Ajibekova Gulsara Jengisbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Ingliz va qoraqalpoq ertaklaridagi vaqt temporal konseptining lisoniy voqelanishi”, 10.00.13 – “Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik” (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3448.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Danieva Maysara Djamalovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.04.07.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Alniyazov Aytmurat Ismailovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Amirova Zoxida Oripovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va qoraqalpoq tillari materiallari asosida “vaqt” konseptining lingvokognitiv va lingvomadaniy xususiyatlarini qiyosiy tahlil qilish, uning til birliklari orqali ifodalanish mexanizmlarini aniqlash, mazkur konseptning turli madaniy-tarixiy kontekstlarda shakllanishi hamda konseptuallashuv modellarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
lingvokognitiv va lingvomadaniy nuqtai nazardan etarli darajada o‘rganilmagan ingliz va qoraqalpoq ertak diskursida “vaqt” konsepti qiyosiy asosda kompleks tadqiq etilgan hamda uning konseptual tuzilishi aniqlangan;
“vaqt” konseptini tahlil qilishga oid mavjud yondashuvlar yangi formulada, ya’ni yadro-periferiya modeli, freym va metaforik modellar uyg‘unligida qayta talqin qilingan hamda uning lingvokognitiv va lingvomadaniy integrativ modeli ishlab chiqilgan;
ingliz va qoraqalpoq ertaklari materiallari asosida “vaqt” konseptining leksik, diskursiv va metaforik ifodalanishini aniqlashda konseptual tahlil, freym tahlili va lingvomadaniy interpretatsiya metodlarining kombinatsiyalangan qo‘llanishi orqali yangi tahlil usuli amaliyotga tatbiq etilgan;
ingliz tilidagi ertaklardagi “vaqt” konsepti resurs va abstrakt modelda, qoraqalpoq ertaklarida esa tabiiy va tsiklik modelda konseptuallashishini aniqlanib, ushbu farqning milliy mentalitet va madaniy qadriyatlar bilan bog‘liqligi ilmiy jihatdan asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va qoraqalpoq tillarida “vaqt” konseptini lingvokognitiv va lingvomadaniy asosda tahlil qilishga doir olib borilgan tadqiqotlar asosida:
ingliz va qoraqalpoq ertaklari materiallari asosida “vaqt” konseptining leksik, diskursiv va metaforik ifodalanishini aniqlashda konseptual tahlil, freym tahlili va lingvomadaniy interpretatsiya metodlarining kombinatsiyalangan qo‘llanishi orqali yangi tahlil usuli amaliyotga tatbiq etilishiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq guminitar fanlar ilmiy-tadqoqot institutida 2025-2026 yillarda amalga oshirilgan “Hozirgi qoraqalpoq tilidagi so‘z yasalish tizimining nazariy asoslari” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq guminitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2026-yil 16-apreldagi 160/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur loyiha doirasida yaratilgan o‘quv qo‘llanmalarini ishlab chiqishda yangi yondashuvlar asosida “vaqt” konseptining lingvokognitiv va lingvomadaniy o‘xshashliklar va farqlar aniqlashga erishilgan;
lingvokognitiv va lingvomadaniy nuqtai nazardan etarli darajada o‘rganilmagan ingliz va qoraqalpoq ertak diskursida “vaqt” konsepti qiyosiy asosda kompleks tadqiq etilgan hamda uning konseptual tuzilishiga oid ma’lumotlardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokanali tomonidan ”Kúsh bilimde”, “Dáwir nápesi eshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokanalining 2026-yil 8-maydagi 05-22/237-son ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz va qoraqalpoq xalqlaridagi vaqt bilan bog‘liq milliy-madaniy dunyoqarashlar haqidagi ma’lumotlar radioeshittirishlarning ilmiy-ommabopligini ta’minlagan, tinglovchilarning qiziqishlari orttirilgan;
ingliz tilidagi ertaklardagi “vaqt” konsepti resurs va abstrakt modelda, qoraqalpoq ertaklarida esa tabiiy va tsiklik modelda konseptuallashishini aniqlanib, ushbu farqning milliy mentalitet va madaniy qadriyatlar bilan bog‘liqligiga hamda “vaqt” konseptini tahlil qilishga oid mavjud yondashuvlar yangi formulada, ya’ni yadro-periferiya modeli, freym va metaforik modellar uyg‘unligida qayta talqin qilingan hamda uning lingvokognitiv va lingvomadaniy integrativ modeliga oid ma’lumotlardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamentining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasini ichlab chiqishda va mazkur rejaning 9, 11, 13-bandlarini tayyorlashda samarali foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamentining 2026-yil 15-apreldagi 11.09/05-04/279-son ma’lumotnomasi). Natijada, ertaklar ingliz va qoraqalpoq tillaridagi “vaqt” konseptining milliy-madaniy xususiyatlarni to‘g‘ri ifodalashda alohida ahamiyatga egaligi va vaqtning turli tillarda turlicha qabul qilinishi qayd etilgan.