijtimoiy identifikatsiyaning sust ifodalanishiga intensiv ta’sir etuvchi individual prediktor ekanligiga asoslanib, tajanglik psixologik barer sifatida isbotlangan ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi PM-376-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 16-iyundagi PM-376a-son ma’lumotnomasi). Natijada agressiv o‘smirlarning ijtimoiylashuviga ta’sir etuvchi shaxs xususiyatlarining ta’sirini tadqiq qilish imkoniyati yaratilgan;
agressiv o‘smirlarning ijtimoiylashuviga xavotirlanish darajasining ta’siri natijasida ta’limdagi o‘zaro dixotomik ta’sirga ega bo‘lgan “pedagog-o‘smir”, “o‘smir-o‘smir” diadasidagi munosabatlarning negativ rakursda kechishi kommunikativ qobiliyatlar va empatiyaning pasayishiga olib kelib, ijtimoiy identifikatsiyaning shaxsni o‘ziga beradigan baho bilan bog‘liq tashvishlanishni kuchaytirganligi tufayli shaxslararo munosabatlardagi xavotirlanishning ustuvor xarakterga ega ekanligi dalillangan ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi PM-376-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 16-iyundagi PM-376a-son ma’lumotnomasi). Natijada agressiv o‘smirning ijtimoiylashuviga xavotirlanish darajasining ta’sirini tadqiq qilish imkoniyati yaratilgan;
agressiv o‘smirlarning ijtimoiylashuvini ta’minlashda emotsional ta’sirchanlik, murosasizlik, g‘azab, boshqalarning fikrini qabul qilmaslik sifatlarini kommunikativ qobiliyat, empatiya, ijtimoiy identifikatsiyani rivojlantirish orqali bartaraf etish muhimligi tufayli konfliktogenlik xususiyatlariga korreksion ta’sir etish zarurati isbotlangan ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi PM-376-son buyrug‘i bilan “Psixokorreksiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 16-iyundagi PM-376a-son ma’lumotnomasi). Natijada agressiv o‘smirlarni ijtimoiylashuvi ta’sirlashning pedagogik-psixologik mexanizmlari ochib berilgan va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish