Ulashov Aliboy Rashid o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Aksiyadorlik jamiyatlarida investisiya loyihalari samaradorligini baholash usullarini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt2996.
Ilmiy rahbar: Xamdamov Omonullo Ne’matullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.05.
Rasmiy opponentlar: Xaydarov Nizamiddin Xamraevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Oblomuradov Narzullo Naimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: aksiyadorlik jamiyatlarida investisiya loyihalarining iqtisodiy samaradorligini baholash usullarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
pul oqimlarini operatision va investisiya faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha ajratish asosida diskontlashning sof joriy qiymati (NPV)ni aniqlash usulini o’zgartirish, foyda solig‘ini hisobga olgan holda ularni kredit foiz stavkasi bo‘yicha diskontlash hamda aksiyadorlar kutayotgan foyda normasini va investisiya loyihalarini moliyalashtirish manbalari tarkibini inobatga olgan holda operatsion va investisiya faoliyati natijasida paydo bo‘ladigan pul oqimlarini hisoblash metodikasi takomillashtirilgan;
investisiya loyihalarida mavjud risklarni baholash va ularning pul oqimlariga ta’sirini aniqlash maqsadida MVA Method (Multivariate Averaging Method) asosida investisiya risklarning integral ko‘rsatkichlarini shakllantirish hamda risk darajasiga mos ravishda diskont stavkasiga moslashtiruvchi koeffitsientlarni qo‘llash orqali investisiya loyihalari pul oqimlarini diskontlash mexanizmini takomillashtirish taklif etilgan;
EVA (Economic Value Added) usulini investisiya loyihalarining iqtisodiy samaradorligini baholash jarayoniga tadbiq etish asosida jamiyatning investisiya loyihalari portfeli tarkibida yuqori rentabelli investisiya loyihalari ulushini 30-32 foizga oshirish zarurligi asoslangan;
investisiya loyihalarining iqtisodiy samaradorligini baholash va uni hisoblash mexanizmini takomillashtirish ko‘p omilli regressiya modellaridan foydalanishga asoslangan, iqtisodiy samaradorlikni kompleks tarzda aniqlash imkonini beruvchi uch bosqichli metodik tartibi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijasida aksiyadorlik jamiyatlarida investisiya loyihalarining iqtisodiy samaradorligini baholash usullarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
pul oqimlarini operatision va investisiya faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha ajratish asosida diskontlashning sof joriy qiymati (NPV)ni aniqlash usulini o’zgartirish, foyda solig‘ini hisobga olgan holda ularni kredit foiz stavkasi bo‘yicha diskontlash hamda aksiyadorlar kutayotgan foyda normasini va investisiya loyihalarini moliyalashtirish manbalari tarkibini inobatga olgan holda operatsion va investisiya faoliyati natijasida paydo bo‘ladigan pul oqimlarini hisoblash metodikasi takomillashtirish taklifi “Jizzax don mahsulotlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amaliyotga joriy qilingan (“Jizzax don mahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatining 2024-yil 20-maydagi 174-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2024-2026 yillarda tarmoqlar va hududlar kesimida maqsadli aksiyadorlik jamiyatining investisiya loyihalarii portfelining tahliliga ko‘ra investisiya loyihalarining tanlovini o’tkazish natijasida loyihalarni tanlashning asosiy mezoni eng qisqa qoplanish muddati ekanligi, shuningdek, investisiyalarga yo‘naltirilgan pul oqimlarini diskontlash asosida investisiyalarning qoplanish muddatini aniqlilik darajasini 92 foizgacha yetkazish imkoni yaratilgan;
aksiyadorlik jamiyatlari uchun investisiya loyihani baholashda risklarni hisobga olish katta ahamiyatga ega. MVA Method (Multivariate Averaging Method) metodidan foydalangan holda investisiya risklarning integral ko‘rsatkichlarini birlashtirish yo‘li bilan hisoblangan investisiya loyihalarining pul oqimlarining diskont stavkasiga mos koeffitsientni ajratish orqali ularning ta’sirini hisobga olish taklifi “Jizzax don mahsulotlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amaliyotga joriy qilingan (“Jizzax don mahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatining 2024-yil 20-maydagi 174-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida, “Jizzax don mahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatining foiz stavkalar, inflyasiya darajasi va valyuta ayirboshlash kurslarini inobatga olgan uzoq muddatli investisiya loyihalari muddatini 5 yildan 4 yilga qisqartirish asosida investisiya faoliyat samaradorligi 1,4 barobarga oshishini prognoz qilishga erishilgan.
jamiyatda investisiya loyihalarini tanlash va ularning iqtisodiy samaradorligini baholash tizimini shakllantirish muammolarini amaliy o’rganib chiqish, belgilangan usullarni hisobga olgan holda investisiya loyihalarini amalga oshirishdan olingan natijalarni tahlil qilishga doir taklifi “Jizzax don mahsulotlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amaliyotga joriy qilingan (“Jizzax don mahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatining 2024-yil 20-maydagi 174-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida, jamiyatning prognoz qilishning iqtisodiy qo‘shilgan qiymat usulini qo‘llash orqali investisiya loyihalari miqdorini 30-32 foizga oshirish hamda investisiya strategiyaning muddati va talab etiladigan investisiyaning miqdori o’rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashga erishilgan.
investisiya loyihalarining iqtisodiy samaradorligini baholash va uni hisoblash mexanizmini takomillashtirish ko‘p omilli regressiya modellaridan foydalanishga asoslangan, iqtisodiy samaradorlikni kompleks tarzda aniqlash imkonini beruvchi uch bosqichli metodik tartibi ishlab chiqish taklifi “Jizzax don mahsulotlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amaliyotga joriy qilingan (“Jizzax don mahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatining 2024-yil 20-maydagi 174-son ma’lumotnomasi). Hisoblash mexanizmini takomillashtirish maqsadida ko‘p omilli regressiya modellaridan foydalangan holda investisiya loyihalarining iqtisodiy samaradorligini baholash bo‘yicha jamiyatning tavsiyalari ishlab chiqilgan bo‘lib, ular diskontlashning sof joriy qiymati, investisiyalar rentabelligi, foydaning ichki me’yori va qoplanish muddatiga ta’sirini aniqlashga imkon berishi hamda ko‘p omilli regressiya modellari asosida investisiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish bosqichida ularning iqtisodiy samaradorligiga ta’sir qiluvchi eng muhim omillarni aniqlashga erishilgan.