Malisheva Mariya Evgenievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri(ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Paramagnit kristallarda nokramers Eu3+, Tb3+va Pr3+ ionlarining magnitooptikasi», 01.04.05–Optika (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/FM68.
Ilmiy rahbar: Valiev Uygun Vaxidovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti, DSc.30.05.2018.FM./T.65.01.
Rasmiy opponentlar: Nematov Sherzod Kalandarovich, fizika-matematika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Axmedjanov Farxod Ravshanovich, fizika-matematika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tarkibiga Rr3+ ittriy-alyuminiy va Eu3+ hamda Tb3+ nokramers ionlari kiritilgan gadoliniy-galliy kristallari granatlarining magnitooptik, magnit va optik xususiyatlarini eksperimental va nazariy tadqiq qilish va paramagnit kristallarda magnitooptik effektlarning yuzaga kelish mexanizmlarini aniqlashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor tajriba yo‘li bilan Eu3Ga5O12 paramagnit granat monokristallida kuzatiladigan FEda «giromagnit» ulush hissasi va Verde «giromagnit» doimiysi qiymati aniqlangan va nazariy hisoblash natijalari bilan mos kelishi ko‘rsatilgan;
paramagnit nodir-er birikmalarining optik va magnitooptik tadqiqotlarida olingan kattaliklarning tahlili shuni ko‘rsatdiki, yutilish polosalarida energetik spektrlarida «kvazidublet» strukturaga ega Pr3+ va Eu3+ nokramers ionlarida «man qilingan» 4f→4f o‘tishlar natijasida magnitooptik effektlarning yuzaga kelishida kvantomexanik «aralashtirish» effekti muhim rol` o‘ynashi topilgan;
ilk bor D2 simmetriya kristall maydonida Eu3+ ionning kristall-maydon sathlari uchun to‘lqin funksiyalari to‘plamidan foydalangan holda etarlicha katta temperatura intervalida kubik Eu3Ga5O12 monokristallining [111] o‘qi bo‘ylab molyar magnit singdiruvchanligi Xm(Eu3+)ning temperaturaga bog‘liqligi nazariy yo‘l bilan hisoblangan va tajriba natijalari bilan to‘la mos kelishi aniqlangan;
ilk bor EuGG NE-granatida 7F05D1 o‘tishning magnitodipol xarakteri interpretatsiyalari granat strukturasidagi Eu3+ionining 7F0 i 7F1 mul`tipletlari Shtark holatlari aralashishini hisobga olishga asoslangan,  T=90K va T=300K temperaturalardagi MDD tadqiqotlari natijalari bilan tasdiqlanishi aniqlangan;
Sa3Ga2Ge4O14: 5% Pr3+ tartiblashmagan paramagnit birikmalar magnitooptik spektrlarini aniqlash asosida magnitooptik-faol 4f→4f ichki konfiguratsion o‘tishlar intensivligining Jad parametrlari nisbati aniqlangan va ularning magnitooptik faolligi nazariy yo‘l bilan topilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tarkibiga NE–ionlari Eu3+, Tb3+  va Rr3+ kiritilgan granatlar (gallatlar i alyuminatlar) monokristallarining magnitooptik xususiyatlarini aniqlash asosida:
Gadoliniy-galliyli granatlari strukturasidagi Tb3+ ionlari magnitooptikasi hamda magnitooptik effektlarni kuzatish xususiyatlari va kristallarda modulyasiyalangan qutblanish usulidan foydalangan holda kristallarda magnitooptik effektlarni o‘lchash bo‘yicha olingan natijalar «Texnodizayn-konsalting» kompaniyasida magnitooptik materiallar, xususan turli kristall matrisalarda Tb3+ ionlari magnitooptikasiga tegishli bo‘lgan materiallarni ishlab chiqarishda foydalanilgan (Rossiya Federatsiyasi «Texnodizayn-konsalting» kompaniyasining 2019 yil 15 maydagi 10/04-19-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish tarkibiga Eu3+, Tb3+, ionlari kiritilib o‘stirilgan ittriy-alyuminiyli granatlar kristallarining magnitooptik faolligini sezilarli darajada oshirish imkonini bergan;
evropiy- galliy granatlaridagi ichki konfiguratsion o‘tishlardagi yutilish spektrlari xususiyatlari bo‘yicha olingan natijalar xorijiy jurnallarda (Journal of Rare Earths,Vol 30, №10, 2012, IF:2,524; Journal of Rare Earths,Vol 30, №12, 2015, IF:2,524; Journal of Applied Physics,114,163521, 2013; IF:1,82; Journal of Luminescence, 2015, IF:1,40; Coordination Chemistry Reviews, 295, 2015, IF:4,87) kristall strukturalarda HE-ionlari energetik sathlari to‘lqin funksiyalarini hisoblash va energetik spektrlarini interpretatsiya qilish uchun foydalanilgan. Ilmiy natijalarning qo‘llanishi Eu3+ ioni 4f6-konfiguratsiyasining energetik strukturasini aniqlash, ichki konfiguratsion o‘tishlar intensivligini hisoblash imkonini bergan va bosim o‘zgargandagi evropiy-galliyli granatlar kristall strukturasidagi o‘zgarishlarni ko‘rish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish