Sharipova Laylo Mehrojiddinovna

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
    Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarni nemis tiliga qiziqishlarida ta’lim platformalari integratsiyasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (nemis tili).
    Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Ped11574.
Ilmiy rahbar: Sattarov Utkir Urazalievich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
    IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/2025.27.12.Ped.37.01.
    Rasmiy opponentlar: Ilyasov Ibodulla, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent; Sarimsoqova Dilafruz Muxammadjonovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
    Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
    II. Tadqiqotning maqsadi integrativ yondashuv asosida talabalarni nemis tilini o‘rganishga qiziqishlarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish, shu asosda mustaqil fikrlash, mustaqil xulosalar chiqarishga odatlantirish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishdan iborat.
    III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Kahoot platformasining gamifikatsion imkoniyatlariga asoslangan interaktiv-motivatsion yondashuv konseptuallashtirilib, “raqamli rag‘bat → faol ishtirok → tezkor natija → motivatsion mustahkamlash” dinamikasi orqali talabalarning o‘quv jarayoniga jalb etilish va nemis tilini o‘rganishga qiziqish darajasini oshirish didaktik jihatdan asoslab berilgan;
Padlet platformasi asosidagi hamkorlik-kreativ metodikasi takomillashtirilib, “individual fikr → raqamli ifoda → hamkorlikdagi faoliyat → kommunikativ mahsulot” ketma-ketligi asosida talabalarning o‘zaro ta’sirini kuchaytirish va nemis tilidagi kommunikativ faoliyatga qiziqishini faollashtirish shartlari aniqlashtirilgan;
nemis tilini mustaqil o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini rivojlantirish uchun Schubert Online platformasiga asoslangan individual-mashqiy ta’lim modeli ishlab chiqilib, “o‘zlashtirish darajasi → individual topshiriq → mustaqil mashqlanish → o‘z-o‘zini nazorat qilish” bog‘liqligi asosida ta’lim mazmunini talabaning o‘zlashtirish sur’atiga moslashtirish orqali individual ta’lim traektoriyasini shakllantirish imkoniyatlari belgilangan;
talabalarning nemis tiliga qiziqishini rivojlantirishga yo‘naltirilgan Kahoot–Padlet–Schubert Online platformalarining integrativ-didaktik modeli ishlab chiqilib, “motivatsion faollashtirish → hamkorlikdagi kommunikatsiya → individual mashqlanish → refleksiv mustahkamlash” sikli asosida platformalarning funksional imkoniyatlarini yagona raqamli ta’lim muhitida uyg‘unlashtirish orqali qiziqishni uzluksiz rivojlantirishning metodik yaxlitligi ta’minlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Integrativ yondashuv asosida talabalarning nemis tiliga qiziqishlarini rivojlantirish metodikasi tadqiqi jarayonida olingan ilmiy natija va xulosalar asosida:
Kahoot platformasining gamifikatsion imkoniyatlariga asoslangan interaktiv-motivatsion yondashuv konseptuallashtirilib, “raqamli rag‘bat → faol ishtirok → tezkor natija → motivatsion mustahkamlash” dinamikasi orqali talabalarning o‘quv jarayoniga jalb etilish va nemis tilini o‘rganishga qiziqish darajasini oshirish didaktik jihatdan asoslab berilganligi haqidagi xulosalardan Ispaniyaning Valensiya shahridagi IES ABASTOS oliy ta’lim muassasasida Erasmus+ KA171 Oliy ta’lim mobilligi 2024-1-ES01-KA171-HED-000195660 loyihasi doirasida foydalanilgan (Ispaniyaning Valensiya shahridagi IES ABASTOSning 2026-yil 31-maydagi ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur ishda ilgari surilgan g‘oyalar zamonaviy xorijiy til ta’limi metodikasini boyitishga, integrativlashgan ta’lim platformalaridan samarali foydalanish tajribasini kengaytirishga xizmat qilmoqda;
Padlet platformasi asosidagi hamkorlik-kreativ metodikasi takomillashtirilib, “individual fikr → raqamli ifoda → hamkorlikdagi faoliyat → kommunikativ mahsulot” ketma-ketligi asosida talabalarning o‘zaro ta’sirini kuchaytirish va nemis tilidagi kommunikativ faoliyatga qiziqishini faollashtirish shartlari aniqlashtirilganligi haqidagi ilmiy xulosalardan 2022–2025-yillarda amalga oshirilgan “Erasmus+ International KA107 Credit Mobility. Key Action 1 – Mobility for Learners and Staff- Higher Education Student and Staff Mobility” xalqaro loyihasi doirasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2026-yil 17-uyuldagi 01-4/2529-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur ishda ilgari surilgan g‘oyalar zamonaviy xorijiy til ta’limi metodikasini boyitishga xizmat qilmoqda;
nemis tilini mustaqil o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini rivojlantirish uchun Schubert Online platformasiga asoslangan individual-mashqiy ta’lim modeli ishlab chiqilib, “o‘zlashtirish darajasi → individual topshiriq → mustaqil mashqlanish → o‘z-o‘zini nazorat qilish” bog‘liqligi asosida ta’lim mazmunini talabaning o‘zlashtirish sur’atiga moslashtirish orqali individual ta’lim traektoriyasini shakllantirish imkoniyatlari belgilanganligi haqidagi xulosalardan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasida 2023-yil 4-yanvar kuni efirga uzatilgan “Assalom, Samarqand!” ko‘rsatuvining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 13-yanvardagi 01-07/10-son ma’lumotnomasi). Natijada, zamonaviy innovatsion texnologiyalar tushunchasi bir qator tillarda bo‘lganidek muhim vazifani bajarishi, nutq jarayonini boyitishi va konkretlashtirish sifatida bir qator lisoniy imkoniyatlarni berishga zamin yaratadi.
Kahoot platformasining gamifikatsion imkoniyatlariga asoslangan interaktiv-motivatsion yondashuv konseptuallashtirilib, “raqamli rag‘bat → faol ishtirok → tezkor natija → motivatsion mustahkamlash” dinamikasi orqali talabalarning o‘quv jarayoniga jalb etilish va nemis tilini o‘rganishga qiziqish darajasini oshirish didaktik jihatdan asoslab berilgan; Tadqiqotda ta’lim platformalari integratsiyasining mazmun-mohiyati, tarkibiy komponentlari hamda ularni oliy ta’lim jarayonida rivojlantirishning nazariy-metodologik asoslari izchil yoritilgan xulosalardan 2023-2025-yillarda bajarilgan IL27-4722022413-sonli “Qiyosiy adabiyotshunoslik” fanining “Komparativistika” elektron platformasini yaratish mavzusidagi innovatsion loyihasi doirasida amaliyotda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2026-yil 21-sentyabrdagi 11-25/895-son ma’lumotnomasi) Natijada, integrativlashgan darslarni tashkil etishda psixologik-pedagogik treninglar namunalari til ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish