Sindorov Rajapboy Ulug‘bek o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Lingvokulturologik xususiyatli birliklar yordamida fransuz tilini o‘qitishni takomillashtirish” (nofilologik oliy o‘quv yurtlari misolida), 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ped3172.
Ilmiy rahbar: Nazarov Pulat Djuramuradovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/2025.27.12.Ped.37.01.
Rasmiy opponentlar: Anorqulov Sanjar Iskandarovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent; Maksudova Hilola Ferdinantovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi nofilologik oliy o‘quv yurtlarida lingvokulturologik xususiyatli birliklar yordamida fransuz tilini o‘qitishni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
talabaning integrativ va instrumental motivatsiyasi hamda madaniy qiziqish yo‘nalishiga ko‘ra differensiallashtirilgan “Kommunikativ madaniy ko‘nikmalar” mashqlar tizimi ishlab chiqilib, uning qo‘llanilishi talabaning shaxsiy qiziqish profiliga mos, til va madaniyatni ajratmagan holda amalga oshiriladigan integrativ o‘zlashtirishni ta’minlashi isbotlangan;
frazeologik birlikdagi milliy obrazni tilga moslamasdan so‘zma-so‘z ko‘chirishdan kelib chiqadigan “obraz ko‘chirish xatosi”, fransuz va o‘zbek frazeologik birliklarini obrazli-konseptual asoslari bo‘yicha qiyoslovchi kontrastiv tahlil asosida aniqlanib, uni bartaraf etuvchi obrazni ajratish, ikki til obrazi o‘rtasidagi nomuvofiqlikni aniqlash va milliy obrazga ongli almashtirish bosqichlaridan iborat “obraz almashtirish texnikasi” asosida mashqlar tizimi ishlab chiqilgan;
“madaniy konseptual faollashuv” mezoni baholash predmetini frazeologik birlikning leksik-grammatik to‘g‘riligidan uning ortidagi madaniy konseptni talaba ongida faollashtirish darajasiga, ya’ni birlikning passiv ravishda tanilgan shakl sifatida qolganligi yoki faol konseptual bilim sifatida yangi kontekstda mustaqil qo‘llanilishiga ko‘chiradi va buni uch bosqichli “yuzaki-leksik, qisman-konseptual, chuqur-faollashgan” shkala orqali o‘lchaydi, bu esa kognitiv semantika va lingvomadaniyatshunoslik nazariyalari kesishmasida yangi baholash predmeti sifatida nazariy asoslangan;
“Qadriyat-Ko‘prik Modeli” ishlab chiqilgan bo‘lib, u yadro-aniqlash, obraz-tafovut, ko‘prik-konstruksiyalash va kontekstual faollashtirish komponentlari orqali semantik jihatdan yaqin, ammo obrazli-qadriyat yo‘nalishi bo‘yicha farqli - masalan, “o‘zbek tilida kollektivlik-ierarxiya, fransuz tilida individualizm-ratsionallik” frazeologik-paremiologik birliklarni talaba ongida assotsiativ bog‘lab o‘zlashtirishni ta’minlashi frazeologik va madaniyatlararo kommunikativ kompetensiyaning rivojlanishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Lingvomadaniy qiymatga ega til birliklaridan fransuz tilini chet tili sifatida o‘qitish faoliyatida amaliy foydalanish, ushbu birliklarni zinama-zina ko‘rinishida talabalarga taqdim etib borish, har bir bosqichga mos keluvchi mashqlar tizimini yaratish va ularni o‘quv jarayoniga tatbiq etish borasida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
talabaning integrativ va instrumental motivatsiyasi hamda madaniy qiziqish yo‘nalishiga ko‘ra differensiallashtirilgan “Kommunikativ madaniy ko‘nikmalar” mashqlar tizimi ishlab chiqilib, uning qo‘llanilishi talabaning shaxsiy qiziqish profiliga mos, til va madaniyatni ajratmagan holda amalga oshiriladigan integrativ o‘zlashtirishni ta’minlashi isbotlanganligi haqidagi xulosalardan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida 2021-2023-yillarda bajarilgan “O‘zbek tilining milliy korpusini loyihalash va dasturiy majmua ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialining 2026-yil 23-martdagi 271/01-01-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, til korpusi doirasida tayyorlangan ilmiy maqolalar to‘plamlarining hamda monografiya va darsliklarning ilmiy saviyasini oshirishga erishilgan;
frazeologik birlikdagi milliy obrazni tilga moslamasdan so‘zma-so‘z ko‘chirishdan kelib chiqadigan “obraz ko‘chirish xatosi”, fransuz va o‘zbek frazeologik birliklarini obrazli-konseptual asoslari bo‘yicha qiyoslovchi kontrastiv tahlil asosida aniqlanib, uni bartaraf etuvchi obrazni ajratish, ikki til obrazi o‘rtasidagi nomuvofiqlikni aniqlash va milliy obrazga ongli almashtirish bosqichlaridan iborat “obraz almashtirish texnikasi” asosida mashqlar tizimi ishlab chiqilganligi haqidagi xulosalardan Qarshi davlat universitetida 2021-2023 yillarda amalga oshirilgan SUZ-800- 21-GR-3181 “Reinforcing English Language competence at Karshi State University” nomli xalqaro grant loyihasi doirasida foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2026-yil 6-apreldagi 04/3185-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha doirasida yaratilgan o‘quv jarayoni uchun tayyorlangan ilmiy maqolalar va monografiyalarning ilmiy saviyasini oshirishga erishilgan;
“madaniy konseptual faollashuv” mezoni baholash predmetini frazeologik birlikning leksik-grammatik to‘g‘riligidan uning ortidagi madaniy konseptni talaba ongida faollashtirish darajasiga, ya’ni birlikning passiv ravishda tanilgan shakl sifatida qolganligi yoki faol konseptual bilim sifatida yangi kontekstda mustaqil qo‘llanilishiga ko‘chiradi va buni uch bosqichli “yuzaki-leksik, qisman-konseptual, chuqur-faollashgan” shkala orqali o‘lchaydi, bu esa kognitiv semantika va lingvomadaniyatshunoslik nazariyalari kesishmasida yangi baholash predmeti sifatida nazariy asoslanganligi haqidagi xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida I-204-4-5 Ingliz tili mutaxasislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish loyihasini bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 11-apreldagi 955/30.02.01-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha doirasida yaratilgan o‘quv jarayoni uchun tayyorlangan vebinar darslarini yangicha yondashuvlar asosida modernizatsiyalash, talabalarda fransuz tilida gapirish va yozishga motivatsiyani oshirishda yordam beradigan usullarni ishlab chiqish imkonini bergan;
“Qadriyat-Ko‘prik Modeli” ishlab chiqilgan bo‘lib, u yadro-aniqlash, obraz-tafovut, ko‘prik-konstruksiyalash va kontekstual faollashtirish komponentlari orqali semantik jihatdan yaqin, ammo obrazli-qadriyat yo‘nalishi bo‘yicha farqli - masalan, “o‘zbek tilida kollektivlik-ierarxiya, fransuz tilida individualizm-ratsionallik” frazeologik-paremiologik birliklarni talaba ongida assotsiativ bog‘lab o‘zlashtirishni ta’minlashi frazeologik va madaniyatlararo kommunikativ kompetensiyaning rivojlanishi isbotlanganligi haqidagi xulosa va natijalardan Samarqand viloyat teleradio kompaniyasining 2023-yil 26-yanvardagi “Xayrli tong” eshittirishini efirga uzatishda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 26-yanvardagi 01-07/11-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuvning konseptual samaradorligi ta’minlangan.