Matnazarova Xayriniso Satimboy qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Diskurs tenorining lingvopragmatik imkoniyatlari, 10.00.13 – Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik (filologiya bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Fil5077.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Cho‘ponov Otanazar Otojonovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.06.05.
Rasmiy opponentlar: Mirsanov G‘aybullo Kulmuradovich. filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Raximova Go‘zal Yuldashevna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi diskurs tenorining lingvopragmatik imkoniyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijtimoiy munosabatlardagi ingliz va o‘zbek diskursi tenorining status, aloqa va ta’sir doirasidan kelib chiqqan holda lingvopragmatik tasnif va tahlili asosida chog‘ishtirilayotgan tillarda so‘z lug‘at xususiyatlariga ko‘ra ekspozitiv, munozarali, argumentativ, hikoyaviy, tasvirlovchi, ko‘rsatmali kabi turlarga ajratilishi; tenor muhim kontekstual kategoriya, diskurs ishtirokchilarining munosabatlarini aks ettiruvchi birlik ekanligi; domen esa referensial, ekspressiv, konativ, fatik, poetik va metalingvistik vazifalarga ega bo‘lishi asoslangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi diskurs tenorining individual va funksional turlari aniqlangan, shuningdek, ushbu tillardagi diskurs belgilarining (qo‘shimcha, zidlovchi, sababni ifodalovchi, paytni bildiruvchi, xulosalovchi, tashkil etuvchi) hukmron, teng va tobe tenor turlari qo‘llanilishi isbotlangan;
diskurs vaziyatida suhbatdoshlar statusiga ko‘ra tenorning hukmron, teng va tobe turlarga bo‘linishi; ushbu tenorlarning lingvistik, ekstralingvistik va pragmatik komponentlari turli tillar va nutq uslublarida o‘ziga xos xususiyatlarga egaligi hamda ularning har biriga oid farqli lingvopragmatik imkoniyatlari ingliz va o‘zbek badiiy diskursi, xususan, U.Shekspir komediyalari (asliyat va tarjima) tili misolida dalillangan;
diskurs tenorining lingvistik (leksik-semantik, sintaktik, fonetik, emotsional manipulyasiya, ko‘chimlar) ekstralingvistik (ijtimoiy, madaniy, tarixiy, vaziyat konteksti, ishtirokchilarning dunyoviy bilimlari) hamda pragmatik (nutqning ohang va ritmik xususiyatlari, xushmuomalalik, navbat almashinuvi, leksik tanlov, suhbatdosh fikrini tan olish, ellipsis) kabi omillar bilan bog‘liq holda namoyon bo‘lishi badiiy diskurs va uning tarjimasida muhim omil ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Diskurs tenorining lingvopragmatik imkoniyatlarini aniqlash yuzasidan olingan natijalar asosida:
tadqiqotda aks etgan ijtimoiy munosabatlardagi ingliz va o‘zbek diskursi tenorining lingvistik asoslari va uning ijtimoiy mavqe, rol va masofa kabi omillar hamda status, aloqa va ta’sir xususiyatiga ko‘ra lingvopragmatik tasnif va tahliliga imkon berishi badiiy diskurs, xususan, U.Shekspir komediyalarining chog‘ishtirilayotgan tillardagi versiyalari orqali dalillanganligiga oid ilmiy qarashlar yaxlit holda shakllantirilishiga doir taklif-tavsiyalari va ilmiy xulosalaridan Urganch davlat universitetida 2022–2024-yillarda amalga oshirilgan S-UZ800-20-GR-0038-raqamli “Access Microscholarship Program” xalqaro grant dasturi doirasida foydalanilgan (Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetitining 2025-yil 11-iyundagi 06-109/1-son ma’lumotnomasi). Natijada diskurs tenorining lingvopragmatik imkoniyatlari suhbatdoshlarning mavqeyi, o‘zaro aloqasi va ta’sir xususiyatiga ko‘ra tasnif-tahlil qilinishi aniqlangan, ingliz va o‘zbek tillaridagi muloqot faoliyatidagi diskursiv hamda lingvopragmatik xususiyatlarga oid bilimlar boyitilishiga erishilgan;
diskursning lingvopragmatik tahlili asosida chog‘ishtirilayotgan tillarda so‘z lug‘at xususiyatlariga ko‘ra ekspozitiv, munozarali, argumentativ, hikoyaviy, tasvirlovchi, ko‘rsatmali kabi turlarga ajratilishi; tenor muhim kontekstual kategoriya, diskurs ishtirokchilarining munosabatlarini aks ettiruvchi birlik ekanligi; domen esa referensial, ekspressiv, konativ, fatik, poetik va metalingvistik vazifalarga ega bo‘lishi asoslanganligi haqidagi natijalaridan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida 2023-2025-yillarda bajarilgan IL-27-4722022413-sonli “Qiyosiy adabiyotshunoslik” fanining “Komparativistika” elektron platformasini yaratish mavzusidagi innovatsion loyihasida foydalanilgan. (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2026-yil 15-yanvardagi 11-25/25-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiya materiallari diskurs vaziyatida suhbatdoshlar statusiga ko‘ra, tenor hukmron, teng va tobe turlarga bo‘linishi ingliz va o‘zbek badiiy diskursi U.Shekspir komediyalari misolida tahlil qilinib, uning lingvistik, ekstralingvistik va lingvopragmatik imkoniyatlari yaqqol namoyon bo‘lgan;
diskurs vaziyatida suhbatdoshlar statusiga ko‘ra tenorning hukmron, teng va tobe turlarga bo‘linishi; ushbu tenorlarning lingvistik, ekstralingvistik va pragmatik komponentlari turli tillar va nutq uslublarida o‘ziga xos xususiyatlarga egaligi hamda ularning har biriga oid lingvopragmatik imkoniyatlarni ingliz va o‘zbek badiiy diskursi, xususan, U.Shekspir komediyalari (asliyat va tarjima) tili misolida dalillanganligi haqidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga qarashli Xorazm viloyati teleradiokanalining “Najot–bilimda” radioeshittirishi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Xorazm viloyat teleradiokanalining 2025-yil 22-apreldagi 256-son ma’lumotnomasi). Natijada, adabiy-badiiy, ma’naviy-ma’rifiy dasturlarda jonli muloqot jarayonida diskurs tenorining lingvopragmatik imkoniyatlari yordamida til boyligining aks etishini atroflicha yoritish imkoniyati yaratilgan;
diskurs tenorining lingvistik (leksik-semantik, sintaktik, fonetik, emotsional manipulyasiya, ko‘chimlar) ekstralingvistik (ijtimoiy, madaniy, tarixiy, vaziyat konteksti, ishtirokchilarning dunyoviy bilimlari), hamda pragmatik (nutqning ohang va ritmik xususiyatlari, xushmuomalalik, navbat almashinuvi, leksik tanlov, suhbatdosh fikrini tan olish, ellipsis) kabi omillar bilan bog‘liq holda namoyon bo‘lishi badiiy diskurs va uning tarjimasida muhim omil ekanligi isbotlanganligi haqidagi ilmiy xulosalaridan, shuningdek, tadqiqotchi tomonidan chop qilingan bir qancha maqola va tezislardan Mahmud Zamaxshariy nomidagi Xorazm viloyati axborot-kutubxona markazi faoliyati doirasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020–2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida 2020-yil 14-dekabrda qabul qilingan 781-son qarori ijrosi bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini amalga oshirishda foydalanilgan (Xorazm viloyat axborot-kutubxona markazining 2025-yil 24-apreldagi 02-01/77-son ma’lumotnomasi). Natijada, diskurs tenorini belgilovchi lingvistik, ekstralingvistik va pragmatik imkoniyatlarning ilmiy-nazariy tahlili kitobxonlar ommasining tushunish darajasini oshirish hamda tarjima nazariyasi va amaliyoti bo‘yicha ilmiy izlanishlarni rag‘batlantirishga xizmat qilgan.