Mirzaev Komiljon Abdullajonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qurilish materiallari sanoati korxonalarida buxgalteriya hisobi va auditini takomillashtirish», 08.00.08 - “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt3821.
Ilmiy rahbar: Maxmudov Azamat Normuradovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.01.
Rasmiy opponentlar: Xolbekov Rasul Olimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Dadabaev Shavkat Hamidovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qurilish materiallari sanoati korxonalarida buxgalteriya hisobi va auditini takomillashtirishga doir ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarda tabiatni muhofaza qilishga xizmat qiluvchi uzoq muddatli moddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymati, harakati, eskirishi va foydalanish samaradorligini alohida hisobga olish maqsadida 0100-“Asosiy vositalar” sintetik hisobvarag‘i tarkibida 0192-“Atmosferani muhofaza qilishning asosiy vositalari” va 0193-“Ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilaridan muhofaza qilishning asosiy vositalari” subhisobvaraqlariga asoslangan ko‘p bosqichli sintetik-analitik hisob tizimi ishlab chiqilgan;
ekologik yo‘nalishdagi kapital loyihalarga jalb etilgan davlat dasturlari, korxonaning o‘z mablag‘lari va kredit resurslarini moliyalashtirish manbai, texnologik jarayon hamda investisiya obekti kesimida alohida hisobga olish maqsadida 8540-“Ekologik investisiya xarajatlarini moliyalashtirish” hisobvarag‘i tarkibida 8541-“Tog‘-kon jarayonlari ekologik investisiyalari”, 8542-“Maydalash-saralash bo‘limi ekologik investisiyalari” va 8543-“Sement ishlab chiqarishdagi ekologik investisiyalar” subhisobvaraqlariga asoslangan hisob modeli taklif etilgan;
qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarida ekologik aktivlarning iqtisodiy samaradorligi, amortizatsiya yuklamasi, foydalanish xarajatlari va ular bilan bog‘liq kelgusi majburiyatlarni o‘zaro bog‘liqlikda baholash maqsadida 9430-“Ekologik aktivlar amortizatsiya xarajatlari” hamda 8920-“Ekologik aktivlar xarajatlari bo‘yicha rezervlar” hisobvaraqlariga asoslangan auditorlik baholash mexanizmi ishlab chiqilgan;
qurilish materiallari sanoati korxonalarida auditorlik riskini aniqlashning an’anaviy tekshiruv usullarini iqtisodiy-statistik modellashtirish vositalari bilan birlashtiruvchi gibrid tahliliy-audit yondashuvi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qurilish materiallari sanoati korxonalarida buxgalteriya hisobi va auditini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Qurilish materiallari sanoati korxonalarida ekologik xavfsizlikni ta’minlash jarayonida atmosferani muhofaza qilish va ishlab chiqarish hamda iste’mol chiqindilaridan muhofaza qilishga xizmat qiluvchi asosiy vositalarni uzoq muddatli moddiy aktivlar tarkibida alohida nazorat qilishga qaratilgan 0100-“Asosiy vositalar” sintetik schyoti negizida 0192-“Atmosferani muhofaza qilishning asosiy vositalari” va 0193-“Ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilaridan muhofaza qilishning asosiy vositalari” subschyotlari asosidagi hisob tizimi ishlab chiqilganligi bo‘yicha taklifi O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi Sirdaryo viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi Sirdaryo viloyat hududiy boshqarmasining 2026-yil 10-apreldagi SR-11/485-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga tatbiq etish natijasida qurilish materiallari sanoati korxonalarida ekologik xavfsizlikka doir barcha asosiy vositalar bo‘yicha ma’lumotlarni yagona sintetik va analitik kesimda yuritish imkoniyati shakllanib, bu esa ekologik majburiyatlarni to‘liq aks ettirish, hisob siyosatini standartlashtirish, real vaqt rejimida nazoratni kuchaytirish va boshqaruv qarorlarini ekologik ko‘rsatkichlar bilan uzviy integratsiyalash uchun tahliliy asos yaratishga xizmat qilgan;
Qurilish materiallari sanoati korxonalarida ekologik loyihalarni moliyalashtirish jarayonida davlat dasturlari, o‘z mablag‘lari va kredit manbalarining ulushini aniq ajratib ko‘rsatishga qaratilgan 8540-“Ekologik investisiya xarajatlarini moliyalashtirish” schyoti hamda uning
8541-“Tog‘-kon jarayonlari ekologik investisiyalari”, 8542-“Maydalash-saralash bo‘limi ekologik investisiyalari”, 8543-“Sement ishlab chiqarishdagi ekologik investisiyalar” subschyotlari asosidagi ilmiy asoslangan model ishlab chiqilganligi bo‘yicha taklifi O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi Sirdaryo viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi Sirdaryo viloyat hududiy boshqarmasining 2026-yil
10-apreldagi SR-11/485-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga tatbiq etish natijasida qurilish materiallari sanoati korxonalarida ekologik investisiyalarni moliyalashtirish mexanizmlari samaradorligini baholashning alohida tizimi shakllantirib, ekologik loyihalarni moliyalashtirishda davlat dasturlari, korxonaning ichki resurslari va kredit mablag‘larining ulushini aniq hisoblashga imkon yaratgan;
Qurilish materiallari sanoati korxonalarida ekologik aktivlarning iqtisodiy samaradorligini baholash, ularning amortizatsiya yukini tahlil qilish hamda majburiyatlarni shartli va aniq turkumlarga ajratib ko‘rsatishga qaratilgan 9430-“Ekologik aktivlar amortizatsiya xarajatlari” va 8920-“Ekologik aktivlar xarajatlari bo‘yicha rezervlar” schyotlari asosidagi kompleks audit yondashuvi ishlab chiqilganligi bo‘yicha taklifi O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi Sirdaryo viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi Sirdaryo viloyat hududiy boshqarmasining 2026-yil 10-apreldagi SR-11/485-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga tatbiq etish natijasida ekologik aktivlarning samaradorligi va ularga bog‘liq xarajatlarni to‘liq aks ettirish, amortizatsiya yukini real vaqt rejimida tahlil qilish, shuningdek majburiyatlarni shartli va aniq turkumlarga ajratib ko‘rsatish imkoniyati shakllanib, bu esa moliyaviy hisobotlarning haqqoniyligini oshirish, hisob siyosatini standartlashtirish va boshqaruv qarorlarini ilmiy asoslash uchun zarur tahliliy bazani yaratishga xizmat qilgan.
Qurilish materiallari sanoati korxonalarida xarajatlarning ekologik va ijtimoiy tarkibiy qismlarini alohida ajratgan holda ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv talablariga mos keluvchi namunaviy hisobotlar ishlab chiqilganligi bo‘yicha taklifi O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi Sirdaryo viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi Sirdaryo viloyat hududiy boshqarmasining 2026-yil 10-apreldagi
SR-11/485-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga tatbiq etish natijasida korxonalarda xarajatlarni ekologik va ijtimoiy kesimda alohida aks ettirish imkoniyati yaratilib, bu esa barqarorlik talablari asosida moliyaviy hisobotlarning shaffofligini oshirish, ijtimoiy mas’uliyat ko‘rsatkichlarini nazorat qilish hamda boshqaruv qarorlarini ekologik va ijtimoiy mezonlar bilan uyg‘unlashtirish uchun zarur tahliliy bazani shakllantirishga xizmat qilgan;
Qurilish materiallari sanoati korxonalarida audit jarayonida vertikal va gorizontal tahlil usullari bilan bir qatorda regressiya hamda prognozli modellarni qo‘llash orqali risk omillarini keng qamrovda baholash maqsadida tahliliy-audit yondashuvi ishlab chiqilganligi bo‘yicha taklifi O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi Sirdaryo viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi Sirdaryo viloyat hududiy boshqarmasining
2026-yil 10-apreldagi SR-11/485-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga tatbiq etish natijasida audit jarayonida risk omillarini an’anaviy tahlil usullari bilan bir qatorda matematik va statistik modellar asosida chuqur baholash imkoniyati shakllanib, bu esa audit amaliyotida risklarni aniqlash va ularning oqibatlarini hisobga olish mexanizmlarini mustahkamladi, moliyaviy ko‘rsatkichlarning haqqoniyligini kafolatladi hamda strategik rejalashtirishda ehtimoliy xavflarni kamaytirishga xizmat qilgan.