Sayt test rejimida ishlamoqda

Jalalov Ravshanbek Maxmudxanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gidrogenizatsiyalangan amorf kremniyning spektral xarakteristikalarini shakllanish xususiyatlari», 01.04.10–Yarimo‘tkazgichlar fizikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/FM260.
Ilmiy rahbar: Zaynabidinov Sirojidin Zaynabidinovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti qoshidagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.30.08.2018.FM./T.01.12.
Rasmiy opponentlar: Ismaylov Kanatbay Abdreymovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Otajonov Salim Madraximovich, fizika-matematika fanlari doktori.
Etakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika  universiteti.  
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy  ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gidrogenizatsiyalangan amorf kremniyning spektral xarakteristikalarini shakllanish xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor elektronlarni ruxsat etilmagan to‘g‘ri o‘tishlari uchun harakatchanlik tirqishining optik kengligi zonalar chegarasidagi lokallashmagan elektron holatlari zichligi funksiyalari ko‘rinishiga bog‘liq bo‘lishi ko‘rsatilgan;
ilk bor elektronlarni ruxsat etilgan va ruxsat etilmagan noto‘g‘ri optik o‘tishlari uchun harakatchanlik tirqishining optik kengligi zonalar chegarasidagi lokallashmagan elektron holatlari zichligi funksiyalari ko‘rinishiga bog‘liq emasligi aniqlangan;
amorf yarimo‘tkazgich namunalarining ruxsat etilgan zonalari dumlarida joylashgan lokallashgan holatlar ishtirokidagi elektron o‘tishlari bilan aniqlanadigan yutilish koeffisienti spektrlardan Urbax energiyasi qiymatini ruxsat etilgan zonalarning dumlaridan biridagi lokallashgan elektron holatlari zichligining aniqlovchi parametr bilan aniqlanishi ko‘rsatilgan;
amorf yarimo‘tkazgich namunalarining struktura to‘ridagi uzilgan bog‘lanishlardagi (nuqsonlar, kirishmalar) elektron holatlari ishtirok etuvchi elektron o‘tishlari uchun aniqlangan spektrlardan nuqsonlarni energetik o‘rnini aniqlash mumkinligi asoslangan;
ilk bor infraqizil yutilish spektrlarida kuchli yutilish sohalarini hosil bo‘lish shartlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Gidrogenizatsiyalangan amorf kremniyning spektral xarakteristikalarini shakllanish xususiyatlarini aniqlash asosida:
infraqizil yutilish spektrlarida kuchli yutilish sohalarini hosil bo‘lish shartlarini aniqlanish bo‘yicha olingan natijalar «FOTON» aksionerlik jamiyatida ishlab chiqarilayotgan yarimo‘tkazgich elektron qurilmalar tayyorlashda foydalanilgan («O‘zeltexsanoat»  aksiyadorlik kompaniyasining 2019 yil  2 iyuldagi  281-con ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish tajribaviy namunalarda elektron texnik asboblarning elektrofizik parametrlarini yaxshilash imkonini bergan;
elektronlarni ruxsat etilmagan to‘g‘ri o‘tishlari uchun harakatchanlik tirqishining optik kengligi zonalar chegarasidagi lokallashmagan elektron holatlari zichligi funksiyalari ko‘rinishiga bog‘liq bo‘lishi hamda elektronlarni ruxsat etilgan va ruxsat etilmagan noto‘g‘ri optik o‘tishlari uchun harakatchanlik tirqishining optik kengligi zonalarning chegarasidagi lokallashmagan elektron holatlari zichligi funksiyalari ko‘rinishiga bog‘liq bo‘lmasligi bo‘yicha olingan natijalar F2-OT-O-15494 raqamli «Kvant nuqtali getero va nanotuzilmalardagi eksitonlarni, polyaronlarni, bipolyaronlarni va ko‘chish hodisalarini tadqiq etish asosida nurlagichlar, fotoelementlar va boshqa turdagi optoelektron asboblarning samaradorligini yaxshilash» fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 16 iyuldagi 89-03-2787-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish  kuchli legirlangan yarimo‘tkazgichlarni  taqiqlangan zonasi kengligini aniqlash imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish