Karlibaeva Alfiya Ermekbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Mnemonik mashqlar vositasida ingliz tilidan o‘quvchilarning nutqiy ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasi (5-6-qoraqalpoq sinflari misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7463.
Ilmiy rahbar: Kurbanbaev Djavod Aminbaevich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.04.06.
Rasmiy opponentlar: Bekimbetova Gulbaxar Risbaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Abdullaev Maksud Alimbaevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mnemonik mashqlar vositasida ingliz tilidan o‘quvchilarning nutqiy ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasi va ulardan pedagogik amaliyotda foydalanish yo‘llarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mnemonik mashqlar vositasida 5-6-sinf qoraqalpoq o‘quvchilarining ingliz tilidagi nutqiy ko‘nikmalarini shakllantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari – mnemotexnikaning assotsiativ, vizual va akustik turlarining o‘quvchilar yosh va kognitiv rivojlanish xususiyatlariga mosligi, ko‘p tilli muhitdagi lingvistik interferensiyani bartaraf etishning psixofiziologik mexanizmlari, shuningdek, leksik, grammatik va fonetik kompetensiyalarni bosqichma-bosqich shakllantirishning sikllik modeliga ustunlik berish orqali aniqlashtirilgan;
5-6-sinf qoraqalpoq o‘quvchilarining ingliz tilidagi nutqiy ko‘nikmalarini mnemonik mashqlar vositasida shakllantirishning metodik imkoniyatlari – o‘quvchilarning mustaqil assotsiativ fikrlash va kreativ nutq kompetensiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan 8 turdagi mnemonik mashqlar tizimi (assotsiativ, vizual, akustik) ishlab chiqilish asosida takomillashtirilgan;
mnemonik mashqlar vositasida 5-6-sinf qoraqalpoq o‘quvchilarining ingliz tilidagi nutqiy ko‘nikmalarini shakllantirishning didaktik modelining texnologik komponenti – “Guess What!” darsliklari mazmuniga integratsiyalashgan holda vizual, akustik va assotsiativ mnemonik mashqlarning metodik ishlanmalari yaratilib, qoraqalpoq milliy-madaniy kontekstiga moslashtirilgan lingvodidaktik vositalar asosida takomillashtirilgan;
mnemonik mashqlar vositasida 5-6-sinf qoraqalpoq o‘quvchilarining ingliz tilidagi nutqiy ko‘nikmalarini shakllantirishning muammoli-situativ va loyihaviy ta’lim texnologiyalari – assotsiativ zanjirlar qurish, erkin assotsiatsiyalar oqimi hamda noodatiy assotsiatsiyalar yaratishga doir interfaol topshiriqlarni modellashtirish orqali o‘quvchilarning nutqiy faolligi va ijodiy fikrlash darajasini oshirishga xizmat qiluvchi metodik vositalar va “SpeakUp” nomli raqamli platforma ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mnemonik mashqlar vositasida ingliz tilidan o‘quvchilarning nutqiy ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasiga oid tadqiqot natijalari asosida:
mnemonik mashqlar vositasida 5-6-sinf qoraqalpoq o‘quvchilarining ingliz tilidagi nutqiy ko‘nikmalarini shakllantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari – mnemotexnikaning assotsiativ, vizual va akustik turlarining o‘quvchilar yosh va kognitiv rivojlanish xususiyatlariga mosligi, ko‘p tilli muhitdagi lingvistik interferensiyani bartaraf etishning psixofiziologik mexanizmlari, shuningdek, leksik, grammatik va fonetik kompetensiyalarni bosqichma-bosqich shakllantirishning sikllik modeliga ustunlik berishga oid fikrlardan “Tabiiy fanlar nazariyasi va metodikasi1” nomli darsligini yaratishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 09-iyuldagi 258-son buyrug‘i asosida berilgan 210605 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada o‘quvchilarining ingliz tilidagi nutqiy ko‘nikmalarini mnemonik mashqlar vositasida rivojlantirishning lingvodidaktik komponentlari aniqlashtirilgan;
5-6-sinf qoraqalpoq o‘quvchilarining ingliz tilidagi nutqiy ko‘nikmalarini mnemonik mashqlar vositasida shakllantirishning metodik imkoniyatlari – o‘quvchilarning mustaqil assotsiativ fikrlash va kreativ nutq kompetensiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan 8 turdagi mnemonik mashqlar tizimi (assotsiativ, vizual, akustik) ishlab chiqilishga oid takliflardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi markazi ishlarida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi markazining 2026-yil 7-yanvardagi 01-son ma’lumotnomasi). Natijada, mnemonik mashqlar vositasida 5-6-sinf qoraqalpoq o‘quvchilarining ingliz tilidagi nutqiy ko‘nikmalarini shakllantirishiga xizmat qilgan;
mnemonik mashqlar vositasida 5-6-sinf qoraqalpoq o‘quvchilarining ingliz tilidagi nutqiy ko‘nikmalarini shakllantirishning didaktik modelining texnologik komponenti – “Guess What!” darsliklari mazmuniga integratsiyalashgan holda vizual, akustik va assotsiativ mnemonik mashqlarning metodik ishlanmalari yaratilib, qoraqalpoq milliy-madaniy kontekstiga moslashtirilgan lingvodidaktik vositalarni ta’minlashga oid taklif va tavsiyalardan Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston filialida 2017-2020-yillarda bajarilgan FZ-2016-09081165532-raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyoti metodikasi” mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2026-yili 27-fevraldagi 102-son ma’lumotnomasi). Natijada, til malakalarini integrativ egallash imkonini beruvchi texnologiyalari takomillashtirilgan.
mnemonik mashqlar vositasida 5-6-sinf qoraqalpoq o‘quvchilarining ingliz tilidagi nutqiy ko‘nikmalarini shakllantirishning muammoli-situativ va loyihaviy ta’lim texnologiyalari – assotsiativ zanjirlar qurish, erkin assotsiatsiyalar oqimi hamda noodatiy assotsiatsiyalar yaratishga doir interfaol topshiriqlarni modellashtirish orqali o‘quvchilarning nutqiy faolligi va ijodiy fikrlash darajasini oshirishga xizmat qiluvchi metodik vositalarga oid takliflardan O‘zbekston Milliy Teleradiokompaniyasining “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Teleradiokanali”ning “Kúsh bilimde”, ”Jaslar hám biz” eshittirishlarini tayyorlashda foydalanildi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Teleradiokanalining 2026-yil 1-maydagi 05/22/227-son ma’lumotnomasi). Natijada, mnemonik mashqlar vositasida 5-6-sinf qoraqalpoq o‘quvchilarining ingliz tilidagi nutqiy ko‘nikmalarini shakllantirishning metodikasi bo‘yicha bilimlarni o‘zlashtirish yo‘llari takomillashtirildi.