Ruzieva Laziza Yusufovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Toshkent shahar jamoat transport tarixi (1900-1991-yy..)”. 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Tar.03.01
Ilmiy rahbar: Shadmanova Sanavar Bazarbaevna, tarix fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: tarix fanlari doktori, dotsent Sobirov Alisher Tursunovich, tarix fanlari doktori, professor Abdulla Nuriddinovich Rasulov.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Toshkent shahrida jamoat transportining 1900-1991-yillardagi o‘zgarish bosqichlari, yo‘lovchilar harakatini har tomonlama chuqur o‘rganish va tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Toshkent shahrida 1900-1991-yillarda jamoat transporti tizimi sovet davlatining industrial va urbanistik strategiyasi doirasida amalga oshirilgan bo‘lib, bu bir tomondan, sohada transport vositalarining turlarini diversifikatsiya qilish, shaharning bosh rejalariga muvofiq yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytirish va aholining ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida harakatlanish imkoniyatini ta’minlash, ikkinchi tomondan, transport sohasida kadrlar siyosatida markazga qaramlik saqlanganligi hamda texnik yangilanishlar o‘z muddatlarida amalga oshirilmagani oqibatida tarmoqning uzoq muddatli samaradorligi cheklanganligi isbotlandi;
jamoat transporti tizimining shakllanishi va unda kechgan o‘zgarishlar shaharning tez sur’atlarda o‘sib borayotgan aholisi, yangi turar joy massivlari va sanoat hududlarining kengayishiga mos ravishda emas, balki sovet hokimiyatining standartlashtirilgan va markazlashgan siyosatiga tayanilgan holda amalga oshirilganligi oqibatida avtotransport yo‘nalishlari, xizmat ko‘rsatish intervallari, yo‘lovchi oqimining taqsimoti va logistika tizimlaridagi muvozanatsizlikka, ayniqsa, yangi mikrohududlarida transport ta’minoti etarli emasligiga olib kelganligi aniqlandi;
tramvay, trolleybus yo‘nalishlarining kengayishi jadal industrlashuv, aholining ish joylariga, sanoat zonalariga hamda shahar markaziga tez va ommaviy yetkazish zarurati bilan bog‘liq bo‘lganligi, biroq ushbu transport vositalarining texnik holati, parklari eskirganligi, infratuzilmasi etarlicha modernizatsiya qilinmaganligi va yo‘lovchilar oqimiga moslashtirilmaganligi oqibatida mazkur transport turlari etarli darajada samarali, barqaror va uzoq muddatli faoliyat ko‘rsata olmaganligi dalilandi;
yo‘lovchi tashish faoliyati sovet davlati tomonidan Markaziy hududlar uchun ishlab chiqilgan umumiy modellar asosida tashkil etilganligi, mahalliy sharoit, demografik o‘zgarishlar va shahar aholisi ehtiyojlari to‘liq hisobga olinmaganligi tufayli xizmat sifatini yo‘lga qo‘yish va uni barqaror rivojlantirishda muammolar kelib chiqqanligi isbotlandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Ushbu tadqiqotdan olingan xulosalar va takliflar quyidagicha amaliyotga tatbiq etildi:
Toshkent shahrida 1900-1991-yillarda jamoat transporti tizimi sovet davlatining industrial va urbanistik strategiyasi doirasida amalga oshirilgan bo‘lib, bu bir tomondan, sohada transport vositalarining turlarini diversifikatsiya qilish, shaharning bosh rejalariga muvofiq yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytirish va aholining ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida harakatlanish imkoniyatini ta’minlash, ikkinchi tomondan, transport sohasida kadrlar siyosatida markazga qaramlik saqlanganligi hamda texnik yangilanishlar o‘z muddatlarida amalga oshirilmagani oqibatida tarmoqning uzoq muddatli samaradorligi cheklanganligiga oid ilmiy ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 31-iyuldagi 01-33/592-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari asosida teletomoshabinlarga transport sohasi faoliyati bo‘yicha obektiv ma’lumotlar etkazildi.
jamoat transporti tizimining shakllanishi va unda kechgan o‘zgarishlar shaharning tez sur’atlarda o‘sib borayotgan aholisi, yangi turar joy massivlari va sanoat hududlarining kengayishiga mos ravishda emas, balki sovet hokimiyatining standartlashtirilgan va markazlashgan siyosatiga tayanilgan holda amalga oshirilganligi oqibatida avtotransport yo‘nalishlari, xizmat ko‘rsatish intervallari, yo‘lovchi oqimining taqsimoti va logistika tizimlaridagi muvozanatsizlikka, ayniqsa, yangi mikrohududlarida transport ta’minoti etarli emasligiga olib kelganligiga oid xulosalarning “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2025-2029-yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturida foydalanilgan (Milliy Tiklanish demokratik partiyasi markaziy kengashi 2025-yil 9-iyun 02/02-55-son dalolatnomasi). Natijada, jamiyat rivojida jamoat transport tizimi rivojiga doir targ‘ibot ma’lumotlarni boyitilishiga, tizimga oid amaliyotda tajriba bo‘lishiga va tahliliy xulosalar chiqarilishiga xizmat qilgan.
tramvay, trolleybus yo‘nalishlarining kengayishi jadal industrlashuv, aholining ish joylariga, sanoat zonalariga hamda shahar markaziga tez va ommaviy yetkazish zarurati bilan bog‘liq bo‘lganligi, biroq ushbu transport vositalarining texnik holati, parklari eskirganligi, infratuzilmasi etarlicha modernizatsiya qilinmaganligi va yo‘lovchilar oqimiga moslashtirilmaganligi oqibatida mazkur transport turlari etarli darajada samarali, barqaror va uzoq muddatli faoliyat ko‘rsata olmaganligiga oid ilmiy ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 31-iyuldagi 01-33/592-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalaridan aholi, ayniqsa, yoshlarning Vatan tarixiga oid bilim va dunyoqarashlarini ortishiga erishildi.
yo‘lovchi tashish faoliyati sovet davlati tomonidan Markaziy hududlar uchun ishlab chiqilgan umumiy modellar asosida tashkil etilganligi, mahalliy sharoit, demografik o‘zgarishlar va shahar aholisi ehtiyojlari to‘liq hisobga olinmaganligi tufayli xizmat sifatini yo‘lga qo‘yish va uni barqaror rivojlantirishda muammolar kelib chiqqanligi oid xulosalarni “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi mafkuraviy targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (Milliy Tiklanish demokratik partiyasi markaziy kengashi 2025-yil 9-iyun 02/02-55-son dalolatnomasi). Natijada, keng aholi ommasi jamoat transport tizimiga oid tarixiy ma’lumotlardan xabardor bo‘ldi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish