Rajabov Navruzbek Azimjonovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasihimoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maishiy xizmatlarni rivojlantirish asosida kambag‘allikni qisqartirish istiqbollari (Samarqand viloyati misolida)” 08.00.05 - “Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Iqt4366
Ilmiy rahbar: iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Isxakova Sarvar Ayubovna
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSc.03/2025.27.12.1.27.01
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Alimova Mashhura Toirxonovna; iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Sharifov Shuhrat Saidahmadovich
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: ilmiy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi
Maishiy xizmatlarni rivojlantirish asosida kambag‘allikni qisqartirish bilan bog‘liq ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“maishiy xizmatlar” tushunchasining mazmuni, xizmat ko‘rsatish sohasida maishiy xizmatlarning o‘rni, maishiy xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan xo‘jalik yurituvchi subektlar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarning turlari, maishiy xizmatlarning shakllanishi, rivojlanishi hamda samaradorligini oshirishga ta’sir etuvchi omillar va ularning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda takomillashtirilgan mualliflik ta’rifi ishlab chiqilgan;
Aholi daromadlariga maishiy xizmatlar ko‘rsatishni ta’sir etish darajasiga ko‘ra hududlarda maishiy xizmatlar sohasida xizmatlar ko‘rsatuvchi subektlar faolligini oshirish imkonini beruvchi yangi ish o‘rinlari yaratish asosida kambag‘al oilalar bandligini ta’minlash hamda daromadlarini oshirish borasida taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan;
Samarqand viloyatining maishiy xizmatlar ko‘rsatish sohasi salohiyatini baholashdan kelib chiqib “mobil (ko‘chma) maishiy xizmatlar” hamda maishiy xizmatlar ko‘rsatishda “etkazib berish (dostavka)” xizmati kabi xizmat turlarini rivojlantirish asosida kambag‘allikni qisqartirish imkoniyatlari asoslangan;
Samarqand viloyatida maishiy xizmatlarni rivojlantirish asosida kambag‘allikni qisqartirish darajasining 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan o‘rta muddatli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Maishiy xizmatlarni rivojlantirish asosida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“maishiy xizmatlar” tushunchasining mazmuni, xizmat ko‘rsatish sohasida maishiy xizmatlarning o‘rni, maishiy xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan xo‘jalik yurituvchi subektlar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarning turlari, maishiy xizmatlarning shakllanishi, rivojlanishi hamda samaradorligini oshirishga ta’sir etuvchi omillar va ularning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda takomillashtirilgan mualliflik ta’rifi ishlab chiqilgan. Natijada kambag‘allikni qisqartirishda tavsiflash imkonini berdi. O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan kambag‘allikni qisqartirish hamda sohani 2030-yilgacha bo‘lgan davrda rivojlantirishning “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2026-yil 27-fevraldagi 01/00-05/17-2083-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif kambag‘allikni qisqartirish borasida ishbilarmonlikni yanada rag‘batlantirish, fuqarolar uchun yangi ish joylari barpo etish hamda aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini diversifikatsiya qilish imkoniyatlarini kengaytirishga hissa qo‘shgan;
maishiy xizmatlar sohasida xizmatlar ko‘rsatuvchi subektlar faolligini oshirish imkonini beruvchi, hududlarda kambag‘al oilalar bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlari yaratish asosida daromadlarini oshirish muammolarini bartaraf etishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikni amaliyotga tatbiq etilishi maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalarida xizmatlarni raqobatbardoshliligini oshirishni ta’minladi va multiplikator samaradorlik ko‘rsatkichlarini aniqlashga echim topdi. (O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2026-yil 27-fevraldagi 01/00-05/17-2083-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar xo‘jalik yurituvchi subektlarning yangi ish o‘rinlarini yaratish asosida kambag‘allikni qisqartirishning maqsadga muvofiqligi, maishiy xizmat ko‘rsatishni tizimli asosda tashkil qilish, aholi va iste’molchilarning maishiy xizmatlarga bo‘lgan talabini qondirilishinini muayyan darajada oshirishga xizmat qilgan;
Samarqand viloyatining maishiy xizmatlar ko‘rsatish sohasi salohiyatidan kelib chiqib “mobil (ko‘chma) maishiy xizmat ko‘rsatish” hamda maishiy xizmatlar ko‘rsatishda “etkazib berish (dostavka)” xizmati kabi xizmat turlarini rivojlantirish asosida kambag‘allikni kamaytirish imkoniyatlari asoslangan. Ushbu taklif va tavsiyalarni amaliyotga joriy etilishi Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan maishiy xizmatlarni rivojlantirish, yangi mobil va etkazib berish xizmat turlarini ochib berish natijasida kambag‘allikni kamayishiga olib keldi. (O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2026-yil 27-fevraldagi 01/00-05/17-2083-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif ko‘rsatilayotgan maishiy xizmatlar orqali kambag‘allikni kamayishiga muayyan darajada xizmat qilgan;
Samarqand viloyatida maishiy xizmatlar sohasini rivojlantirish orqali kambag‘allikni qisqartirish suratining 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan o‘rta muddatli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.Tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etilishi maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalarida xizmatlarni tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bilan bog‘liq muammolarga echim topish, rivojlantirish strategiyasini hamda, istiqbolda maishiy xizmat ko‘rsatish subektlarida xizmatlar samaradorligini oshirishga erishish mumkin degan xulosaga kelindi. Natijada 2030-yilgacha bo‘lgan davrda rivojlantirishning “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2026-yil 27-fevraldagi 01/00-05/17-2083-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur takliflardan foydalanish natijasida Samarqand viloyatida maishiy xizmatlar ko‘rsatish sohasini rivojlantirish orqali kambag‘allikni qisqartirish darajasi 2030-yilga kelib viloyat bo‘yicha 5,1 foizni tashkil etishi mumkin degan xulosaga kelindi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish