Babamatov Tolib Xakimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Islomiy moliyaviy xizmatlarni amaliyotga joriy qilish yo‘llarini takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt5043.
Ilmiy rahbar: Xudoyqulov Xurshid Xurramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.01
Rasmiy opponentlar: Mo‘minova Ma’suda Baxtiyarovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Valiev Bobur Botirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda islomiy moliyaviy xizmatlarni amaliyotga joriy etishning nazariy asoslarini o‘rganish hamda xorijiy tajriba asosida takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
islomiy moliyaviy xizmatlarni shariatga muvofiqligini ta’minlash orqali moliyaviy barqarorlikni saqlash va samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi ko‘p pog‘onali nazorat taklifi ishlab chiqilgan;
islomiy moliyaviy xizmatlarni amalga oshirishda moliyalashtirish obektlari va operatsiya turlariga nisbatan cheklovlar joriy etish orqali shariatga zid risklarni kamaytirish taklifi asoslangan;
islomiy moliya operatsiyalari islomiy moliya standartlariga muvofiq holda foydani taqsimlash sharti asosida mijozni moliyalashtirish va pul mablag‘larini investisiyaviy omonatlarga jalb etish taklifi ishlab chiqilgan;
islomiy moliya operatsiyalarining moliyalashtirish portfelidagi ulushini belgilangan muddatda 70 foizga yetkazish talabini joriy etish orqali mikromoliya banklarining kredit va islomiy moliya portfelini maqsadli yo‘naltirish taklifi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasida islomiy moliyaviy xizmatlarni amaliyotga joriy qilish yo‘llarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
islomiy moliyaviy xizmatlarni shariatga muvofiqligini ta’minlash orqali moliyaviy barqarorlikni saqlash va samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi ko‘p pog‘onali nazorat bo‘yicha taklifi ATB «O‘zbekiston sanoat - qurilish» banki tomonidan amaliyotga joriy etilgan (ATB «O‘zbekiston sanoat - qurilish» bankining 2026-yil 6-yanvardagi 1-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida islomiy moliya operatsiyalarida shariatga zid risklar kamaytirilib, moliyaviy operatsiyalarning shaffofligi, risklarni boshqarish samaradorligi hamda moliya tashkilotlarining barqaror faoliyati ta’minlanishiga xizmat qilgan;
islomiy moliyaviy xizmatlarni amalga oshirishda moliyalashtirish obektlari va operatsiya turlariga nisbatan cheklovlar joriy etish orqali shariatga zid risklarni kamaytirish taklifi ATB «O‘zbekiston sanoat - qurilish» banki tomonidan amaliyotga joriy etilgan (ATB «O‘zbekiston sanoat - qurilish» bankining 2026-yil 6-yanvardagi 1-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida islomiy moliya operatsiyalarida ribo, g‘aror va maysir elementlarining yuzaga kelish riski pasaytirilib, moliyalashtirishning maqsadliligi, shaffofligi va barqarorligi ta’minlanishiga xizmat qilgan;
islomiy moliya operatsiyalari islomiy moliya standartlariga muvofiq holda foydani taqsimlash sharti asosida mijozni moliyalashtirish va pul mablag‘larini investisiyaviy omonatlarga jalb etish taklifi ATB «O‘zbekiston sanoat - qurilish» banki tomonidan amaliyotga joriy etilgan (ATB «O‘zbekiston sanoat - qurilish» bankining 2026-yil 6-yanvardagi 1-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida moliyalashtirish jarayonlarida foizsiz daromadlar oshishiga olib kelib, investisiyaviy resurslar jalb etish samaradorligi oshirilgan hamda moliya tashkilotlarining barqarorligi ta’minlanishiga xizmat qilgan;
islomiy moliya operatsiyalarining moliyalashtirish portfelidagi ulushini belgilangan muddatda 70 foizga yetkazish talabini joriy etish orqali mikromoliya banklarining kredit va islomiy moliya portfelini maqsadli yo‘naltirish taklifi ATB «O‘zbekiston sanoat - qurilish» banki tomonidan amaliyotga joriy etilgan (ATB «O‘zbekiston sanoat - qurilish» bankining 2026-yil 6-yanvardagi 1-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida mikromoliya banklarining moliyalashtirish faoliyati tadbirkorlik subektlari va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilib, portfel tuzilmasining barqarorligi, risklarni boshqarish samaradorligi hamda moliyaviy inklyuziya darajasi oshirilgan.