Allaev Zafar Mengboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Ingliz va o‘zbek tillarida oneyrosoha leksikasi semantikasi va strukturasi (tush ta’birlari to‘plamlari asosida), 10.00.13 – Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Fil7076.
Ilmiy rahbar: Uralova Oysuluv Poyon qizi, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti, PhD.03/2025.27.12.Fil.35.02.
Rasmiy opponentlar: Yo‘ldoshev Akmal G‘ulomovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Qalandarov Aybek Ro‘zimbaevich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek etnoslari oneyrosohasi ramzlarining struktur-semantik hamda lingvomadaniy darajadagi universal va milliy o‘ziga xos xususiyatlarini qiyosiy planda ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ingliz va o‘zbek etnoslari oneyrosoha ramzlari leksikasining konnotativ va ramziy ma’nolari ta’birlar tizimini shakllantiruvchi semantik dominant ekanligi aniqlangan;
ingliz etnosida tush ko‘proq individual psixologik holat va shaxsiy tajriba subekti bo‘lsa, o‘zbeklarda u diniy-mifologik va kollektiv-mental tajriba ishorasi sifatida interpretatsiya qilinishi isbotlangan;
ingliz tush ta’birlarida tahliliy materialning 56.33 foizi metafora tamoyili, 18.67 foizi baholash tamoyili, 15.67 foizi antiteza tamoyili, 4 foizi mifologik tamoyili, 3 foizi tenglik tamoyili, 1.33 foizi o‘xshashlik tamoyili, 1 foizi metonimiya tamoyillariga to‘g‘ri kelishi, o‘zbek tilida 47.33 foizi metafora tamoyili, 20 foizi antiteza tamoyili, 11.67 foizi mifologik tamoyili, 7 foizi baholash tamoyili, 5 foizi o‘xshashlik tamoyili, 4 foizi metonimiya tamoyili, 2 foizi esa tenglik tamoyillariga to‘g‘ri kelishi aniqlanib, ular orasida metafora tamoyilining yetakchi ekanligi ikki etnos oneyrosohasida kognitiv va madaniy yaqinlik mavjud ekani asoslangan;
ingliz va o‘zbek etnoslari tush ta’birlaridagi kalit so‘zlar tuzilishi jihatdan asosan monoleksik hamda so‘z birikmasi ko‘rinishidagi leksemalardan iborat ekanligi, gap strukturasidagi ramzlar har ikki tildagi tush ta’birlari to‘plamlarida ham mavjud emasligi, ingliz tush ta’birlarida noun phrase (otli birikma)ga mansub ramzlar ko‘pchilikni tashkil etishi, o‘zbek tilida esa bitishuv usulining dominant ekanligi dalillandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tush ta’birlarining lingvomadaniy tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
ingliz tilidagi tush ta’birlarida tahliliy materialning 56.33 foizi metafora tamoyili, 18.67 foizi baholash tamoyili, 15.67 foizi antiteza tamoyili, 4 foizi mifologik tamoyili, 3 foizi tenglik tamoyili, 1.33 foizi o‘xshashlik tamoyili, 1 foizi metonimiya tamoyillariga to‘g‘ri kelishi, o‘zbek tilida 47.33 foizi metafora tamoyili, 20 foizi antiteza tamoyili, 11.67 foizi mifologik tamoyili, 7 foizi baholash tamoyili, 5 foizi o‘xshashlik tamoyili, 4 foizi metonimiya tamoyili, 2 foizi esa tenglik tamoyillariga to‘g‘ri kelishi aniqlanib, ular orasida metafora tamoyilining yetakchi ekanligi ikki etnos oneyrosohasida kognitiv va madaniy yaqinlik mavjud ekanligi haqidagi ilmiy xulosalardan Samarqand davlat chet tillari institutida amalga oshirilgan SUZ80020GR0039-raqamli “English Access Microscholarship Program” loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillari institutining 2025-yil 2-dekabrdagi № 3830/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz va o‘zbek tillaridagi tush ta’birlarida metafora tamoyilining ustuvorligi asosida ikki etnos oneyrosferasidagi kognitiv va madaniy yaqinlikni tavsiflash imkoniyati kengaytirilgan hamda mazkur xulosalardan ingliz tilini o‘qitish va madaniyatlararo muloqotga yo‘naltirilgan materiallarni takomillashtirishda foydalanilgan;
ingliz etnosida tush ko‘proq individual psixologik holat va shaxsiy tajriba subekti bo‘lsa, o‘zbeklarda u diniy-mifologik va kollektiv-mental tajriba ishorasi sifatida interpretatsiya qilishda xalqimizning asrlar davomida shakllangan milliy-madaniy tajribasi va diniy bilimlariga tayanishi haqidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasi “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyatining “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘smirlar uchun”, “Jahon adabiyoti” nomli dasturlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zMTRK “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2025-yil 25-noyabrdagi 05-09-1895-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarga, ilmiy izlanuvchilarga ingliz va o‘zbek xalqlarining tush ta’birlari bilan bog‘liq milliy tafakkuri, dunyoqarashi, ramzlar tizimidagi umumiy va farqli jihatlar haqida ilmiy ma’lumotlar berildi. Shuningdek, ushbu sohaga doir lingvokulturologik va etnolingvistik izlanishlarning ommalashishgani haqida xorijiy til professor-o‘qituvchilari va talabalariga ma’lumot berilgan;
ingliz va o‘zbek etnoslari oneyrosoha ramzlari leksemalarining konnotativ ma’nosi ularning tushdagi ta’birlari shakllanishida semantik dominant sifatida alohida ahamiyat kasb etishi, mazkur ikki etnos tush ta’birlaridagi kalit so‘zlar tuzilishi jihatdan asosan monoleksik strukturadagi so‘z birikmasi ko‘rinishidagi leksemalardan iborat ekanligi, gap strukturasidagi ramzlar har ikki tildagi tush to‘plamlarida ham mavjud emasligi, ingliz tush ta’birlarida noun phrase (otli birikma)ga mansub ramzlar ko‘pchilikni tashkil etsa, o‘zbek tilida esa bitishuv usulining dominant ekanligi haqida olingan ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida davlat ilmiy-texnik dasturi doirasidagi 2022-2024-yillarga mo‘ljallangan “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google Translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” mavzusidagi amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 9-dekabrdagi №04/1-5901-son ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz va o‘zbek tillaridagi oneyrosfera ramzlarining semantik-struktur xususiyatlarini aniqlash hamda ularni morfoleksik va morfologik jihatdan tavsiflash imkoniyati kengaytirilgan.