Temirbaev Begisbay Jumabaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim muassasalari talaba yoshlarida ijrochilik mahoratini rivojlantirishning pedagogik asoslari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)”, 13.00.01 – Redagogika nazariuasi. Redagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan B2024.4.PhD/Ped8551.
Ilmiy rahbar: Utebaev Tajibay Tileumuratovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.01/2025.27.12Ped.09.01.
Rasmiy opponentlar: Ibraximov Sanjar Urinbaevish, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Tlegenov Asqarbay Tolegenovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlarida ijrochilik mahoratini rivojlantirishning pedagogik asoslarini aniqlash, Qoraqalpog‘iston Respublikasining musiqiy-madaniy an’analari hamda zamonaviy pedagogik yondashuvlar integratsiyasi asosida ushbu jarayonning samaradorligini ta’minlovchi pedagogik model, metod va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlarida ijrochilik mahoratini rivojlantirish muammosi jahon va milliy pedagogik tajribalar asosida tizimli tahlil qilinib, milliy musiqiy-madaniy an’analar hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalar integratsiyasiga asoslangan nazariy-metodologik yondashuv takomillashtirilgan;
talaba-yoshlarda ijrochilik mahoratini rivojlantirishga ta’sir etuvchi pedagogik, psixologik va estetik omillar aniqlanib, ularning o‘zaro bog‘liqligi asosida ijodiy faollik, estetik madaniyat va kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirishga xizmat qiluvchi pedagogik shart-sharoitlar tizimi ishlab chiqilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining musiqiy-madaniy merosi va ijrochilik an’analarining pedagogik imkoniyatlari aniqlanib, ularni oliy ta’lim jarayoniga integratsiyalash hamda talaba-yoshlarda ijrochilik mahoratini rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodik ta’minot takomillashtirilgan;
Talaba-yoshlarda ijrochilik mahoratini rivojlantirishga qaratilgan refleksiv yondashuv, interfaol metodlar, ijodiy faoliyat va sahna madaniyati elementlari uyg‘unligiga asoslangan pedagogik model ishlab chiqilib, uning samaradorligi tajriba-sinov ishlari orqali asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalaridagi talaba-yoshlarda qo‘shiq ijrochilik san’atini shakllantirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
Oliy ta’lim muassasalarida talaba-yoshlarda qo‘shiq ijrochilik san’atini shakllantirishga doir pedagogik asoslar ilk bor Qoraqalpoq qo‘shiq ijrochilik maktabi tajribasi asosida tizimli ravishda ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilishga oid fikrlari “Muzıkatanıw tiykarları” nomli o‘quv-qo‘llanmada o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 29-noyabrdagi №4070-7369-2aae-2bda-11a2-5375-4119-sonli guvohnomasi). Natijada, “Muzıkatanıw tiykarları” nomli o‘quv-qo‘llanmasi auditoriya mashg‘ulotlarida nafaqat musiqiy bilimlarni, balki talabalar ijodiy ko‘nikmalarini, emotsional ifoda va sahna madaniyatini shakllantirishda samarali manba sifatida xizmat qilmoqda va qo‘llanma asosida ishlab chiqilgan noan’anaviy topshiriqlar tizimi talabalarning musiqiy savodxonligini oshirishga, milliy va jahon musiqasi merosini chuqur anglashlariga yordam bergan;
Qoraqalpoq ijrochilik san’atining tarbiyaviy, estetik va vokal imkoniyatlari chuqur o‘rganilib, ular pedagogik jarayonga integratsiyalashning samarali yo‘llarini belgilovchi, milliy ijrochilik merosi bilan jahon musiqiy-pedagogik tajribalar uyg‘unligini ta’minlovchi metodik asoslar tizimi ishlab chiqilib, ularning musiqiy-pedagogik salohiyati ilmiy asosda ochib berilganligidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi yoshlar ishlari boshqarmasining 2025-yilda amalga oshirilishi belgilangan "Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus!" loyihasi doirasida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2025-yil 22-sentyabrdagi 02-08/781-sonli dalolatnomasi). Natijada, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish barobarida, milliy musiqa merosi orqali ularning estetik didi va ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirishga erishilgan;
Qoraqalpoq xalq og‘zaki musiqiy ijodi hisoblangan baxshichilik, dostonchilik va an’anaviy xalq qo‘shiqlarining musiqiy tarbiya uchun estetik, madaniy hamda texnik imkoniyatlari kompleks yondashuv asosida aniqlanib, ularning musiqiy-pedagogik salohiyati ilmiy asosda ochib berilganligidan vazirlik tizimidagi “Qoraqalpog‘iston madaniyati” gazetasi tomonidan amalga oshirilgan QR-01/05/2023 “Retro hunar” mavzusidagi grant-loyihasida va Muassasa shaklidagi “Art Karakalpakstan” nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan amalga oshirilayotgan 15/9-IB/25-14/6-sonli “Ustaxona-milliy meros” nomli davlat ijtimoiy buyurtmanomasi loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligining 2025-yil 23-sentyabrdagi №01-12-17-5475-sonli dalolatnomasi). Natijada, “Qoraqalpog‘iston madaniyati” gazetasi va “Art Karakalpakstan” nodavlat notijorat tashkiloti mazkur loyihalar doirasida jirovchilik, baxshichilik, dostonchilik va an’anaviy qo‘shiq ijrochiligini falsafiy, madaniy hamda pedagogik nuqtayi nazardan yoritishga ilmiy asos bo‘lib xizmat qilgan.