Murtazova Sahodat Bo‘rievnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: O‘zbekistonda musiqa san’ati va ta’limi tizimi tarixi (XX asr – XXI asr boshlari), 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2026.2.DSc/Tar.599.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Tar.06.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xolikulov Axmadjon Boymaxammatovich, tarix fanlari doktori, professor; Hamidov Hojiakbar, tarix fanlari doktori, professor; Matyakubova Muborak Madrimovna, tarix fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. XX asr – XXI asr boshlarida O‘zbekiston musiqa san’ati va ta’lim tizimi tarixini ilmiy nuqtai-nazardan tahlil va bayon qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
XX asr va XXI asr boshlarida O‘zbekistonda musiqa san’ati va ta’limi tizimi tarixini o‘rganishda sho‘ro davri mafkuraviy tazyiqlaridan xoli bo‘lgan yangi nazariy-metodologik yondashuvlar ishlab chiqilgan hamda musiqa madaniyati falsafiy, sotsiologik va pedagogik jarayonlarning uzviy qismi sifatida tizimli-tarixiy va integrativ metodlar yordamida tahlil etilgan;
musiqa tarixiga oid ilmiy qarashlarning rivojlanishi, jumladan, Rossiya imperiyasi davridagi etnografik kuzatuvlardan tortib, milliy musiqa merosining nazariy poydevorini saqlab qolgan A.Fitrat, V.Uspenskiy, I.Rajabov va F.Karomatov kabi olimlarning izlanishlari ilk bor ilmiy muomalaga kiritilgan arxiv hujjatlari va dala yozuvlari asosida yangicha metodologik tamoyillar negizida qayta talqin etilgan;
sovet hokimiyati yillarida milliy maqom va folklor san’atining siyosiy cheklovlar ostida qolishi bilan bir qatorda, opera, balet, simfoniya kabi yangi professional yo‘nalishlarning shakllanishi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi va V.A.Uspenskiy nomidagi maxsus musiqa maktabi kabi institutsional tizimlarning barpo etilishi hamda urush yillaridagi evakuatsiya jarayonlarining milliy kompozitorlik maktabi vujudga kelishiga ta’siri obektiv baholangan;
mustaqillik yillarida musiqa san’ati va ta’limi tarixshunosligining sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilishi, sohani rivojlantirishning huquqiy asoslari va institutsional mexanizmlarining yaratilishi, maqom san’ati va baxshichilik maktablarining mustaqil taraqqiyot g‘oyalari negizida hamda boy etnografik ma’lumotlar asosida tadqiq etilishining ilmiy ahamiyati ochib berilgan;
Yangi O‘zbekistonni barpo etish jarayonida musiqa ta’limi tizimining modernizatsiya qilinishi, bolalar musiqa va san’at maktablaridan oliy ta’limgacha bo‘lgan uzluksiz tizimning moddiy-texnik bazasini yaxshilash, sohaga xalqaro tajribalarni integratsiya qilish hamda globallashuv davrida milliy musiqa ilmining xalqaro nufuzini oshirish va kadrlar tayyorlashdagi mavjud muammolarni bartaraf etish istiqbollari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda musiqa san’ati va ta’limi tizimi tarixi (XX asr – XXI asr boshlari)ga doir olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflardan:
musiqa tarixiga oid ilmiy qarashlarning rivojlanishi, jumladan, Rossiya imperiyasi davridagi etnografik kuzatuvlardan tortib, milliy musiqa merosining nazariy poydevorini saqlab qolgan A.Fitrat, V.Uspenskiy, I.Rajabov va F.Karomatov kabi olimlarning izlanishlari ilk bor ilmiy muomalaga kiritilgan arxiv hujjatlari va dala yozuvlari asosida yangicha metodologik tamoyillar negizida qayta talqin etilganligiga oid ma’lumotlardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2021-yil 10-noyabrdagi 04-15/2223-son ma’lumotnomasi). Mazkur ma’lumotlar tomoshabinlarda musiqa ta’limi tarixini o‘rganishga va ilmiy ma’lumotlarning shakllanishiga xizmat qilgan;
sovet hokimiyati yillarida milliy maqom va folklor san’atining siyosiy cheklovlar ostida qolishi bilan bir qatorda, opera, balet, simfoniya kabi yangi professional yo‘nalishlarning shakllanishi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi va V.A.Uspenskiy nomidagi maxsus musiqa maktabi kabi institutsional tizimlarning barpo etilishi hamda urush yillaridagi evakuatsiya jarayonlarining milliy kompozitorlik maktabi vujudga kelishiga ta’siri obektiv baholanganligiga oid ma’lumotlardan Madaniy meros agentligida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining 2021-yil 15-noyabrdagi 02-07/144-son ma’lumotnomasi). Ushbu ma’lumotlar moddiy va ma’naviy tarixiy merosni o‘rganishga va uni kelajak avlodga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi;
mustaqillik yillarida musiqa san’ati va ta’limi tarixshunosligining sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilishi, sohani rivojlantirishning huquqiy asoslari va tarkibiy mexanizmlarining yaratilishi, maqom san’ati va baxshichilik maktablarining mustaqil taraqqiyot g‘oyalari negizida hamda boy etnografik ma’lumotlar asosida tadqiq etilishining ilmiy ahamiyatiga oid ma’lumotlardan Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyida foydalanilgan (Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining 2021-yil 15-noyabrdagi 214-son ma’lumotnomasi). Mazkur ma’lumotlar muzey ekspozisiyasi va unga tashrif buyuruvchilarga soha tarixiga oid ilmiy ma’lumotlar berilishiga xizmat qilgan;
Yangi O‘zbekistonni barpo etish jarayonida musiqa ta’limi tizimining modernizatsiya qilinishi, bolalar musiqa va san’at maktablaridan oliy ta’limgacha bo‘lgan uzluksiz tizimning moddiy-texnik bazasini yaxshilash, sohaga xalqaro tajribalarni integratsiya qilish hamda globallashuv davrida milliy musiqa ilmining xalqaro nufuzini oshirish va kadrlar tayyorlashdagi mavjud muammolarni bartaraf etish istiqbollariga oid ma’lumotlardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2021-yil 10-noyabrdagi 04-15/2223-son ma’lumotnomasi). Ushbu ma’lumotlar tomoshabinlarda O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida musiqa ta’limi sohasida amalga oshirilgan tadbirlar haqida ilmiy ma’lumotlarning shakllanishiga xizmat qilgan.