Kewlimjaeva Gulmira Qonaqbay qizining

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Allalar poetikasi qiyosiy-tipologik tahlili (qoraqalpoq, turkman va ingliz folklori asosida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fil4162.
Ilmiy rahbar: Keruenov Turganbay Arazmedovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.04.06.
Rasmiy opponentlar: Kurambaeva Gulandam Karimbaevna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor, Kazaxbaev Sarsen Seilbekovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qoraqalpoq, turkman va ingliz folkloridagi alla janrini qiyosiy-tipologik asosda tahlil qilish orqali ularning jahon va turkiy folklorshunosligi hamda adabiyotshunosligida g‘oyaviy-estetik funksiyalari, ijtimoiy-ma’naviy mazmunni ifodalashdagi o‘rnini, shakl va mazmun munosabatining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qoraqalpoq, turkman va ingliz folkloridagi allalar birinchi marta qiyosiy-tipologik va tarixiy-genetik prinsiplar asosida yaxlit holda tadqiq etildi hamda janrning kelib chiqish manbalari, shakllanish bosqichlari, folklordagi funksional vazifalari nazariy jihatdan asoslangan;
qiyosiy tahlil natijasida uch xalq allalarining tematik doirasi, motivlar tizimi va kompozision qurilishi ilmiy jihatdan tasniflanib, ularning umumiylik va milliy o‘ziga xos belgilarining o‘zaro bog‘liqligi ochib berilgan;
allalarning g‘oyaviy-mazmuni va she’riy qurilishi o‘zaro bog‘liqlikda tahlil qilinib, shakl va mazmun munosabatlarining janr poetikasidagi o‘rni, shuningdek, vazn, ritm, qofiya elementlarining semantik-funksional ahamiyati ilmiy jihatdan asoslangan;
allalarning obrazlar tipologiyasi va badiiy tasvir vositalari qiyosiy-tipologik tahlil asosida tizimlashtirilib, ularning janr poetikasida emotsionallik-ekspressivlikni ta’minlashdagi xizmati ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpoq, turkman va ingliz folkloridagi alla janri poetikasining qiyosiy-tipologik tahlili bo‘yicha olib borilgan tadqiqot va olingan ilmiy natijalar asosida:
qoraqalpoq, turkman va ingliz folkloridagi allalarning qiyosiy-tipologik tadqiqida janrning kelib chiqish manbalari, shakllanish bosqichlari, folklordagi vazifalari ko‘rib chiqilib, allalarning genezisi va poetikasi, dunyo va turkiy xalqlar folklori bilan tipologik bog‘liqligi baholanib, uch xalq folkloridagi allalarning janriy o‘ziga xosliklari aniqlangan ilmiy-nazariy qarashlardan AL-662204393-sonli “Qoraqalpoqiston folklorshunosligi antologiyasini yaratish” (2024-2025-yy.) mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasini amalga oshirishda, shuningdek, qoraqalpoq bolalar folklori janrlarini oydinlashtirishda foydalanilgan (Qoraqalpoq davlat universitetining 2026-yil 9-apreldagi № 01-21-04/1573-son ma’lumotnomasi). Natijada, qoraqalpoq, turkman va ingliz folkloridagi allalar birinchi marta yaxlit qiyosiy-tipologik va tarixiy-genetik prinsiplar asosida kompleks tarzda tadqiq etilib, alla janrining paydo boishi, janriy va shakliy xususiyatlari, folklordagi funksional vazifalarini nazariy jihatdan asoslashga erishilgan;
tadqiqotda allalarning g‘oyaviy-mazmuni va she’riy qurilishi o‘zaro bog‘liqlikda tahlil qilinib, shakl va mazmun munosabatlarining janr poetikasidagi o‘rni, vazn, ritm, qofiya elementlarining semantik-funksional ahamiyati, allalarning obrazlar tipologiyasi va badiiy tasvir vositalari qiyosiy-tipologik tahlil asosida tizimlashtirilib, ularning janr poetikasida emotsionallik-ekspressivlikni ta’minlashdagi xizmati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatida foydalanilgan. (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2026-yil 8-apreldagi № 08-03/828-son ma’lumotnomasi). Bu natijalar madaniy-ma’rifiy tadbirlar, adabiy loyihalar, ilmiy-amaliy anjumanlar hamda qoraqalpoq adabiy merosini targ‘ib etishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonida metodik hamda ilmiy manba sifatida qo‘llanildi;
tadqiqotda allalarning g‘oyaviy-estetik vazifasi bolaning ruhiy kayfiyatini ko‘tarish, milliy ma’naviy qadriyatlarni estetik obrazlar orqali singdirish va emotsional-ekspressivlikni yuzaga keltirish vazifalari qiyosiy talqin qilingan. Bu jarayonda qoraqalpoq folkloridagi allalar turkman va ingliz allalari bilan qiyoslanib, ularning o‘ziga xos o‘xshashliklari va farqlari aniqlangan ilmiy-nazariy qarashlardan Qoraqalpoqiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasida foydalanilgan (Qoraqalpoqiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasining 2026-yil 9-apreldagi 26-son ma’lumotnomasi). Natijada, qiyosiy tahlil natijasida uch xalq allalarining tematik doirasi, motivlar tizimi va kompozision qurilishi ilmiy jihatdan tasniflanib, ularning umumiylik va milliy o‘ziga xos belgilarining o‘zaro nisbatini ochib berishga hissa qo‘shilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish